Kontent qismiga oʻtish

Ivan Gnilomyodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Gnilomyodov
Asl ismi ruscha: Иван Андреевич Гниломёдов
Tavalludi 24-oktyabr 1919-yil
Buzuluk, Orenburg viloyati
Vafoti 21-oktyabr 1987-yil(1987-10-21)
(67 yoshda)
Buzuluk, Orenburg viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari Tank qoʻshinlari
Xizmatdagi yillari 1939-1946-yillar
Unvoni katta leytenant
Qoʻmondonlik qilgan Tank vzvodi
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||
1-darajali Vatan urushi ordeni||«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
||

Ivan Andreyevich Gnilomyodov (ruscha: Иван Андреевич Гниломёдов; 1919-yil 24-oktyabr — 1987-yil 21-oktyabr) — sovet ofitseri, tank vzvodi qoʻmondoni, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945).

1919-yil 24-oktyabrda Buzulukda (Orenburg viloyati) ishch ioilasida tugʻilgan. Oilada eng kichigi, oltinchi farzand boʻlgan. Oʻrta maktabni tugatgan. Shogird, keyin Kirov mexanika zavodida mexanik boʻlib ishlagan. 1939-yilda Novoorskiy tumani harbiy komissariyati tomanidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yil oktyabrdan Gʻalaba kuniga qadar frontda jang qilgan. 1944-yilda Pushkin tank maktabini tugatgan (Ribinsk)[1].

Kareliya, 1-Ukraina, 1-Belarus frontlarida jang qilgan. Ukrainani, Polshani ozod qilgan, Gʻarbiy Bugni, Vislani, Oderni daryosini kechib oʻtgan. Kovel, Lyuboml, Radzyn-Podlyaski, Pulavi (Pulavsk platsdarmi), Lukuv, Sedltse, Zvolen, Radom, Lodz, Tomashuv-Mazovetskiy, Poznan, Jerkuv, Srem, Grodzisk, Chempiń, Volshtin, Babimost, Müncheberg va Fridrihsfeld shaharlarini ozod qilishda ishtirok etgan. Yarador boʻlgan. Kustrin hududidagi platsdarmni saqlab qolish va kengaytirish operatsiyasida (1945-yil fevral — mart), Imperator kanselyarasini va Reyxstagga hujumda qatnashgan. 1945-yilda Gʻalabani Berlin markazida kutib olgan[2].

1941-yil 13-oktyabrdan, 1943-yil 15-fevralgacha razvedkachi boʻlgan. 1944-yil mart-aprel oylari oraligʻida Proskurovsk-Chernovits hujum operatsiyasida (13-armiya tarkibida) qatnashgan.

1945yil 16-apreldan 19-aprelgacha, 8 ta tank (uchta Panter, bitta Tiger va toʻrtta Panzer IV), 3 ta oʻziyurar orudiya, 3 ta tankga qarshi orudiya, 125 ta dushman askarlari va ofitserlarini yoʻq qilgan. 1945-yil 16-aprelda Verbig chorrahasi yaqinida Sharqiy Prussiya temir yoʻlida, Zeelov shahridan shimolda, Gnilomyodovga nemis qoʻshinlari yoʻlini kesib qoʻyish va kolonnasini yoʻq qilish vazifasi yuklanadi. Tank vzvodi dushman tomon harakatlanadi. Olovli hujumidan kolonnadagi transport vositalari yonib va ulardagi dushman askarlari Sovet tankchilari oʻti ostida qoladi. Vzvodini mudofaalanayotgan dushmanning qanotiga olib chiqadi va pulemyot va pushkalardan oʻt ochib, uchta Panter, bitta Tiger tankini va 35 ta „Faustchilarni“ yoʻq qiladi. 1945-yil 18-aprelda Zeelov shahridan 10 km shimoli-gʻarbda joylashgan Vulkuv qishlogʻida dushman tanklarining qarshi hujumini qaytarib, 4 ta Panzer IV tankini yakson qiladi. Xauszee koʻli shimolida joylashgan 58,7 balandlikdagi tezkor hujumda uchta tankga qarshi orudiya va 30 ga yaqin dushman askarini yoʻq qiladi. Shu jangda, snaruyadni toʻgʻri kelib tegishidan jangovar mashinasi yonib ketadi, oʻzi yaralanadi. Olovni oʻchirib, mashinasini panaga olib oʻtadi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Ivan Gnilomyodov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Urushdan keyin bir muddat Toshkentda yashadi, keyin Buzulukda ishlagan, harbiy-vatanparvarlik ishlarini olib bordi. 1987-yil 21-oktyabrda vafot etgan.

  1. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  2. buzuluk-pobeda.narod.ru. „Иван Андреевич Гниломёдов“.
  3. war-heroes.uz. „GNILOMYODOV IVAN ANDREEVICH“.