Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Oblakulova/Aban ibn al-Volid ibn Uqba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aban ibn al-Volid ibn Uqba
arabcha: أبان بن الوليد بن عقبة بن أبي معيط
Hims, Qinnasrin va Armaniston hokimi
Mansab davri
684 – 705

Abon ibn al-Volid ibn Uqba ibn Abu Muayt (arabcha: أبان بن الوليد بن عقبة بن أبي معيط) - Umaviylar sulolasi aʼzosi, xalifa Marvon I (h. 684—685) va Abdulmalik (h. 685—705) hukmronligi davrida Xims, Qinnasrin (Jazira bilan) va Armaniston hokimi boʻlib xizmat qilgan[1]. Akasi Usmon Armanistonda uning o'rinbosari bo'lgan yoki mustaqil hokim sifatida xizmat qilgan bo'lishi mumkin. Uning yana bir o'rinbosari Dinor ibn Dinor 694/695-yilda vizantiyaliklarni mag'lub etgan edi[1].

Taxminan 688/689-yillarda Abdulmalik Abonga Qaysi qabilasi boshlig'i Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy tomonidan ko'tarilgan qo'zg'olonni bostirishni topshirgan. Zufar Furot daryosi bo'yidagi mustahkam strategik nuqta hisoblanuvchi al-Qarqisiyadan turib xalifaning Iroqni bosib olish rejasiga doimiy ravishda to'sqinlik qilib kelayotgan edi. O'sha vaqtda Iroqni akasi Abdulloh nomidan Mus'ab ibn al-Zubayr boshqarar edi. Abdulloh xalifa Abdulmalikning raqibi edi. Zufar Ibn az-Zubayrning hukmronligini tan olgan va 685/686-yillarda Umaviylar qo'mondoni Ubaydulloh ibn Ziyodni mag'lub etgan edi. Abon Zufarni jangda mag'lub etgan, bundan tashqari bu jangda Zufarning o'g'illaridan biri ham o‘ldirilgan[2].

  1. 1,0 1,1 Crone 1980.
  2. Dixon 1971.

[[Turkum:Himsdagi Umaviylar hokimlari]]