Charles Michel
Charles Michel | |
---|---|
Yevropa Kengashi Prezidenti | |
Mansab davri 2019-yil 1-dekabrdan | |
Oʻtmishdoshi | Donald Tusk |
Belgiya Bosh vaziri | |
Mansab davri 2014-yil 11-oktyabrdan – 2019-yil 1-dekabrgacha | |
Monarx | Philippe |
Oʻtmishdoshi | Elio Di Rupo |
Vorisi | Sophie Wilmès |
Qayta tiklanish harakati rahbari | |
Mansab davri 2011-yil 14-fevraldan – 2014-yil 10-oktyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Didier Reynders |
Vorisi | Olivier Chastel |
Belgiya iqtisodiy rivojlanish vaziri | |
Mansab davri 2007-yil 21-dekabrdan – 2011-yil 14-fevralgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Guy Verhofstadt Yves Leterme Herman Van Rompuy |
Oʻtmishdoshi | Armand De Decker |
Vorisi | Olivier Chastel |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Charles Yves Jean Ghislaine Michel 21-dekabr 1975-yil Namur |
Charles Yves Jean Ghislaine Michel (fransuzcha talaffuzi: [ʃaʁl miʃɛl], talaffuzi: Sharl Iv Jan Jislen Mishel, 1975-yil 21-dekabr, Namur, Valloniya, Belgiya) – Belgiya, Yevropa davlat va siyosat arbobi. 2019-yil 1-dekabrdan Yevropa Kengashi raisi[1][2][3]. Belgiya fransuz hamjamiyati vakili, Islohotlar harakati partiyasi rahbari (2011–2019)[4], Belgiya Bosh vaziri (2014–2019)[5]. Belgiyaning tarixidagi eng yosh bosh vazir[6].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Charlz Mishel 1975-yil 21-dekabrda Belgiyaning Vallon mintaqasidagi Namur provinsiyasining poytaxti Namur shahrida Martin va Lui Mishel oilasida tugʻilgan, ularning birinchi oʻgʻli Mathieu Michel[fr] boʻlgan. Bolaligida Charlz otasining, Joduany merining siyosiy plakatlarini osib qoʻygan va 16 yoshida „Jodouany yosh liberal islohotchilari“ tashkilotiga qoʻshilgan[7]. 1992 yildan 1999-yilgacha Charlz tashkilot prezidenti boʻlgan va 1994-yilda 18 yoshida Vallon Brabant provinsiyasi boʻyicha maslahatchi etib saylangan. 1998-yilda Bryusseldagi Frankofoniya erkin universiteti va Amsterdam universitetining huquq fakultetini tamomlagan, soʻngra huquqshunos boʻlgan[8].
1999-yilda Vakillar palatasiga saylangan. 2000-yilda Charlz Walloon hukumatida[en] Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi va 25 yoshida Belgiya tarixidagi eng yosh vazirga aylandi[9]. Xuddi shu yili Vavr shahar kengashiga saylangan, 2004-yilda shaharsozlik boʻyicha maslahatchi, shuningdek, „Islohotchilar“ harakatining matbuot kotibi, 2006-yilda esa shahar meri boʻlgan. 2007-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra Mishel Valon Brabantdan Vakillar palatasiga saylandi[10].
Charlzning otasi Lui Mishel Belgiya tashqi ishlar vaziri va rivojlanish boʻyicha Yevropa komissari (2004–2009) boʻlgan.
Oʻzining ona tili boʻlgan fransuz tilidan tashqari, golland va ingliz tillarini ham biladi[11].
2007-yil 21-dekabrda Armand De Decker[en] oʻrniga hamkorlik vaziri boʻldi[12], keyingi ikkita hukumatda bu lavozimni saqlab qoldi. 2010-yilgi parlament saylovlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Reynders isteʼfoga chiqdi va Mishel partiya prezidenti lavozimiga nomzod boʻldi[13]. 2011-yil 28-yanvarda ichki saylovlarda gʻalaba qozondi va vazirlik lavozimidan isteʼfoga chiqdi[14][15].
2009-yilda Charles Michel Rim papasi Benedikt XVI ning prezervativlar OITS tarqalishiga hissa qoʻshishi haqidagi daʼvolaridan hayratda qolganini aytdi va uning dalillarini „hayratlanarli, janjalli va hatto mas’uliyatsiz“ deb atadi[16].
