Kontent qismiga oʻtish

Buket

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Buket“
Aleksandr Barikin qoʻshigʻi
„Buket“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1987
Yozib olingan 1987
Janr yevro disko
Davomiyligi 3:38
Leybl Melodiya
Matn muallif(lar)i Nikolay Rubtsov
Bastakor(lar) Aleksandr Barikin
„Buket“ xronologiyasi
Buket „Dojd i sneg“
Klipi
„Buket“ YouTubeda

Buket“ (ruscha: Букет, yaʼni „Guldasta“) — sovet va rus qoʻshiqchisi Aleksandr Barikin ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq musiqasini Barikinning oʻzi shoir Nikolay Rubtsov 1987-yil yozgan sheʼrga bastalagan[1].

„Buket“ qoʻshigʻi ilk bor 1987-yil „Po vashim pismam“ rukni doirasida Barikin hamda Vladimir Kuzminning qoʻshma singli oʻlaroq chiqarilgan. 1988-yilda esa Barikinning „Buket“ nomli albomiga kiritilgan.

Qoʻshiq „Pesnya goda-87“ festivalida ijro etilganidan keyin butun Sovet Ittifoqi boʻylab tanilgan. „Buket“ chiqarilishi ortidan Barikinni rock musiqani tark etib, estrada artistiga aylanganlikda ayblashgan. Shuning uchun Barikin oʻz qoʻshigʻini yoqtirmay qoʻygan.

Qoʻshiqni Barikin oʻzining „Karnaval“ guruhi bilan studiyada yozib olgan. Aleksandr Kalyanov hamda O. Stupka ovoz rejissori vazifasini oʻtagan, A. Lushkin esa ashula yozuvini tahrir qilgan. Qoʻshiq yozilishini Barikin quyidagicha xotirlagan:

Oʻshanda juda koʻp sheʼr oʻqidim — Bryusov, Tsvetayev, Mandelshtam, Yesenin … Lekin ularda nimadir toʻgʻri kelmasdi. Bir kuni doʻkonda tasodifan Nikolay Rubtsovning „Podorjniki“ toʻplamini koʻrib qoldim. U kimligini ham bilmasdim. Lekin sotib oldim. Oʻqishni boshladim va menga hammasi juda yoqdi — biznikicha, sovet uslubida emasdi. „Buket“ sheʼriga duchor boʻlganimda esa, bu tayyor qoʻshiq ekanligini darhol angladim. Uyda, oshxonada oʻn besh daqiqada musiqa yozdim. „Tezroq yozib olib, radioga berishimiz kerak, aks holda kimdir mendan oʻzib ketadi“, deb oʻyladim. Ishonchim komilki, agar men shoshmaganimda, bu misralarga boshqa birov qoʻshiq yozgan boʻlardi[2].

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 13-iyul, 2022-yil(2022-07-13) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.