Kontent qismiga oʻtish

Hans Luther

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hans Luther
 Germaniya davlati Reyxkansleri
Mansab davri
15-yanvar 1925-yil – 12-may 1926-yil
Prezident Fridrix Ebert
Hans Luther (v.b.),
Valter Simons (v.b.),
Paul fon Gindenburg
Oʻtmishdoshi Wilhelm Marx
Vorisi Wilhelm Marx
 Germaniya prezidenti v.b.
Mansab davri
28-fevral 1925-yil – 12-mart 1925-yil
Oʻtmishdoshi Fridrix Ebert
Vorisi Valter Simons (v.b.)
 Reyxsbank prezidenti
Mansab davri
7-mart 1930-yil – 17-mart 1933-yil
Oʻtmishdoshi Hjalmar Schacht
Vorisi Hjalmar Schacht
 Germaniya iqtisod vaziri
Mansab davri
26-oktabr 1925-yil – 25-yanvar 1926-yil
Hukumat boshligʻi uning o'zi
Oʻtmishdoshi Otto fon Shliben
Vorisi Piter Reynxold
 
Mansab davri
6-oktabr 1923-yil – 15-dekabr 1924-yil
Hukumat boshligʻi Gustav Shtrezeman,
Wilhelm Marx
Oʻtmishdoshi Rudolf Gilferding
Vorisi Otto fon Shliben
 Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi vaziri
Mansab davri
1-dekabr 1922-yil – 4-oktabr 1923-yil
Hukumat boshligʻi Wilhelm Kuno,
Gustav Shtrezeman
Oʻtmishdoshi Karl Myuller
Vorisi Gerxard fon Kanits
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1879-yil
Berlin, Germaniya imperiyasi
Vafoti 11-may 1962-yil(1962-05-11)
(83 yoshda)
Dyusseldorf, Shimoliy Reyn Vestfaliya, Germaniya
Siyosiy partiyasi Germaniya xalq partiyasi (1929—1933)
Taʼlim Berlin Universiteti
Jeneva Universiteti
Kil Universiteti
Kasbi advokat
Dini Lutheran
Dafn etilgan joyi Stoffeler Friedhof

Hans Luther (talaffuzi: Hans Lyuter; 1879-yil 10-mart, Berlin, Germaniya imperiyasi — 1962-yil 11-may, Dusseldorf, Germaniya) — nemis davlat arbobi, moliyachi va diplomati, Germaniya kansleri (19251926), Reyxsbank prezidenti (1930 — 1933).

Yoshlik yillari. Davlat xizmatidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hans Luther Berlinda, Lutheran oilasida, boy, yogʻoch mahsulotlar savdogari Otto Luther (1848-1912) va Wilhelmina Lutherning (Hyubner) xonodonida tugʻilgan[1].

1897-yilda Leybnits gimnaziyasini tamomlagandan soʻng Jeneva universitetida huquqshunoslik boʻyicha oʻqishni boshladi. U Berlin universiteti va Kil universitetlarida oʻqishni davom ettirdi. 1904-yilda davlat yuridik imtihonlarini aʼlo baholarga topshirdi. 1907-yil mart oyida baholovchi unvoni uchun imtihondan soʻng, Magdeburg magistratining yuridik boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

1907-yilda u oʻzining birinchi xotiniga uylandi. Lekin kanslerlik lavozimidan biroz oldin xotini vafot etadi. Ularning toʻrtta qizi bor edi, ulardan ikkitasi goʻdakligida vafot etadi.

Luther 1913-yil fevraligacha Magdeburgda qolib, Prussiya shaharlar ittifoqining tijorat direktori lavozimini egalladi.

1918-1922-yillarda — Essen oberburgomistri (meri) boʻlgan. 1919-yilda texnik muharrir Geynrix Raysner, bankir Wilhelm fon Valdtauzen va kimyogar Frants Fisher bilan birgalikda „Reyn-Vestfaliya sanoat zonasida fan va hayot jamiyati“ga asos solgan. Keyinchalik jamiyat Texnologiyalar Uyiga (HDT) aylantirildi, u bugungi kunda Germaniyaning eng qadimgi mustaqil texnik taʼlim instituti boʻlib, bosh qarorgohi Essen shahrida va filiallari Berlin va Myunxenda joylashgan.

1922-yil noyabrda partiyasiz bõlishiga qaramay, shu bilan birga, Germaniya Xalq partiyasiga (NNP) yaqin siyosatchi sifatida Germaniyaning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan.

