Kontent qismiga oʻtish

Anvar Obidjon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anvar Obidjon
Tavalludi 1947-yil 25-yanvar
Vafoti 11-aprel 2020-yil(2020-04-11)
(73 yoshda)
Toshkent shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Kasbi Shoir, yozuvchi, jurnalist
Faoliyat yillari 1974—2020
Unvoni Oʻzbekiston xalq shoiri
Mukofotlari

Anvar Obidjon (1947-yil 25-yanvar — 2020-yil 11-aprel) — Oʻzbekiston xalq shoiri, yozuvchi va jurnalist.

Anvar Obidjon 1947-yilning 25-yanvarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan[1]. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1964—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.

Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala hisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978) sifatida ish olib borgan.

1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishlagan.

Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etgan[2].

Anvar Obidjon „Ona Yer“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qaragʻay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „[lamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq hangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirgan. Aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlagan.

„Meshpolvon“ asari asosida „Dahshatli Meshpolvon“ filmi suratga olingan.

Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali; 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni; 2011-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeniga sazovor boʻlgan[3].