Kontent qismiga oʻtish

Fitofaglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fitofaglar (fito... va phagos — yeb qoʻyuvchi) — faqat oʻsimliklar bilan oziqlanadigan organizmlar. Fitofaglar oʻsimlikning turli qismlari — unayotgan urugʻlar, ildiz, barg, poya, shoxlar, gul organlari va boshqa bilan oziqlanadi. Fitofaglar ning ozuqaga nisbatan ixtisoslashuvi turlicha. Haqiqiy fitofaglarga koʻpgina hasharotlar mansub boʻlib, ular orasida poli va oligofaglar bilan bir qatorda monofaglar ham bor. Fitofagiya — ayniqsa, yuksak hasharotlar: moʻylovdor qoʻngʻizlar, bargxoʻrlar, uzuntumshuq qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar oilasi, chigirtkasimonlar katta oilasi, toʻgʻriqanotlilar turkumi va boshqalarning vakillariga xos. Koʻpgina fitofaglar ekinlarga katta zarar yetkazadi.