1923-yil oktabr oyida NNP raisi G. Strezeman hukumatida moliya vaziri etib tayinlandi.Giperinflatsiyani tugatishga qaratilgan pul islohotini amalga oshirishni nazorat qildi. 1923-yil 15-noyabrda Rent markasi va 1924-yil 30-avgustda — Reyxsmark muomalaga kiritildi.

Kansler lavozimida. Isteʼfoga chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1925-yil yanvarida „katta koalitsiya“ parchalanganidan soʻng, prezident Ebert kansler Strezeman tavsiyasiga koʻra, unga hukumat tuzish vazifasini topshirdi. Luther hukumati Veymar Respublikasining birinchi oʻng qanot hukumati boʻldi, uning tarkibiga sotsial-demokratlar kirmadi, lekin ilk bor Germaniya Milliy xalq partiyasi (NNPP) vakillari kirdi. Oʻsha yilning fevral oyining oxirida Ebert vafotidan soʻng, u 12 kun davomida muvaqqat prezident vazifasini bajarib turdi.

Lutherning Reyxs vazirlari. 1925-yil

1925-yil 5-16-oktabr kunlari Lokarno shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada qatnashdi va u yerda Lokarno shartnomalarini imzoladi. Bu „Lokarno inqirozi“ ni keltirib chiqardi — 25-oktabrda NNPP partiyasiga mansub vazirlar hukumatni tark etishdi va u parlamentdagi koʻpchilikni yoʻqotdi. 26-oktabrda isteʼfodagi millatchi fon Shliben oʻrniga u moliya vaziri lavozimini egalladi va uni 1926-yil 20-yanvargacha kansler lavozimi bilan bir vaqtda egallab turdi. 1925-yil 19-noyabrda uning kabineti Lokarno shartnomalari imzolanganidan keyin isteʼfoga chiqishga qaror qildi. 27-noyabr kuni Reyxstagdagi SPD fraksiyasi shartnomalarni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi, qaror 291 ovoz bilan (174 ovoz qarshi) qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi 5-dekabrda isteʼfoga chiqdi.

1926-yil 13-yanvar Prezident Gindenburg Lutherga vazirlar mahkamasini tuzishni buyurdi va bir hafta oʻtib Reyx kansleri vazifasini bajaruvchi sotsial-demokratlar va millatchilarsiz yangi markazchi ozchilik hukumatini taqdim etdi.

1926-yil 1-mayda hukumat elchixonalar va konsulliklarga respublika bayrogʻi bilan bir qatorda qora-oq-qizil (imperator bayrogʻining ranglari) yuqori burchakda kichik qora-qizil-oltin tusli savdo floti bayrogʻidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu 1926-yil 12-mayda sotsial-demokratlar, kasaba uyushmalari va Reyxsbannerning gʻazabini qoʻzgʻatdi. Reyxstag hukumatga tanbeh berdi va Lutherning ikkinchi kabineti ham isteʼfoga chiqdi.

1929-1933-yillarda Germaniya Xalq partiyasi aʼzosi edi. Lekin, 1960-yilda nashr etilgan „Partiyasiz siyosatchi“ nomli memuarlari sarlavhasida u oʻzining partiyasizligini taʼkidlaydi.

Otto Gesler (chapda) va Hans Luther (õngda)

Isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u 《Germaniya Imperial Temir yoʻllari》Deutsche Reichsbahn boshqaruvi aʼzoligiga tayinlandi, biroq, avtomobil yoʻllarining ikki toifali tizimiga oʻtish boʻyicha sudda magʻlub boʻlgach, lavozimni tark etdi. Moliyaviy va sanoat kompaniyalari kuzatuv kengashlarida qator lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u nemis ipoteka banklarining qoʻshma guruhini boshqargan. 1928-yilda „Imperiyani yangilash ittifoqi“ga asos solgan, bu islohot tadqiqot markazi keyinchalik omma oldida „Lutherbund“ nomi bilan atalgan. Uning asosiy maqsadi amalda mavjud boʻlgan davlat va Prussiyaning ajratishni bartaraf etish edi. Prussiya mavjud milliy tuzilishda butun xalq zarariga gegemon davlat yoʻnalishini olib boradi, deb taxmin qilingan edi. Huquq va imkoniyatlar har tomonlama boʻlinish va vakolatlarni kengaytirish boʻyicha quyidagilar taklif qilindi: Prussiyaga oʻzining tarixiy kelib chiqishiga koʻra oʻzining davlat va davlat mulki kontseptsiyasini saqlab qolishga ruxsat berilishi kerak, lekin oʻzi imperator erlari maqomi berilgan bir necha mustaqil hududlarga boʻlinishi kerak.

