Yamanouchi (Nagano)
Yamanouchi 山ノ内町 | |
---|---|
Town | |
36°44′40.5″N 138°24′45.7″E / 36.744583°N 138.412694°E | |
Aholisi (April 2019) |
12 403 |
|
Yamanouchi (yaponcha: 山ノ内町 Yamanouchi-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasining Shimotakai tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 5020 ta xonadonda 12403 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa 1 km2 ga 47 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 265,90 kvadrat kilometr (102,66 mi²) ni tashkil etadi.
Yaponiya Alp togʻlarida joylashgan Yamanouchi, Yaponiyadagi eng yirik changʻi kurortlaridan biri boʻlgan Shiga togʻlarini oʻz ichiga oladi. Yamanuchi shahri 1998-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida uchta maydonga mezbonlik qildi, bular: Snoubord yarim quvurli musobaqalari — Kanbayashi snoubord bogʻida va togʻ changʻisi boʻyicha texnik tadbirlar Higashidate va Yakebitai togʻlarida boʻlib oʻtdi. Yamanuchi shahri Shiga-Kusatsu-Kogen avtomagistrali boʻylab 292-marshrut orqali Joshinʼetsu-kōgen milliy bogʻiga kirish eshigi hisoblanadi. Bu marshrut Yamanuchini janubdagi Karuizava bilan bogʻlaydigan togʻ tizmasidan oʻtuvchi asosiy yoʻnalishdir.
Yamanouchi, shuningdek, Jigokudani Maymun Parkining asosiy markazi boʻlib, u yerda yapon makakalarini ochiq issiq buloqda namlangan holda erkin yashaydilar. Bu makakalar 1992-yilda Ron Fricke tomonidan suratga olingan „Baraka“ nomli hujjatli filmning ochilish seriyasidan joy olgan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimotakai okrugi shimoliy togʻli Nagano prefekturasida Yamanouchi shahri, Kijimadaira qishlogʻi va Nozavaonsen qishlogʻini oʻz ichiga oladi. Yamanuchi bularning ichida eng kattasidir. Yamanuchining 90 % dan ortigʻi togʻlar va oʻrmonlar bilan qoplangan. Shahar sharqdan gʻarbga tomon taxminan 39 kilometr va shimoldan janubga 12 kilometr (266 kvadrat kilometr) masofaga choʻzilgan hamda dengiz sathidan 424 metrdan 2341 metrgacha balandlikda joylashgan. Atrofdagi hudud oʻrmon terapiyasi orqali davolashi bilan mashhur.
Qishda Yapon dengizining nam havosi togʻlarga urilib, kuchli qor yogʻishiga sabab boʻladi. Hududda koʻplab changʻi kurortlari faoliyat yuritadi. Shahar ustidagi platoda vulqon faolligi kuzatilishi mumkin boʻlgan togʻlar, 70 dan ortiq katta va kichik botqoq yerlar hamda hovuzlar mavjud. Asosiy togʻlarga Yokote togʻi, Uriva togʻi, Ivasugeyama togʻi, Shiga togʻi va Kousha togʻlari kiradi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano prefekturasi
- Gunma prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va nam, qishi esa kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Yamanuchida oʻrtacha yillik harorat 2,7 °C ni tashkil etadi. Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik miqdori 2020 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 15,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −9,7 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Yamanuchi aholisi soni 1950-yillardan beri kamaygan,
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 15,617 | — |
1950 | 20,114 | +28.8% |
1960 | 19,645 | −2.3% |
1970 | 19,166 | −2.4% |
1980 | 18,964 | −1.1% |
1990 | 17,68 | −6.8% |
2000 | 15,9 | −10.1% |
2010 | 13,678 | −14.0% |
2020 | 11,352 | −17.0% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududda yapon paleolit davriga oid tosh qurollar, Jomon davriga oid sopol buyumlar, Kofun davriga oid 9 ta qabriston qazilmalari topilgan.
Hozirgi Yamanuchi hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Zamonaviy Yamanouchi shahri 1955-yil 1-aprelda Hirao shahrining qoʻshni Honami va Yomase qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yamanouchida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas. Eng yaqin yuqori maktab — Nagano prefekturasidagi Nakano Rissikan yuqori maktabi hisoblanadi[3], u qoʻshni Nakano shahrida joylashgan.
- Yamanouchi oʻrta maktabi, Yudanaka stantsiyasi yonida
- Yamanouchi Sharqiy boshlangʻich maktabi
- Yamanouchi Nishi boshlangʻich maktabi
- Yamanouchi Minami boshlangʻich maktabi
- Yamanouchi Shimoliy boshlangʻich maktabi
Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano elektr temir yoʻli — Nagano liniyasi
- Yomase — Kamijō — Yudanaka
Magistral avtobus
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nagano stansiyasidan qatnovchi ekspress avtobuslar mavjud.
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 292
- Milliy yoʻnalish 403
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sun Valley, Idaho, AQSH, 1973-yil 1-fevraldan beri qardosh shahar
- 1982-yil 1-oktyabrdan buyon Tokiodagi Adachi shahri bilan
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shiga Kogen, YuNESKOning odam va biosfera rezervati[4]
- Jigokudani maymun bogʻi
- Sano xarobalari, Jomon davrining turar-joy qoldiqlari topilgan, Milliy tarixiy manzilgoh
- Shibu Onsen, anʼanaviy yogʻoch Ryokan hududi (mehmonxona), toʻqqizta jamoat vannasi
- Ryuuou changʻi parki, osmon (Sora) terassasi bilan (1770 m)[5]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yamanouchi shahar markazi
-
Shijuhachi botqogʻi
-
Onuma botqogʻi
-
Sobiq Yudanaka stansiyasi, hozirda issiq buloq hammomi hisoblanadi
-
Jigokutani onsen, Korakukukan
-
Shiga Kogen changʻi uchish zonasi, Nishitateyama va Higashitateyama
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yamanouchi Town official statistics (Wayback Machine saytida 2022-11-13 sanasida arxivlangan)(yaponcha)
- ↑ Yamanouchi climate data
- ↑ Nagano Prefecture Nakano Rissikan High School. „長野県中野立志館高等学校“. Qaraldi: 16-aprel 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Biosphere Reserve Information - Shiga Highland“. UNESCO. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
- ↑ „Sora Terrace“. Ryuou Ski Park. Qaraldi: 10-aprel 2019-yil.