Ernest Thompson Seton
Ernest Thompson Seton | |
---|---|
Tavalludi |
14-avgust 1860-yil Angliya |
Vafoti |
23-oktyabr 1946-yil (86 yoshda) |
Taxallusi | Ernest Seton-Tompson |
Kasbi | yozuvchi, rassom va zoolog |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | AQSh va Kanada |
Yoʻnalish | Nasr |
Faoliyat yillari | 1829—1869 |
Ernest Thompson Seton (talaffuzi: Ernest Tompson Siton) (14-avgust, 1860 — 23-oktabr, 1946) – kanadalik–amerikalik yozuvchi va rassom. Ernest Thompson Seton tabiat va hayvonlar haqida yozgan taʼsirchan hikoyalari bilan shuhrat qozondi. Uning hayvonlar haqidagi hikoyalar toʻplami rus tiliga N. Chukovskiy tomonidan tarjima qilingan va bu hikoyalar oʻz navbatida ruschadan oʻzbekchaga oʻgirilgan. Oʻzbek kitobxoni orasida Thompson Setonning keng tarqalgan hikoyalar toʻplami „Yovvoyi yoʻrgʻa“dir. Bu asarni oʻzbek tiliga Togʻay Murod tarjima qilgan.
Ernest Thompson Seton 1860-yil 14-avgustda Angliyaning South Shields portida tugʻilgan. 1866-yil, 6 yoshida oilasi bilan Kanadaga koʻchib borgan. Thompson Seton hikoya yozish bilan birga shu hikoyalariga oʻzi rasm chizgan.[1] Masalan, „Wild Animals I Have Known“ („Men bilgan yovvoyi hayvonlar“) (1898) va „Biography of an Arctic Fox“ („Arktik tulkining biografiyasi“) (1937) kitoblariga rasmlarni Thompson Setonning oʻzi chizgan. U 1930-yil Kanadadan New Mexicoga koʻchib borgan va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan.
U òzining xohishiga kòra adirga dafin qilingan. Uning asarlari davrimizning eng dolzarb muammosi bòlmish tabiatni asrash muammosini hal etishda dasturlamal bòlgani haqida Toģay Murod òz fikrini bayon qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Ernest Thompson Seton". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Yovvyi yoʻrgʻa“ hikoyalar toʻplami Ziyouz kutubxonasida (Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan)