Ikusaka
Ikusaka 生坂村 | |
---|---|
Qishloq | |
36°25′30.7″N 137°55′39.1″E / 36.425194°N 137.927528°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 39.05 km2 (15.08 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil dekabr) |
1 743 |
Zichligi | 45 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
|
Ikusaka (yaponcha: 生坂村 Ikusaka-mura ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-dekabr holatiga koʻra, qishloqda 721 ta xonadonda 1743 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 44,6 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 39,05 kvadrat kilometr (15,08 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikusaka Nagano prefekturasining markazida joylashgan. Ikusaka toʻgʻoni va Taira toʻgʻoni ham qishloq hududida bunyod etilgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq issiq va nam yoz va sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ikusakada oʻrtacha yillik harorat 11,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1148 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,1 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ikusaka aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida taxminan uchdan ikki qismga kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 4,855 | — |
1970 | 3,684 | −24.1% |
1980 | 3,142 | −14.7% |
1990 | 2,738 | −12.9% |
2000 | 2,416 | −11.8% |
2010 | 1,953 | −19.2% |
2020 | 1,639 | −16.1% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Ikusaka hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Hudud Edo davrida Matsumoto domenining bir qismi hisoblangan. Ikusaka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, asosiy ekin tamaki hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikusakada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda yoʻlovchi temir yoʻli mavjud emas.
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 19
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)