Kontent qismiga oʻtish

Boris Johnson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Johnson
 77-Birlashgan Qirollik Bosh vaziri
 
Mansab davri
24-iyul 2019-yildan – 6-sentabr 2022-yilgacha
Oʻtmishdoshi Theresa May
Vorisi Liz Truss
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-iyun 1964-yil (1964-06-19) (60 yosh)
Nyu-York, AQSh
Siyosiy partiyasi Konservatorlar partiyasi

Alexander Boris de Pfeffel Johnson (talaffuzi: Alekzandr Boris d(i) Pfefl; 1964-yil 19-iyunda tugʻilgan) Birlashgan Qirollik bosh vaziri, siyosatdon va jurnalist, Tashqi ishlar vaziri (20162018-yillarda Theresa May hukumatida), London hokimi (20082016), Quyi palatasining aʼzosi (2001—2008, 2015— hozirgacha), 2019-yilning 23-iyulidan Konservatorlar partiyasining yetakchisi, 24-iyuldan Birlashgan Qirollik bosh vaziri.

Johnson 2022-yilning 7-iyulida Konservativ partiya rahbarligi va Birlashgan Qirollik bosh vazirligi lavozimidan ketishini eʼlon qildi, ammo u partiyaning yangi yetakchisi saylanmaguncha bosh vazirlik lavozimida ishlashda davom etadi.[1]

Turmush yoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1964-yilda AQShning Nyu-York shahrida tugʻilgan.

Uning bobosining otasi — Turkiya jurnalisti, Ali Kemal Usmoniylar imperiyasining soʻngi Buyuk vaziri Axmad Teflik-posha hukumatida ichki ishlar vaziri boʻlib ishlagan ham Kamol Otaturkni qoʻlga alish haqida amir bergan. Otaturk hukumatga kelganidan soʻng, Nuretdin-posha buyrigʻi boʻyicha qiynap oʻldirilgan (linchlangan).

Undan soʻng Jonsonning bobosi Osmon Ali Buyuk Britaniyaga qochgan va u yerda Vilfred Jonson (Wilfred Johnson) isimini olgan.

Buvasining onasi — Hanifa Fered cherkes millatidan, Kavkaz urushida Rossiyadan qochgan.

Yana bir bobosining otasi — AQSh olimi Elias Levi yahud millatidan, Rossiyada tugʻilgan.

Boris boshlangʻich taʼlimi Bryussel shahrida oladi, keying oilasi Buyuk Britaniyaga koʻchadi.

1983-1984-yillarda Oxford universitetining Balliol kollejida taʼlim oladi.

1987-yilda Daily Telegraph matbuotida ishlaydi.

2001-yildan siyosatchi. 2008-yilda London hokimi boʻlib saylandi.

2016-yilda oʻtgan referendumda Brexit choralarining aktiv tarafdori boʻladi.

Theresa May bosh vazir boʻlgandan soʻng, Jonson tashqi ishlar vazirligining vaziri qilib tayinlanadi. Shu ishida Rossiyaga qarshi keskin chiqish yasaydi, Haleb urushida Rossiya ham Suriya hukumatlarini tanqidlaydi.


  1. „Jonson Britaniya bosh vazirligidan ketdi. Asosiy ma’lumotlar“. Kun.uz (7-iyul 2022-yil). Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.