Uqba ibn Abu Muayt
Uqba ibn Abu Muayt | |
---|---|
arabcha: عقبة بن أبي معيط | |
Tavalludi | Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:RomanNumber' not found. |
Vafoti | 624 |
Turmush oʻrtogʻi | Arva Bintu Kariz |
Bolalari |
Al-Volid ibn Uqba, Umara, Ummu Kulsum, Ummu Hakim, Hind (oʻz farzandlari) Usmon, Abdulloh, Omina (oʻgay farzandlari) |
Onasi | Kabsha binti Abdulmanat |
Qarindoshlari | Safiya binti Abu Amr (xolasi, Abu Sufyonning xotini) |
Uqba ibn Abi Muayt (arabcha: عقبة بن أبي معيط) (624-yilda vafot etgan) – Islom dinining asosiy dushmanlaridan biri. Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan boʻlgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uqbaning onasi Banu Amir qabilasidan Kabsha binti Abdulmanat, xolasi Safiya binti Abu Amr Abu Sufyonga turmushga chiqqan.
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uqba ibn Abu Muayt Banu Abd Shams urugʻidan boʻlgan Affon ibn Abu al-Osning bevasi Arva binti Kurayzga uylangan. Shu tariqa Uqba boʻlajak xalifa Usmon, Abdulloh va Ominaning oʻgay otasiga aylangan. Uqba va Arvaning al-Volid ibn Uqba, Umara, Xolid, Ummu Kulsum, Ummu Hakim va Hind ismli olti nafar farzandlari boʻlgan[1].
Muhammadga qarshi harakatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uqba ibn Abu Muayt Muhammadga hamisha tahdid qilib kelgan[2]. U Islom diniga va paygʻambarga qarshi chiqishga urinuvchi kishilardan edi. Bir kuni Muhammad Kaʼba oldida namoz oʻqiyotganida Uqba ibn Abu Muayt u yerda toʻplangan boshqa Quraysh boshliqlarining taklifi bilan soʻyilgan tuyaning qogʻanoqini (ichki aʼzolari) uning yelkalari ustiga tashlaydi va sheriklari bilan paygʻambarning ustidan kulgan. Ustiga tashlangan axlatning ogʻirligidan Muhammad sajdadan bosh koʻtarolmay qoladi va qizi kelib uning yelkalaridan ularni olib tashlamaguncha shu holatda qotib qoladi[3].
Yana bir safar Uqba doʻsti Ubay ibn Xalafning vasvasasi bilan Muhammadning yuziga tupuradi, oʻsha paytda Muhammadga Uqba va Ubay haqida Qur’on oyati nozil boʻlgan[4]. Uqba Muhammadning ikkinchi oʻgʻli Abdullohning vafot etgani haqidagi xabardan xursand boʻlgan va uning gʻamidan baxtiyor boʻladigan ashaddiy dushmanlaridan edi.
Bir kuni Muhammad Kaʼbaga yuzlanib namoz oʻqiyotgan paytda Uqba uning boʻynini bosib turgan, boshqa safar esa kiyimi bilan uning boʻynidan boʻgʻgan va unga juda koʻp ozor bergan.
Ubay ibn Xalaf ibn Safvon Uqbaning yaqin doʻsti edi. Bir kuni Quraysh oqsoqollari yigʻilib, Muhammadni mehmonga chaqiradilar. Muhammad: „Xudo haqqi, imonga kelib, kalima keltirmaguningcha ovqatingni yemayman“, deya shart qoʻyadi. Uqba zoʻr-bazoʻr shahodat kalimasini qaytaradi. Bu xabar esa darhol Ubay ibn Xalaf ibn Safvonga yetib boradi va: „Toʻgʻri eshitdimmi, Muhammad bilan birga oʻtirib, uning gaplariga quloq tutdingmi?“ deb soʻraydi. Uqba: „Boʻlmagan gap, uyimga bir moʻtabar odam kelib, imonga kelmasang, ovqatingni yemayman, deb turib oldi. U mening xonadonimdan tuz totmay chiqib ketishidan koʻnglim gʻash boʻlib, kalima keltirgan boʻldim. Aslida niyatim boshqaligini yaxshi bilansan-ku“ deya javob beradi. Shunda Ubay: „Muhammadni oyogʻing ostiga olib, yuziga tuflab, koʻziga qoʻlingni tiqib olmaguningcha sening yuzingga qarash menga harom“, – deydi. Uqba ham butun hayoti davomida Muhammaga ozor yetkazishga harakat qilib kelgan, Furqon surasining 27–29-oyatlarida Uqba haqida shunday deyiladi: „U kuni zolim kishi (Uqba) ikki qoʻlini tishlab: paygʻambar bilan bir yoʻlni tanlagan, falonchini doʻst tutmagan boʻlsam koshki edi. Qur’on kelgandan keyin u (shayton) meni yoʻldan urdi, deydi. Shayton insonni (yoʻldan urgach) tashlab ketadi“[5].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sahihi Buxoriy“dagi bir qancha rivoyatlar hamda Ibn Saʼdning „Tabaqat al-kubr“ nomli biografik toʻplami kabi koʻplab sahih va ishonchli manbalarga koʻra, Uqba Badr jangida oʻldirilgan va jasadlari chuqurga tashlangan Quraysh rahbarlaridan biri boʻlgan[6][3][7]. Musulmon olimi Safiur Rahmon al-Muborakpuriyning yozishicha esa, Badr jangidan keyin ikki asir – Nadr ibn Horis va Uqba ibn Abu Muaytning boshi Ali tomonidan kesilgan. Muborakpuriyga koʻra, asirlarning boshini kesish haqidagi bu voqea Sunani Abu Dovudda zikr qilingan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Sahih Bukhari: Volume 6, Book 60, Number 339
- ↑ 3,0 3,1 Sahih Bukhari: Volume 1, Book 9, Number 499
- ↑ Ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah (The Life of Muhammad), A. Guillaume, tr. (New York: Oxford University Press, 1980), pp. 164–165.
- ↑ The Life of Muḥammad: A Translation of ibn Isḥāq’s Sīrat Rasul Allāh with introduction & notes by Alfred Guillaume, Oxford University Press, 1955, page 164
- ↑ Sahih Bukhari: Volume 1, Book 4, Number 241
- ↑ Al Tabaqat-al-Kubra, Muhammad Ibn Saʼd, Volume 2, p.260, ghazwatul Badr, Darul Ihyaʼit-Turathil-'Arabi, Beirut, Lebanon, First Edition, (1996)
- ↑ Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version)[sayt ishlamaydi], p. 129