Kontent qismiga oʻtish

Bring Me to Life

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Bring Me to Life“
„Evanescence“ qoʻshigʻi
„Fallen“ albomidan
B tomon
  • „Farther Away“
  • „Missing“
Chiqarilgan sanasi 7-aprel, 2003-yil(2003-04-07)
Yozib olingan 2002
Studiya Ocean Studios, Burbank, California, AQSh
Janr
Davomiyligi 3:56
Leybl Wind-up
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Dave Fortman
„Evanescence“ singllari xronologiyasi
Bring Me to Life
(2003)
„Going Under“
(2003)
Klipi
„Bring Me to Life“ YouTubeda

Bring Me to Life“ (tarjimasi „Meni hayotga qaytar“) — AQShda tuzilgan „Evanescence“ rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2003-yilda chiqarilgan „Fallen“ nomli debut albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzolari Amy Lee, Ben Moody hamda David Hodgeslar yozgan. Shuningdek, qoʻshiqni yozib olishda „12 Stones“ guruhi aʼzosi Paul McCoy ham ishtirok etgan.[1] „Bring Me to Life“ qoʻshigʻi nu metal, gotik metal, xard-rok hamda alternativ rok janrlaridadir. Leening soʻzlariga koʻra, xonandani qoʻshiqni yozishga uzoq yillik doʻsti hamda turmush oʻrtogʻi Josh Hartzler ilhomlantirgan.[2]

Umuman olganda, „Bring Me to Life“ qoʻshigʻini tanqidchilar ijobiy baholagan. Xususan, qoʻshiq melodiyasi hamda Leening ijrosi tahsinga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq „Daredevil“ filmi saundtrekiga kiritilganidan keyin yanada koʻproq shuhrat qozongan. Qoʻshiq Avstraliya, Buyuk Britaniya hamda Italiya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. AQSh, Argentina, Germaniya va Yangi Zelandiya kabi oʻndan oshiq mamlakat xit-paradlarida eng yuqori oʻntalikka kirgan. Ayrimlar qoʻshiq matnida Iso Masihga ibodat qilib, yangi hayot boshlash chaqirigʻi bor, degan xulosa kelgan va natijada qoʻshiq nasroniy xit-paradlarga ham kirgan. Ammo qoʻshiq mualliflari asarni yozayotganda bunday fikrda boʻlishmaganini aytishgan.

„Bring Me to Life“ qoʻshigʻi „Eng yaxshi xard-rok ijro“ nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq uchun Philipp Stölzl rejissorligida klip suratga olingan unda. Bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, klassik ijrochi Katherine Jenkins hamda pianinochi John Tesh taronani kaver qilgan. Shuningdek, qoʻshiqdan bir necha telekoʻrsatuvda foydalanilgan.

  1. Fischer, Blair R. „Evanescence Make Understatement Of At Chicago Sweat Factory“ (inglizcha). MTV News (2003-yil 13-avgust). 2011-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Eells, Josh. „Amy Lee: Back in Black“ (inglizcha). Blender (2006). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.