Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Turkiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻarbiy Turkiston XX-asr boshida

Gʻarbiy Turkiston, shuningdek Rus Turkistoni, Oʻrta Osiyo — Markaziy Osiyoda joylashgan emas tarixiy, madaniy, geografik va siyosiy oʻlka. Katta Turkiston oʻlkasining bir qismi (shuningdek Sharqiy Turkiston oʻlkasi mavjud). Oʻrta Osiyo hududini oʻz ichiga oladi. Oʻlkaga hozirgi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va baʼzida Tatariston mamlakatlari kiritiladi.

Ilk marotaba „Gʻarbiy Turkiston terminini“ (xuddi „Sharqiy Turkiston“ termini kabi) Britaniya imperiyasi arboblari ishlatishgan. Aynan inglizlar tomonidan avval faqat forslar va Oʻrta Osiyo xalqlari ishlatgan „Turkiston“ atamasini XVIII—XIX-asrlarda jahon geografiyasi terminologiyasiga kiritishgan. Bundal avvalroq ushbu oʻlka Yevropa va Rossiya imperiyasida „Buyuk Buxoro“ (Buxoro xonligi tufayli) atamasi bilan tanish edi.

„Turkiston“, „Sharqiy Turkiston“ va „Gʻarbiy Turkiston“ atamalari keyinroq rus geograflari va tadqiqotchilari, shunungdek Rossiya imperiyasida ham keng tarqaldi. Oʻsha paytda Yevropa va Rossiya imperiyasida Gʻarbiy Turkiston oʻlkasiga faqat oʻzbeklar va turkmanlar yashaydigan hududlar kiritilar edi. Hozirgi Qozogʻiston va Qirgʻiziston hududlari Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgani uchun ushbu hududlar oʻlkaga kiritilmas edi.

XIX-asrning ikkinchi yarmida „Rus Turkistoni“ atamasi paydo boʻldi. Ushbu atama „Turkiston“ va „Gʻarbiy Turkiston“ atamalari bilan teng ravishda ishlatilar edi. Oʻsha paytdga kelib Rossiya imperiyasi Turkistonning yarmini, yaʼni Gʻarbiy Turkistonni bosib olgan edi. Ulkan imperiyaga faqat Sharqiy Turkiston kirmas edi. 1865-yili Gʻarbiy Turkiston hududida Turkiston general-gubernatorligi tuzildi. XX-asr boshlariga kelib Rus Turkistoni tarkibiga 5 ta viloyat: Fargʻona viloyati, Kaspiyorti viloyati, Samarqand viloyati, Sirdaryo viloyati, Yettisuv viloyati, shuningdek ikki protektorat Buxoro amirligi va Xiva xonligi kirar edi.

  • A. N. Samoylovich „Zapadniy Turkestan so vremeni zavoevaniya arabami do mongolskogo vladichestva. Istoriko-geograficheskiy ocherk“. SPb., „Stolichnaya skoropechatnya“. 1903 ISBN 978-5-458-01480-9
  • Sultanov T. I. „Chingiz-xan i Chingizidi: sudba i vlast“. Izdatelstvo „AST“, Moskva, 2006.
  • Gusterin P. V. Sovetskaya diplomatiya na musulmanskom Vostoke v 1917-1921 godax. — Saarbryukken, 2014. — ISBN 978-3-659-17980-8.