Reyxsbankning boshligʻi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hans Luther 1925-yilda.

1930-yil 7-martda Reyxsbankning prezidenti Shaxt isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi va oʻsha kuni kechqurun hukumat Lutherning Reyxsbank prezidenti etib tayinlanishini yoqlab chiqdi, bu ishbilarmon doiralarda hurmat qozongan rent markasi joriy qilinishi ham katta rol oʻynagan edi. Reyxsbank qoshidagi Bosh kengash 11-mart kuni uning bank prezidenti lavozimiga nomzodini tasdiqladi. Ushbu lavozimda u deflyatsiya strategiyasiga amal qildi. Oʻzidan oldingi Shaxt bilan solishtirganda, u zaif menejer hisoblangan va Reyxsbank boshqaruviga qaram edi. Bundan tashqari, uning bank faoliyati yoʻqligi tanqid qilindi, bu esa uning kasbiy qobiliyatlariga shubha uygʻotdi. 1931-yilning yozida u kredit inqiroziga duch keldi. „Oltin bank qoidasi“ ga muvofiq, jalb qilingan kapitalni tasarruf etish muddati uni qaytarish vaqtiga toʻgʻri kelishi kerak edi. Lekin, chet eldan olingan muddati oʻtgan kreditlarning qaytarib olinishi va xuddi shunday tartibdagi valyuta oqimini kirib kelmasligi moliyalashtirish taqchilligiga olib keladi. Bu faktlar oldindan maʼlum boʻlsa-da, hukumat va Reyxsbank bunday vaziyatga tayyor emas edi. Inqirozning kelib chiqishiga 1931-yil may oyida Avstriyadagi eng yirik xususiy bankning sinishi va Birinchi jahon urushidan keyin nemis reparatsiyalari uchun kelajakdagi toʻlovlarni toʻlash boʻyicha muhokamalar fonida xorijiy kapitalning ketishi sabab boʻladi. Inqirozning iqtisodiy oqibatlari dahshatli edi. Reyxsbankda roʻyxatdan oʻtgan chet el valyutasi chiqib ketishi shunchalik yuqori ediki, bu yuridik qoplama chegarasiga yetmas edi. Turli moliyaviy institutlar ham qiyin ahvolga tushib qoldi. Misol uchun, DANAT-Bank va Dresdner Bank oʻzlarining toʻlov qilishga qodir emasliklari haqida xabar berishlari kerak edi. Inqirozni bartaraf etish uchun qilingan barcha saʼy-harakatlar natija bermadi. Oxir-oqibat, siyosiy darajada uni bartaraf etishning hal qiluvchi choralari topildi.

Kelajakda u katta kreditlar olish uchun, u Adolf Gitlerning ish oʻrinlari tashkil qilish dasturini qoʻllab-quvvatladi, ammo modernizatsiya uchun koʻproq kredit olishga qarshi chiqdi. 1933-yil mart oyida u Reyxsbank rahbariyatidan ozod qilindi. U AQShga elchi etib tayinlandi va bu lavozimda 1937-yilgacha ishladi.

Ikkinchi jahon urushi oxirida u Myunxen siyosiy fanlar institutining iqtisod fanlari boʻyicha faxriy professori boʻlgan. 1953-1955-yillar Bundestag qarori bilan tuzilgan Germaniya Federativ Respublikasi hududini maʼmuriy qayta tashkil etish qoʻmitasining raisi boʻlgan.

Stoffeler qabristonidagi Hans Luther va uning ikkinchi xotini Gertruda (Mauts) larning qabri. (Dyusseldorf).
  • Politiker ohne Partei, Stuttgart. 1960-yil.
  • Winkler GA. Weimar 1918-1933: birinchi nemis demokratiyasi tarixi. M.: ROSSPEN, 2013-yil.
  • Patrushev A.I. Bismarkdan Merkelgacha boʻlgan Germaniya kansleri. — M: Moskva universiteti nashriyoti, 2009-yil.
  1. „Biografie Hans Luther (German)“. Deutsches Historisches Museum. Qaraldi: 19-yanvar 2015-yil.