Kontent qismiga oʻtish

Kavaleriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Otliq askarlardan yoʻnaltirildi)

Kavaleriya (frans. cavaleria) — otliq askarlar, suvoriylar. Quruqlikdagi qoʻshin turi. Qadimda va oʻrta asrlarda qoʻshinning asosiy turi hisoblangan. 19-asr oʻrtalarida harbiy texnikaning rivojlanishi natijasida Kavaleriyaning ahamiyati pasaygan. 20-asrning 50-y.larida tugatilgan[1].

Otliq askarlar — qadimgi dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qoʻshin turi. Otliq askarlar paydo boʻlgunga qadar Misr, Xitoy, Hindiston va hokazo yurtlarda otlar qoʻshilgan 2 gʻildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. Otliq askarlar alohida qoʻshin turi sifatida ilk bor miloddan avvalgi 9-asrda Ossuriya armiyasi tarkibida tashkil etiladi va soʻngra boshqa quldorlik davlatlariga tarqaladi. Miloddan avvalgi 6-asrdan eʼtiboran axomaniylar armiyasida Otliq askarlar qoʻshinning asosiy turi boʻlib, qilich va nayza bilan qurollangan ogʻir Otliq askarlar hamda kamon va oʻq bilan taʼminlangan yengil Otliq askarlar mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda Otliq askarlar miloddan avvalgi 1-ming yillik 1-yarmidan mavjud boʻlib, saklar, massagetlar, sugʻdiylar, xorazmiylar qushinining asosini tashkil qilgan. Parfiya Otliq askarlari ham deyarli shunday qurilishga va qurollanishga ega boʻlgan.

Yunon davlatlarida (Sparta, Afina) Otliq askarlarning miqdori ancha kamsonli edi. Miloddan avvalgi 4-asr 1-yarmida Fiva sarkardasi Epaminond birinchi boʻlib Otliq askarlarni piyoda askarlar bilan hamkorlikda jangga solgan. Miloddan avvalgi 4-asr 2-yarmida Makedoniyada muntazam Otliq askarlar yuzaga keladi va mustaqil qoʻshin turi sanaladi. Aleksandr armiyasida Otliq askarlar yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, jang maydonida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan zarbdor kuch tarzida ogʻir, oʻrta va yengil turlarga boʻlingan. Qad. Rim armiyasida Otliq askarlar qoʻshimcha qoʻshin turi hisoblangan.

Gʻarbiy Yevropada 11 —12-asrlarda armiyaning asosiy zarbdor qismini ritsarlardan tuzilgan Otliq askarlar tashkil qilgan. Suvoriy ritsar qilich, ogʻir nayza, qalqon, dubulgʻa va zirh bilan qurollangan. 12-asrning 2-yarmidan jangovar otlar ham maxsus zirh bilan taʼminlangan.

Qadimgi Rus davlati (9—10-asrlar) qoʻshi-nida knyaz drujinalaridan tashkil qilingan Otliq askarlarning soni piyoda askarlarga nisbatan ancha kam boʻlgan.

Turk-moʻgʻul davlatlari armiyasining asosini tashkil etuvchi Otliq askarlar oʻzining tashkiliy hamda jangovar krbiliyati bilan alohida ajralib turgan. Hunlar davrida Otliq askarlarning soni 240 mingtaga yetgan. Turkiylar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib suvoriylar safining joriy qilini-shi (har bir otliq askar orasidagi masofa 20 m, jangovar qatorlar soni 10 ta) otliq qoʻshinning dushman us-tidan toʻla ustunligini taʼminlagan. Turk xokonliginint (6—8-asrlar) sovutli muntazam Otliq askarlari nafaqat tekislikda, shuningdek, togʻlik hududlarda ham muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlib, koʻp vaqtlar davomida unga teng keladigan raqib topilmagan. Nayza bilan jang qilish sanʼatini mohirona egallagan turk otliqlari xitoylik piyoda nayzabozlar va eronlik otliq oʻqchilar (kamonkashlar) bilan boʻlgan muhorabalarda, aksar hollarda, zafar qozongan. Turk suvoriy-si koʻkrak qismida dumaloq qalqoni boʻlgan zirh bilan taʼminlangan, boshiga temir dubulgʻa kiygan, qilich, shox-simon yoy, toʻqmok va nayza bilan kurollangan. Ogʻir qurolli Otliq askarlar zodagon hamda tajribali jangchilardan tashkil etilgan jangda hal qiluvchi rol oʻynagan. Tobe yurtlarning askarlaridan tuzilgan yengil Otliq askarlar, asosan, razvedka hamda aygʻoqchilik vazifalarini bajargan. Zarur paytlardagina jangga kirgan.

Chingiziylar armiyasida yengil qurolli Otliq askarlarning mavqei baland boʻlgan. Moʻgʻul jangchilari otda yurish, kamon, qilich va arqon bilan muomala qilish sanʼatini mukammal egallagan. Ular janggoxda ustalik bilan manyovr-harakat qilgan, soxta chekinish, pistirma qoʻyish sanʼati kabi taktik amaliyotlarni muntazam qoʻllagan.

Amir Temur armiyasining zarbdor qismini yengil va ogʻir qurollar bilan kurollangan Otliq askarlar tashkil etgan. Dubulgʻa, sovut, qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan taʼminlangan ogʻir qurolli suvoriylar sera jangchilardan tuzilgan, gʻanimning asosiy zarbasiga qar-shi turgan, jang natijasi shularga bogʻliq boʻlgan. Yoy, sadoq va qilich bilan qurollangan yengil Otliq askarlar, asosan, soqchilik va razvedkaga moʻljallangan. Oʻta zarur chogʻdagina yov bilan jang qilish huquqiga ega boʻlgan.

Yevropa mamlakatlari armiyasida oʻt sochish qurolining rivojlanishi (14-asr) hamda piyodalar rolining oshib borishi bois (15-asr) Otliq askarlarning mavqei sekin kamaya boradi. 20-asrning 50-yillari oʻrtalarida ommaviy qirgʻin qurollarining rivojlanishi va armiyalarning toʻliq motorlashtirilishi tufayli Otliq askarlar qoʻshin turi sifatida barham topdi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil