Kontent qismiga oʻtish

Indarctos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Indarctos

Davrlar almashinuvi: So'nggi miotsen, 11.1-5.3 Ma
I. atticus skull
Ilmiy tasniflash e
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Ursidae
Ostoila: Ailuropodinae
Qabila: Indarctini

Abella et al., 2012
Urugʻ: Indarctos

Pilgrim, 1913
Tur vakillari
Indarctos salmontanus

Pilgrim, 1913
Turlar

I. punjabensis (Lydekker, 1884)I. zdanskyi (Qiu & Tedford, 2003)[1]I. sinensis (Zdansky, 1924)I. vireti (Villalta & Crusafont, 1943)I. arctoides (Deperet, 1895)I. anthracitis (Weithofer, 1888)I. salmontanus (Pilgrim, 1913)I. atticus (Weithofer, 1888)I. bakalovi (Kovachev, 1988)I. lagrelli (Zdansky, 1924)I. oregonensis (Merriam et al., 1916)I. nevadensis (Macdonald, 1959)

Indarctos — yoʻq boʻlib ketgan ayiq turkumi, Miosen davrida Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo hududlarida endemik jonivor boʻlgan. U ~ 11,1 dan 5,3 million yilgacha, taxminan 6,2 million yil davomida yer sharida mavjud boʻlgan.

Eng keksa vakili Arizonadan (~11,1-7,7 mln) va eng yosh vakili (~9,0-5,3 mln) Qozogʻistondan topilgan. Shimoliy Amerikada bu hayvon Plionarktos bilan zamondosh boʻlgan(~10,3-3,3 mln).

Kashfiyot, tarix va taksonomiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yilda Qorabuloq qatlamidan Indarctos sp tish namunasi (Olmota milliy muzeyiga 1839/km-1883 uchun belgilangan) topilgan. 2017-yilda qayta ko‘rib chiqilib, I. punjabensis nomiga oʻzgartirilgan. Topilgan tish namunasiga koʻra, u yosherkak ayiqqa tegishli boʻlishi mumkinligi aniqlandi va bu naʼmuna mazkur turdan maʼlum boʻlgan eng katta tish namunasi hisoblanadi. Bu jinsiy dimorfizm bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin, chunki hozirgi erkak ayiqlar urgʻochilarga qaraganda kattaroq boʻladilar[2].

I.oregonensis (chapda) va Rattlesnake Formationning boshqa hayvonlarini tiklash

Indarctos Yevroosiyo, Shimoliy Amerika va Shimoliy Afrikada keng tarqalgan bir necha turlarga xosligi maʼlum, ammo ularning aksariyati parchalangan qoldiqlardan oʻrganilgan, lekin fan baʼzi turlarning anatomiyasi, turmush tarzi, taksonomiyasi va paleoekologiyasi haqida yetarli maʼlumotga ega emas. Ushbu turlar odatda juda kam uchrovchi qoldiqlar asosida oʻrganiladi, bu yerda jinsiy dimorfizm, paleogeografik oʻzgaruvchanlik va individual oʻzgaruvchanlik hisobga olinmaydi, natijada taksonomik asosliligi shubhali boʻlgan bir qator turlar paydo boʻladi.

Quyida ushbu turning baʼzi vakillari nomi keltirilgan:

I. arctoides : Bu tur oʻtxoʻr boʻib, u oʻzidan keyin yashagan I. punjabensisning ajdodi boʻlgan.

I. punjabensis : Bu tur Indarctos’unning geologik jihatdan eng yosh va soʻnggituri hisoblanadi. Yevrosiyo boʻylab 6,3-6,5 mln yil soʻnggi Miosen davrida Qozogʻistonning Qorabuloq tuzilmasidan Xitoy va Hindiston-Pokistonning Don Pathan tuzilmasigacha uchrashi aniqlangan[2]. Avvalgi I. arctoides turidan kelib chiqqan, lekin ajdodidan farqli oʻlaroq, hamma narsa bilan oziqlanadigan va oʻlchami kattaroq tur hisoblandi. Oldingi oyoqlari zamonaviy qoʻngʻir ayiqnikiga oʻxshashligidan kelib chiqqan holda, u xuddi qoʻngʻir ayiqnikiga oʻxshash tayanch-harakat moslashuviga ega boʻlgan tur boʻlishi mumkin, bu kabi evolyutsion xususiyatlari Indarktosga oʻxshash ayiqlarning Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtishiga sabab boʻlgan. Soʻnggi Miosen oxirida Indarctos punjabensis oʻz jinsining oxirgi turi sifatida yoʻq boʻlib ketdi.

Tarqalishi va paleoekologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
A baculum from I. arctoides.

Baʼzi topilgan hududlari va namunalar yoshi:

  • Box T sayti, Lipscomb okrugi, Texas ~9.3—9.2 Ma.
  • Rattlesnake sayti, Grant okrugi, Oregon ~ 10.3—4.9 Ma.
  • Withlacoochee daryosi maydoni 4A, Marion okrugi, Florida (Indarctos sp.) ~10,3—4,9 Ma.
  • Lufeng, Yunnan, Xitoy (I. atticus) ~9—5.3 Ma.
  • Yulafli (CY), Frakiya, Turkiya (I. arctoides) ~9,7—8,7 Ma.
  • Batallones-3, Madrid havzasi, Ispaniya (I. arctoides) ~11,6—5,3 Ma. [3][4]

Qozogʻistonda I. punjabiensis turi Qorabuloq tuzilmasidan topilgan boʻlib, topilma 6,3-6,5 million yillarga tegishli deya baholanadi (oxirgi miotsen davri). U uchta suvsar turida (Martes sp ., Promeles sp., Plesiogulo crassa Teilhard), uchta mushuksimonlar (Adcrocuta eximia, Hyaenictitherium hyaenoides orlovi, Amphimachairodus), toʻrtta toq tuyoqlilar (Hipparion, hippidi S.sp. , H. S. sp.) va oltita juft tuyoqlilar (Cervavitus novorossiae, Procapreolus latifrons, Samotherium cf. irtyshense, Paleotragus (Yuorlovia) asiaticus, Tragoportax sp., Gazella dorcadoides) bilan birga yashagan. Indarctos punjabensis yashagan iqlim yumshoq va quruq boʻlgan. U asosan keng, ochiq dashtlarda yashashni maʼqul koʻrgan[2].

Indarctos qoldiqlari
  1. Qiu, Zhan-Xiang; Tedford, R. H. (2003). „Shānxī bǎo dé yìndù xióngyīxīn zhǒng“ 山西保德印度熊一新种 [A New Species of *Indarctos* from Baode, China] (PDF). Vertebrata PalAsiatica. 41 (4): 278-288.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Late Miocene Indarctos (Carnivora: Ursidae) from Kalmakpai Locality in Kazakhstan“. www.zin.ru. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  3. Batallones-3 site
  4. Abella J, Valenciano A, Pérez-Ramos A, Montoya P, Morales J (2013) On the Socio-Sexual Behaviour of the Extinct Ursid Indarctos arctoides: An Approach Based on Its Baculum Size and Morphology.