Gʻarbiy Bug
Neris | |
---|---|
polyakcha: Bug ukraincha: За́хідний Буг belaruscha: Захо́дні Буг | |
Tavsif | |
Uzunligi | 772 |
Suv sarfi | 110 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Polsha, Belarus va Ukraina |
Gʻarbiy Bug |
Gʻarbiy Bug yoki Bug (polyakcha: Bug, ukraincha: За́хідний Буг, belaruscha: Захо́дні Буг) — Ukraina, Belarus va Polshadagi daryo (koʻp qismi Belarus va Polsha chegarasidan oʻtadi), Visla daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 831 km, havzasi maydoni 73470 km2. Ukrainaning Lvov viloyatidagi podolsk qirlaridan boshlanadi. Lyublin qirlarining sharqiy chekkasi boʻylab va Mazovets — Podlyasa past-tekisligidan oqib oʻtadi. Zegjin suv omboriga quyiladi. Kuzgi yomgʻirlardan toshqinlar sodir boʻladi. Eng sersuv davri — mart, aprel, eng kamsuv davri — sentyabr oyi. dekabr — mart oylarida muzlaydi. Pripyat va Neman daryolari bilan kanallar orqali bogʻlangan.
Oʻrtacha suv sarfi 160 m’/sek. Boshlanishidan 315 km davomida kema qatnaydi. Gʻarbiy Bug sohillarida Brest, Sokal, Chervonograd, Kamenka-Bugskaya, Busk shaharlari joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |