Ivanovo
Ivanovo (1932-yil gacha IvanovoVoznesensk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1871-yil dan), Ivanovo viloyati markazi. Uvod daryosi (Klyazma irmogʻi) sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 472 ming kishi (1994). Shahar 19-asrning oxiridan Oʻrta Osiyoning arzon paxta xom ashyosi asosida toʻqimachilik sanoatining yirik markaziga aylandi. Mashinasozlik, yengil, kimyo, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, oʻlkashunoslik, chit va badiiy muzeylari, filarmoniya bor.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivanovo Rossiyaning Oltin halqa sayyohlik roʻyxatiga kiritilgan va roʻyxatga kiritilgan boshqa shaharlardan bu yerda deyarli hech qanday diniy yodgorliklar saqlanib qolmagani bilan farq qiladi, chunki shaharning asosiy qismi 1917-yil oktyabrdagi inqilobdan keyin vayron qilingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Экскурсия в Иваново“ (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.