2015-yil 11-iyundan 14-iyungacha Telfsda (Avstriya) bo'lib o'tgan[en] Bilderberg konferensiyasida ishtirok etdi[17]. Bosh vazirning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Frederik Kauderyening soʻzlariga koʻra, „biz uchun ushbu taklif Belgiyadagi koʻplab xorijiy investorlarning ishtirokchilar roʻyxatini hisobga olgan holda qiziqishini aks ettiradi“[18].
2018-yil yanvar oyida Rossiyaga uch kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif „Qoʻshni bilan muloqotga ochiqlik, ammo soddalik va pand-nasihatsiz“ shiori ostida boʻlib oʻtdi[19].
2019-yil 2-iyul kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan sammitda Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati yetakchilari Sharl Mishelni Yevropa Kengashi prezidenti etib sayladi[20]. 2019-yil 1-dekabrda Charles Michel keyingi 2,5 yillik vazifalarini bajarishga kirishdi. 2020-yilda Gruziyadagi parlament inqirozini hal qilish boʻyicha kelishuvini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leopold ordeni 1-darajali grand ofitseri (2014 yil 21-maydan)[21].
- Leopold II ordeni buyuk ritsarining xochi (2019-yil 23-iyun)[22].
- 1-darajali Knyaz Yaroslav mudriy ordeni (2021-yil 23-avgust, Ukraina) – davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi uchun[23].
- 1-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2022-yil 23-avgust, Ukraina) – davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlash, Ukraina davlatini dunyoda ommalashtirishga qoʻshgan katta hissasi uchun muhim shaxsiy xizmatlari uchun[24].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Charles Michel officiellement candidat à la présidence du MR“. Le Vif (13-dekabr]] 2010).
- ↑ „20-mart] 2008 – Royal Orders. Government – Dismissals – Appointments“] (Dutch, French) 3–4. The Belgian Official Journal (21-mart]] 2008). Qaraldi: 30-mart]] 2008.
- ↑ „Les déclarations du pape sur le préservatif sous le feu du parlement“. 7sur7.be (25-mart]] 2009).
- ↑ „Dit waren de jongste en de oudste eerste ministers van ons land“. Het Belang van Limburg. 8-oktyabr 2014
- ↑ „Michel vs. Reynders: waarom de MR elke keer wat anders zegt“. De Morgen (27-iyun]] 2014).
- ↑ „BIOGRAFIE. Charles Michel wordt jongste premier uit Belgische geschiedenis“. ʻʻDe Standaardʻʻ. 7-oktyabr]] 2014
- ↑ „Charles Michel, un jeune Premier ministre libéral pour la Belgique“. L'Express (2014-yil 7-oktyabr). 2014-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Biographie de Charles Michel“. 7sur7.be (2008-yil 20-mart). 2014-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Charles Michel officiellement candidat à la présidence du MR“. Le Vif (2010-yil 13-dekabr). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Le CV de Charles Michel“. Référence. 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ BELGA. „MR: Charles Michel a pris la relève de Didier Reynders à la tête du Mouvement“ (fr). La Libre.be. 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ „Charles Michel. Minister van Ontwikkelingssamenwerking“. Belgian Presidency of the Council of the European Union. 2015-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ „Charles Michel officiellement candidat à la présidence du MR“. Le Vif (2010-yil 13-dekabr). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Michel vs. Reynders: waarom de MR elke keer wat anders zegt“. De Morgen (2014-yil 27-iyun). 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Charles Michel nouveau président du MR“. 7sur7.be (2011-yil 28-yanvar). 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Les déclarations du pape sur le préservatif sous le feu du parlement“. 7sur7.be. 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Participants. Bilderberg Meeting 2015“. Бильдербергский клуб. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ „Bilderberg 2015: "Replacer la Belgique sur la carte des investisseurs"“. RTBF (2015-yil 9-iyun). 2015-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ Sharl Mishel v Rossii: ya tam bil, i vsyo pravda (Wayback Machine saytida 2021-11-27 sanasida arxivlangan) InoSMI, 1 fevralya 2018 goda
- ↑ Vibralis. Kto stanet upravlyat Yevrosoyuzom v blijayshee vremya (Wayback Machine saytida 2023-10-09 sanasida arxivlangan) Novaya gazeta, 17 iyulya 2019 goda
- ↑ „Koninklijk besluit van 21 mei 2014“. Министерство юстиции Бельгии (2014-yil 21-may). 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-avgust.
- ↑ Koninklijk Besluit van 23 juni 2019
- ↑ „Указ Президента Украины от 23 августа 2021 года № 394/2021 «О награждении Ш. Мишеля орденом князя Ярослава Мудрого»“. 2022-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ „Указ Президента України № 595/2022 від 23 серпня 2022 року «Про відзначення державними нагородами України»“. 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.