Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Yevseyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-noyabr 1892-yil
Rossiya imperiyasi, Penza
Vafoti 13-fevral 1942-yil
OʻzSSR, Toshkent
Siyosiy partiyasi RSDRP
Kasbi chilangar
Xizmat yillari 19191925

Dmitriy Gavrilovich Yevseyev (1892-yil 8-noyabr, Penza – 1942-yil 13-fevral, Toshkent) – inqilobchi, bolshevik, Butunrossiya Taʼsis majlisi aʼzoligiga nomzod, Cheka va Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, brigada qoʻmondoni.

Dmitriy Yevseyev 1892-yil 8-noyabrda Penza shahrida ishchi oilasida tavallud topgan[1]. Boshlangʻich maʼlumotni 5 yil qishloq maktabida oʻqidi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Dmitriy 8 oy davomida ish kurslarida oʻqidi va uni ham muvaffaqiyatli tamomladi. Gravyura ustaxonasida talaba boʻldi va metall oʻymakorlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil oldi[2].

Yevseyev 1907-yildan boshlab Penza shahrida yashadi va u yerda Penza-1 temir yoʻl stansiyasida mexanik boʻlib ishlagan (19071910). 1910–1913-yillar oraligi Voronsov va Krakka zavodlarida mexanik boʻlib, 1913-yildan[1] (yoki 1915-yildan[2]) Penza novvoylari va yogʻoch ishlab chiqaruvchilari uyushmasi[3] kotibi lavozimida faoliyat olib bordi (savdo, yogʻochsozlik, metallsozlik va novvoylar kasaba uyushmasi)[4].

Dmitriy Yevseyev 1910-yilda RSDLPga va bolsheviklarga qoʻshildi. 1915-yil may oyida hibsga olindi va 6 oylik qamoqdan soʻng Sharqiy Sibirga uch yilga surgun qilindi. U yerda 1917-yilgacha qoldi[1].

1917-yildan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevseyev Fevral inqilobidan keyin Petrogradga keldi Koʻp oʻtmay Markaziy Qoʻmita tomonidan Ivanovoga yuborildi hamda u yerda mahalliy shahar dumasi siyosatchisi va toʻqimachilik ishchilari kasaba uyushmasi taftish komissiyasining raisi boʻldi. U Butunrossiya Taʼsis majlisi aʼzoligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan, ammo saylanmagan[1].

Dmitriy Gavrilovich 1917-yil yozida RSDRP Ivanovo viloyat qoʻmitasi (GK), Ivanovo okrug qoʻmitasi va Ivanovo GK Harbiy tashkiloti aʼzosi boʻlgan. Xuddi shu yili Ivanovo shahridagi Qizil gvardiya boshligʻi boʻlgan va Viloyat Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi etib saylangan[2].

Dmitriy Yevseyev Pulkovo yaqinidagi Kerenskiy-Krasnov qoʻshinlariga qarshi janglarda, soʻngra Petrograddagi kursantlarning qurolli qoʻzgʻolonini bostirishda qatnashgan[5]. Bolsheviklar muxoliflariga qarshi kurashda mahalliy hokimiyat organlariga yordam berish uchun Shimoliy, Janubiy va Sharqiy frontlarda xizmat qilgan[1].

Germaniyadagi faoliyati va evakuatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dmitriy Gavrilovich 1925-yil fevraldan dekabrgacha Kovrov paxta trestida va 1925–1927-yillarda Gʻarbiy-Sharqiy Yevropa tovar birjasi „Vostvage“ aktsiyadorlik jamiyatida boshqaruvi aʼzosi boʻlgan. 1927-yildan SSSRning Germaniyadagi savdo missiyasi boʻlimini boshqargan[2].

1931-yil aprel oyida Qizil Armiya zaxirasida SSSR Inqilobiy Harbiy Kengashi buyrugʻi bilan 13-korpus shtab boshligʻi etib tayinlangan. Huddi shu yili noyabr oyida buyruq bekor qilindi.

Yevseyev 1941-yilda ogʻir kasallikka chalindi[6] va Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan soʻng, oktyabr oyida Toshkentga evakuatsiya qilindi. Dmitriy Gavrilovich Yevseyev 1942-yil 13-fevralda Oʻzbekiston SSR poytaxtida vafot etdi[1].

Yevseyev ikki marta oila qurgan[7].

Birinchi rafiqasi Olga Vsevolodovna nemis va zodagon ayol boʻlgan.

Ikkinchi rafiqasi Anna Ivanovna Chk boʻlimining kotibi boʻlgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Евсеев Дмитрий Гаврилович: определение — Политика.НЭС“. politike.ru. 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Евсеев Дмитрий Гаврилович | Istoriya povsednevnosti“. www.el-history.ru. 2016-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  3. Вячеслав Харитонович Суржко. „ДМИТРИЙ ГАВРИЛОВИЧ ЕВСЕЕВ (годы жизни должности)“. www.onlyi.ru. 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  4. „Евсеев Дмитрий Гаврилович - Политический словарь - Энциклопедии & Словари“. enc-dic.com. 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  5. „Евсеев Дмитрий Гаврилович: Биография“. www.alexanderyakovlev.org. 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  6. „Евсеев Дмитрий Гаврилович“. www.hrono.ru. 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  7. Вячеслав Харитонович Суржко. „БРАТ ДЕДА: ДМИТРИЙ ГАВРИЛОВИЧ ЕВСЕЕВ“. www.onlyi.ru. 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.