Uchinchi reyx
Olmon Reyxi (1933-1943) Buyuk Olmon Reyxi | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shiori "Bir xalq, bir Reyx, bir Fyurer" nemischa: Ein Volk, ein Reich, ein Führer | |||||||||
Madhiya Horst Vesselning Qoʻshigʻi | |||||||||
Ikkinchi Jahon urushi davrida Germaniya hududiy nazorat (kech 1942): Germaniya va General-Gubernatorlik | |||||||||
Poytaxti | Berlin | ||||||||
Yirik shaharlari | Berlin, Nyurnberg, Munhen, Drezden, Gamburg, Vena | ||||||||
Til(lar)i | Nemis tili | ||||||||
Dini | Dunyoviy davlat | ||||||||
Maydoni | 633 786 km² (1938)
823 505 km² (1940/41) | ||||||||
Aholisi | 79 375 281 (1939)
109 518 183 (1940) | ||||||||
Boshqaruv shakli | Totalitar davlat, diktatura | ||||||||
Reyxsprezident | |||||||||
- 1925–1934 | Paul fon Gindenburg | ||||||||
- 1934–1945 | Adolf Hitler | ||||||||
- 1945 | Karl Dyonits | ||||||||
Reyxskantsler | |||||||||
- 1933–1945 | Adolf Hitler | ||||||||
- 1945 | Joseph Goebbels | ||||||||
- 1945 | Lyudvig Shverin fon Kryozig | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 30 yanvar 1933 | Natsistlarning hokimiyatga kelishi | ||||||||
- 23 mart 1933 | Favqulodda kuchlar to'g'risidagi qonun | ||||||||
- 12 mart 1938 | Avstriya Anshlyusi | ||||||||
- 1 sentyabr 1939 | Polshani bosib olish | ||||||||
- 10 May 1940 | Fransiya kampaniyasi | ||||||||
- 22-iyun 1941 | Sovet Ittifoqiga hujum | ||||||||
- 30 aprel 1945 | Adolf Gitlerning o'z joniga qasd qilishi | ||||||||
- 2 May 1945 | Berlinning Qulashi | ||||||||
- 8 may 1945 | Germaniyaning taslim bo'lishi | ||||||||
Germaniya Demokratik Respublikasi → Germaniya Federativ Respublikasi (1949—1990) → Avstriya → |
Uchinchi reyx yoki Natsistik Olmoniya (nemischa: Drittes Reich , „uchinchi imperiya“) – 1933 yilning 24 martdan 1945 yil 23 maygacha Olmoniyaning norasmiy nomi. Bir qator tarixchilar Olmoniya kapitulyatsiya eʼlon qilgan kun – 8 mayni Uchinchi reyxning qulashi bilan adashtiradilar. Rasman u 23 mayda, Karl Dyonits boshchiligidagi Flensburg hokimiyati hibsga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatgan. Shuningdek, ushbu davlatning fashistik Olmoniya, Mingyillik reyx kabi norasmiy nomlari ham mavjud.
Veymar Respublikasini almashtirish uchun hokimiyat tepasiga Adolf Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik partiya keldi. Gitler Uchinchi reyxning faoliyatidagi amaldagi yagona reyxskantsleri boʻlgan.
Termin „uch podsholik“ haqidagi oʻrtaasrlarning mistik taʼlimotidan olingan. Ushbu taʼlimot nemis milliy adabiyotida keng qoʻllangan. Birinchi imperiya oʻrta asrlarda hukm surgan olmon xalqlarining Muqaddas Rim imperiyasi hisoblangan. Uning asoschisi Otton I boʻlgan va u 1806 yilga qadar hukm surgan. Ikkinchi imperiya 1871 yilda asos solingan va 1918 yilda amaliy jihatdan (yuridik jihatdan emas) tugatilgan. Uchinchisi yangilangan, Birinchi Jahon urushidagi magʻlubiyatdan keyin ruhi koʻtarilgan va revolyutsiyalardan hosil boʻlgan yangi milliy Olmoniya boʻlishi kerak edi va u ming yil yashashi kerak edi. Natsistlar terminni oʻng kayfiyatdagi mashhur publitsist Meleren van den Bruk tomonidan nashr etilgan „Uchinchi reyx“ kitobidan bevosita olishgan edi.
Saytlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Uchinchi reyx ensiklopediyasi (Wayback Machine saytida 2015-04-13 sanasida arxivlangan)
- „Jinoiy maqsadlar – jinoiy vositalar“. Uchinchi reyx tomonidan bosib olingan SSRI hududlaridagi reyx siyosati (Wayback Machine saytida 2008-05-11 sanasida arxivlangan)
- Natsizim tarixi (Wayback Machine saytida 2006-08-04 sanasida arxivlangan). Maqolalar toʻplami
- Mark Uloker „Natsional-sotsializmda fan“
- www.verbrechen-der-wehrmacht.de (Wayback Machine saytida 2011-07-14 sanasida arxivlangan) (olm.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |