Ina (Nagano)
Ina 伊那市 | |
---|---|
Shahar | |
35°49′39.1″N 137°57′14.3″E / 35.827528°N 137.953972°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 667.93 km2 (257.89 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil mart) |
68 177 |
Zichligi | 100 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
|
Ina (yaponcha: 伊那市 Ina-shi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart sanasida shaharda oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra, 27587 xonadonda 68.177 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 100 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 667,93 kvadrat kilometr (257,89 mi²) ni tashkil etadi. 2016-yilda sobiq Takato shahri, hozirda Inaning bir qismi boʻlib, Yaponiyaning eng goʻzal qishloqlaridan biri sifatida tanlangan[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ina shahri janubiy-markaziy Nagano prefekturasida joylashgan. U sharqda Akaishi togʻlari bilan chegaradosh, jumladan Nyukasa togʻi (1955 metr), Nokogiri togʻi (2685 metr), Senjo togʻi (3033 metr) va Shiomi togʻi (3047 metr) shahar atrofini oʻrab turadi. Shahar boʻylab Tenryu daryosi oqib oʻtadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano prefekturasi
- Yamanashi prefekturasi
- Shizuoka prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Inada oʻrtacha yillik harorat 11.7 °C (53.1 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,454.0 mm (57.24 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.0 °C (75.2 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −0.7 °C (30.7 °F) boʻladi.
Ina (1993−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 15,5 | 19,3 | 25,5 | 29,0 | 31,8 | 33,8 | 37,2 | 37,2 | 35,0 | 30,2 | 24,3 | 19,4 | 37,2 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 5,0 | 6,6 | 11,1 | 17,4 | 22,6 | 25,3 | 28,6 | 30,2 | 25,8 | 19,9 | 13,7 | 7,8 | 17,8 |
Oʻrtacha harorat, °C | −0,7 | 0,4 | 4,4 | 10,3 | 15,9 | 19,5 | 23,2 | 24,0 | 19,9 | 13,6 | 7,2 | 1,9 | 11,6 |
Oʻrtacha minimal, °C | −6,2 | −5,4 | −1,7 | 3,6 | 9,8 | 14,8 | 18,9 | 19,5 | 15,4 | 8,4 | 1,6 | −3,3 | 6,3 |
Mutlaq minimal, °C | −17,9 | −17,2 | −13,6 | −12,5 | 0,3 | 6,5 | 12,3 | 11,2 | 3,2 | −3,5 | −7,2 | −13,3 | −17,9 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 48,9 | 70,4 | 121,5 | 125,1 | 143,6 | 185,3 | 194,5 | 131,7 | 169,6 | 148,7 | 90,1 | 57,4 | 1 454 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[3][4] |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Ina hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi hisoblangan. Bu hudud Edo davrida Takato domenining bir qismi boʻlgan hamda Ina qal’asini oʻrab turgan jokamachi va Tenryu daryosidagi daryo porti sifatida rivojlangan. Ina qishlogʻi Ina tumani tarkibida munitsipalitetlar tizimini yaratilish vaqtida 1889-yil 1-aprelda tashkil etilgan va 1897-yil 15-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Ina shahri Tomigata, Misuzu, Tera, Higashiharuchika va Nishiminova (barchasi Kitaiina tumanidan) qishloqlari bilan birlashib, 1954-yil 1-aprelda Ina shahrini tashkil qildi. Ina 1965-yilda Nishiharuchika qishlogʻini ham oʻziga qoʻshib oldi. 2006-yil 31-martda Ina Takato shahri va Hase qishlogʻini (ikkalasi ham Kamiina tumanidan yangi va kengaytirilgan Ina shahrini yaratish uchun) oʻzlashtirib olindi.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[5], Ina aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 60,997 | — |
1950 | 72,314 | +18.6% |
1960 | 68,691 | −5.0% |
1970 | 65,347 | −4.9% |
1980 | 67,544 | +3.4% |
1990 | 70,639 | +4.6% |
2000 | 71,552 | +1.3% |
2010 | 71,1 | −0.6% |
2020 | 66,125 | −7.0% |
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ina toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 21 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ina iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, guruch, nok, pomidor va sut chorvachiligi uning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish sektori elektronika va texnika asboblarni oʻz ichiga oladi[6]. Rubycon Corporation, elektron komponentlar kompaniyasining bosh qarorgohi ham shaharda joylashgan[7].
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 15 ta davlat boshlangʻich maktabi hamda oltita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan uchta davlat yuqori maktabi va bitta xususiy oʻrta maktab bor. Prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Shaharda bitta xalqaro maktab (Colegio Desafio) — Braziliya boshlangʻich maktabi ham mavjud[8].
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iida liniyasi
- Akagi — Savando — Shimojima — Inashi — Ina-Kita
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 152
- Milliy yoʻnalish 153
- Milliy yoʻnalish 361
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chita, Aichi prefekturasi (1994-yil 7-noyabrdan doʻstlik shahri sifatida eʼlon qilindi)
- Miyake, Tokyo (1970-yil 21-aprelda ittifoqchi boʻldi)
- Shinjuku, Tokio (1986-yil 12-iyuldan)
- Aizuvakamatsu, Fukusima (2004-yil 24-sentyabrdan)
- Ivanashiro, Fukusima (1994-yil 23-sentyabrdan)
- Ivata, Shizuoka prefekturasi (1984-yil 1-avgustda ittifoqchi boʻldi)
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ina City official statistics(yaponcha)
- ↑ 公式サイト > 伊那市高遠町 (yaponcha)
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
- ↑ Ina population statistics
- ↑ Campbell, Allen. Japan: An Illustrated Encyclopedia. Kodansha, 1993 — 596-bet. ISBN 406205938X.
- ↑ "Corporate Overview."
- ↑ "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)