Uylanish
Uylanish | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) |
Jahongir Ahmedov Goʻzal Yusupova |
Prodyuser(lar) | Qudratilla Fayzullayev |
Ssenariynavis(lar) | Jahongir Ahmedov |
Rollarda |
Alisher Uzoqov Asal Shodiyeva Matyoqub Matchonov Shoxida Uzoqova Jumadulla Rametov Xosiyat Xusanova Radjab Adashev Farruh Komilov Sherzod Saidaliyev |
Bastakor(lar) | Sherzod Yosinov |
Chiqarilgan sanasi | 2009-yil |
Davomiyligi | 103 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | Oʻzbekcha |
Uylanish (ruscha: „Женитьба“) — 2009-yilda rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan komediya va drama janridagi oʻzbek filmi[1]. Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Shoxida Uzoqova, Jumadulla Rametov, Xosiya Xusanova, Radjab Adashev kabi aktyorlar ijro etgan[2].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Javohir ismli yigit oʻzining xoʻjayining Durdona ismli qizini sevadi. Lekin Durdonaning otasi ularning bu munosabatlaridan bexabar boʻladi, onasi Dildora esa bundan voqif boʻladi. Javohir oʻta masʼuliyatsiz haydovchi boʻlib, doim ishga kech keladi, baʼzida esa, dam olish kunini ish kuni bilan adashtirib ishga boradi. Shu tarzda xoʻjayini Mahmudni, yaʼni Durdonaning otasini asabiylashtiraveradi. Аmmo, xoʻjayiniga uning qizini sevishini va sovchi yuborib, unga uylanmoqchi ekanligini aytolmaydi. Durdona Javohirga uylariga sovchilar kelayotganini aytsa ham, u qatʼiy bir qarorga kela olmaydi. Kunlardan bir Durdonaning otasi Mahmud Javohirga, uyiga sovchilar kelganini, qizini unashtirib qoʻyganligini va tez orada toʻy qilishini aytadi. Buni eshitib Javohirning yuragi eziladi va uyga kelib „Titanik“ filmini tomosha qiladi. Javohirni ota-onasi ham uni uylantirish uchun sovchilikka borishadi. Bundan bexabar Javohir xoʻjayinikiga borib, sovchilar oʻtirgan xonaga kirib, ularga Durdonani sevishini, unga uylanmoqchi ekanligi aytadi. Shu vaqtda xonada oʻz ota-onasini koʻrib hayron qoladi va buni uyushtirilganini biladi. Bundan soʻng u Durdonaga uylanmasligini, qoʻlida rasmni qoʻyib, shu qizga uylanishi aytib chiqib ketadi. Durdona yigʻlagancha rasmni koʻrib, uning ortidan chiqib ketadi va ular yana eski xazillarini davom ettirishadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Uzoqov — Javohir rolida;
- Asal Shodiyeva — Durdona rolida;
- Matyoqub Matchonov — Mahmud aka, Javohirning xoʻjayini, Durdonaning otasi;
- Shoxida Uzoqova — Dildora, Durdonaning onasi;
- Jumadulla Rametov — Javlon aka, Javohirning otasi;
- Xosiyat Xusanova — Holida opa, Javohirning onasi;
- Radjab Adashev — Jamol ota; Javohirning bobosi;
- Sherzod Saidaliyev — Jamshid, Javohirning ukasi;
- Farruh Komilov — Otabek, Mahmudning jiyani, Durdonaning soxta unashtirilgan yigiti;
- Javlon Shodmonov — Shokir, Javohirning qoʻshnisi;
Epizodlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Umida Rahmonova
- Muslima Saidalamova
- Baxtiyor Turgʻunov
- Zuhra Usmonova
- Izzatilla Rashidov
- Dilyara Toʻrayeva
- Sherzod Yosinov
- Umida Nabiyeva
- Raʼno Hamrayeva
- Botir Alimboboyev
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ IMDb. „Uylanish“. Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
- ↑ Rizanova. „Uylanish“. Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.