Kontent qismiga oʻtish

Di

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Di, Beydi — Xitoydan shimolda, Sharqiy Xitoy dengizidan Turkistonga qadar yoyilgan hududlarda yashagan turkiy qavmlarning qad. ajdodlarini xitoycha nomlanishi (mil. av. 20-asr — miloddan avvalgi 4-asr). Qad. davrda D.lar jun libos kiyib, boshlariga qush patlari taqishgan, yertoʻla va gʻorlarda yashashgan. D.larga mansub olti yirik kabila itlarni muqaddas deb bilgan. Jan.da yashovchi D.lar chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik bilan ham shugʻullanganlar. Miloddan avvalgi taxminan 2-ming yillik oxirlarida ishlab chiqarish taraqqiy etib, temirdan qurol-aslahalar yasay boshlashgan, shu davrda qabilalar ittifoqi shakllanib, ular asosida dastlabki xonliklar vujudga kelgan. D.lar endilikda qishda kulba uylarda, yezda esa chodir va oʻtovlarda yashashgan, shomonlikka eʼtiqod qilishgan. Shomon dini aqidalariga koʻra, dunyo tomonlari (sharq, janub, gʻarb, shimol) ni koʻk (baland, ulugʻ) qizil, oq, qora ranglar bilan anglatishgan. Shuning uchun miloddan avvalgi 9-asrdan boshlab xitoy manbalari D.larni 2 etnik guruhga — chidi — "Kizil D.lar" va baydi — "Oq D.lar"ga ajratgan, ular ham oʻz navbatida bir qancha qabilalarga boʻlinganlar. Bu D.lar koʻpincha junlar (jundi) bilan birgalikda Xitoyga chopqunlar qilib turishgan. Jan.-sharqiy D.larning garchi oʻz xonliklari boʻlsada, ular baʼzi xitoy podsholiklarining asosiy aholisini tashkil etgan. Taykong xonligi davri (miloddan avvalgi 2188— 2160) da tanazzulga uchragan deh-qonchilik D.lar yordamida qayta rivojlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, qad. xitoyliklar She (miloddan avvalgi 2140— 1711), Shong (miloddan avvalgi 1711 — 1066) xonliklari davrida ot minish mahoratini D.lardan oʻrganishgan. Chunchyu (miloddan avvalgi 770-476), Jangoʻ (miloddan avvalgi 476-221) davriga oid manbalarda eng dastlabki jang aravalari va otliq qoʻshinni saf boʻlib jang qilish tizimini D.lar boshqa xalqlardan avval qullaganliklari haqida maʼlumotlar bor. Ammo shu bilan birga jan.-sharqiy D.lar xitoyliklar bilan assimilyasiyalashib, ularning madaniyatini qabul qilib, asta-sekin til va urf-odatlarini oʻzgarti-ra boshlashgan. Miloddan avvalgi 607-yil D.larning surman qabilasi boshchiligidagi xonligi kulashi bilan Sharqiy — "Baland (ulugʻ) D.lar" tarixi tugaydi. "Qizil D.lar"ning Lu (Luzi) xonligini tashkil etgan qismi Jin xonligi tomonidan qirib tashlanadi, ikkinchi qis-mi esa shim.ga koʻchib ketgan. Miloddan avvalgi 450-yil Jin xonligi Dlarning Choʻvyuv xonligini ham tugatgan. Mil. 4-asrda D. ata-masi xun, xu atamasi bilan almashadi. Tarixiy manbalarda Dlarning ayrim kabilalari — dingling , tele, dili, govchi (qongqil) larning nomi uchraydi.

Abduxoliq Aytboyev.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil