Brexit
Brexit (/ˈbrɛksɪt, ˈbrɛɡzɪt/;[1] inglizcha: British — Britaniya va inglizcha: Exit — chiqish; Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) — Buyuk Britaniyadagi konservativ oppozitsiya va ayrim alohida guruhlar (millatchilar, yevrotanqidchilar) ning bosh maqsadi.
2016-yilgi referendum natijalariga koʻra mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlab 51,9 % saylovchilar ovoz bergan. Saylovchilarning 48,1 % esa, bunga qarshi[2]. Buyuk Britaniyaning alohida subyektlarida ovoz berish natijalari har xil tus olgan: Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning aksar aholisi Brexitga qarshi ovoz berishgan boʻlsa, Angliya (London bundan mustasno) va Uelsdagi koʻpchilik Britaniyaning YIdan chiqishini yoqlab ovoz berganlar. Referendumning kutilmagan natijasi jahon hamjamiyatini lol qoldirdi, ayrimlar hatto shok holatiga ham tushib qolishdi, chunki koʻplab siyosatshunoslar buning aksi boʻlishini taxmin qilishgandi.
Brexit masalasining tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropa Ittifoqi | |
Bu maqola | |
Yana qarang: | |
Yevropa tarixi Kengayish — Kelishuvlar Solnoma — Rayosat |
1957-yilda Buyuk Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (YIH) asos solgan Rim shartnomasini imzolamagan. 1963 va 1967-yillardagi Britaniyaning hamjamiyatga qoʻshilish taklifi Fransiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Charles de Gaulle tomonidan veto huquqi asosida rad etilgan. De Gaulle bu ishini "Britaniya iqtisodiyotidagi bir qator jabhalar, xususan, qishloq xoʻjaligida ishlash praktikasi Britaniyani Yevropa bilan nomutanosib deb topishga asosdir" deb izohlagan.[3]
De Gaulle Fransiya prezidentligi lavozimidan ketganidan soʻng, Buyuk Britaniya hamjamiyatga qoʻshilish uchun uchinchi marotaba taklif kiritdi va 1973-yilning 1-yanvarida YIHga qabul qilindi. Bu qoʻshilish konservativ Edward Heath davrida yuz berdi.[4] 1974-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda Britaniyaning YIHda qolish masalasida referendum oʻtkazishni vaʼda qilgan Harold Wilson boshchiligidagi oppozitsion Leyboristik partiya yutib chiqdi.
1975-yil Buyuk Britaniyaning YIHda qolish yoki qolmaslik masalasida referendum oʻtkazildi. Barcha asosiy siyosiy partiyalar va OAV Britaniyaning YIHda qolishini yoqlab chiqdilar. Bundan tashqari Leyboristik partiyaning oʻzida bu masala yuzasidan fikrlar ikkiga boʻlindi. 1975-yil 26-aprel kuni bir kunlik partiya konferensiyasida ovozlar Brexit foydasiga 2:1 ko'rinish oldi. Vazirlar mahkamasi oʻta yevropachilar va oʻta aksilyevropachilarga boʻlinib ketganligi yuzasidan, Harold Wilson mahkamaning jamoaviy masʼuliyati haqidagi konstitutsion udumni toʻxtatib qoʻyib, vazirlarga har ikki tomondan ommaviy kampaniyalar chaqirishni taklif qildi. Yigirma uch kishidan yettitasi YIHga aʼzolikdan chiqish taklifini quvvatladilar.[5]
1975-yil 5-iyunda boʻlib oʻtgan referendumda saylovchilar oldiga: "Nima deb oʻylaysiz, Buyuk Britaniya Yevropa hamjamiyatida (umumiy bozorda) qolishi kerakmi?" degan savol tashlandi. Shetland orollari va Tashqi Hebrid orollaridan boshqa barcha okruglarda asosan "ha" deya javob qaytarishdi. Ovozlar soniga koʻra Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatida qoldi.[6]
"Ha" ovozlar | "Ha" foizda | "Yoʻq" ovozlar | "Yoʻq" foizda | Ovoz berganlar foizi |
---|---|---|---|---|
17 378 581 | 67,2 | 8 470 073 | 32,8 | 64,5 |
1993-yil 1-noyabrda Maastrixt shartnomasiga koʻra Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Yevropa Ittifoqi deb yuritila boshlandi[7]. Oʻz nomiga mos oʻlaroq sof iqtisodiy ittifoq sof siyosiy ittifoqqa aylandi[8].
1990-yillar boshlarida yevrotanqidchilarning siyosiy partiyasi — Birlashgan Qirollik ozodlik partiyasi (UKIP) tuzildi. Bu partiya 2004 yilgi Yevroparlament saylovlarida 3-oʻrinni, 2009-yilda 2-oʻrinni, 2014-yilda esa 1-oʻrinni egalladi (umumiy ovozlarning 27,5 foizi)[9].
2016-yilgi referendum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolish masalasida oʻtkazilgan referendum 23-iyun 2016 | ||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqida qolishi kerakmi?[10][11] inglizcha: Should the United Kingdom remain a member of the European Union?
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
Brexitning Fond birjalariga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brexit natijasida jahon fond birjalaridagi koʻplab indekslarning keskin pasayib ketishi kuzatildi, xususan, NIKKEI (Yaponiya) aksiyalari 1.286[17] punktgacha pasayib ketdi, shundan soʻng, indekslar tushishi davom etishining oldini olish maqsadida birja savdolari yopildi.
23-iyun 2016-yil sanasidagi referendum natijalari eʼlon qilinishi bilanoq Britaniya funt-sterlingining AQSH dollariga nisbatan narxi pasayib ketdi[18].
Brexitga Buyuk Britaniya bosh vazirining munosabati
[tahrir | manbasini tahrirlash]David Cameron, agar Birlashgan Qirollik YIdan chiqib, oʻz yoʻlidan yuradigan boʻlsa, unda mamlakatga yangi hukumat rahbari kerakligini, oʻzi esa isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.[19]
"Ularning qarorini hurmat qilish kerak. Mening mamlakatim tomonida turib ovoz berganlarning barchasiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman" - Devid Kemeronning Britaniya xalqiga murojaatidan soʻzboshi.
Devid Kemeron Britaniya bosh vaziri lavozimidan voz kechgach, bu lavozimni Theresa May qabul qildi va u 2017-yilning 16-aprelida Britaniya xalqini Pasxa bayrami bilan tabriklarkan, Yevroittifoqdan chiqish Birlashgan Qirollik aholisini gʻoyaviy jihatdan va yangi imkoniyatlar atrofida birlashtirishi haqida gapirgan. Mey xonimning fikricha, Brexit xalqni birlashtiribgina qolmay, u Britaniyaliklarning umummanfaatlarini ham ifoda etadi.[20]
OAVning munosabati
[tahrir | manbasini tahrirlash]BBC:
Birlashgan Qirollik uzoq 43 yillik aʼzolikdan soʻng Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish uchun ovoz berdi. UKIP raisi 23-iyunni "Mustaqillik kuni" deb atadi, funtning kursi dollarga nisbatan 1985-yil holatigacha pasayib ketdi.[21]
CNN:
Ovoz berishda Birlashgan Qirollikning YIdan chiqishi tarafdorlari gʻolib kelishdi – bu Ittifoqdan chiqish uchun ovoz bergan birinchi mamlakat.
Britaniyaliklar 52 % ga 48 % hisobida Yevroittifoqdan chiqish uchun ovoz berdilar. Funt kursining keskin pasayib ketganligi haqidagi xabar birjalarni vahimaga solmoqda.[22]
Rossiyskaya gazeta:
Buyuk Britaniyadagi referendumda mamlakatning YIdan chiqishi tarafdorlari gʻolib boʻldilar. Natijalarga koʻra, ular opponentlaridan 1,26 million kishiga koʻproq. Tarafdorlar 52 foiz (17,41 million kishi) ovoz toʻplashga erishishdi. Qarshilar esa 48 foiz ovozga ega boʻldilar.[23]
Brexitning amaliy oqibatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]23-iyun kuni referendum natijalari eʼlon qilingach, Britaniya fuqarolari orasida Yevroittifoqdan yashash uchun fuqarolik soʻrash holatlari avjga chiqdi. Yoz oylarida YIning Londondagi 16 ta diplomatik korpus vakillari aholi oʻrtasida ittifoqning boshqa mamlakati pasportini olishga talab kuchayib ketganligini qayd etishdi. Talabning oshishiga sabab esa, britaniyaliklarning referendumdan avvalgi kabi YI mamlakatlari boʻylab erkin sayohat qilishni istashlari.[24]
Referendumdan soʻng bir oy ichida Britaniyadagi turistlar soni 18 %ga oshdi. Turizm bozorining 500 vakili oʻrtasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, funt sterling qiymatining pasayib ketishi britaniyaliklar orasida ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga olib kelgan.[25]
Britaniyalik xaridorlar Brexitdan keyingi shok holatidan tez chiqib olishdi: 2016-yil iyul oyida chakana savdo koʻrsatkichi taxmin qilinganidan ham koʻproq oshdi. Iliq havo kiyim-kechak savdosi oshishiga xizmat qildi, funtning tushib ketishi esa, qimmat soatlar va zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun kelgan xorijliklarning soni oshishini taʼminladi. Chakana savdolar hajmi avvalgiga nisbatan 1,4 %ga oshdi (aslida 0,2 % taxmin qilingandi). Soatlar va zargarlik buyumlari savdosi 16,6 %ga oshdi, bu oxrigi ikki yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkich.[26]
Birlashgan Qirollik Fiksal tadqiqotlar institutining hisob-kitoblariga koʻra, Britaniya YIdan chiqsa, har bir britaniyalik oila yiliga £1,250 (€1474 atrofida[27]) yoʻqotadi.
Aholi daromadlarining pasayishi yiliga 3,7 % ni etishi taxmin qilinmoqda. Institut xodimining gaplariga qaraganda: "Oʻzgarishlar mamlakatning butun aholisi hayotiga taʼsir qiladi, ish joylarining qisqarishi sabab yoʻqotishlarni asosan ishchi sinf vakillari his qiladilar, nafaqaxoʻrlar esa bunday tashvishlardan holi"[28].
Brexit Britaniya moliyaviy sektoriga ham uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. Buning negizi oʻlaroq isteʼdodli kishilarning mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligi aytilmoqda.[29]
Ittifoqdagi soʻnggi kunlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 24-yanvarda Yevropa Ittifoqi rahbariyati va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson Brexit boʻyicha kelishuvni imzoladilar.
2020-yil 29-yanvarda Yevroparlament Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi boʻyicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Brexit boʻyicha kelishuvni 631 nafar deputat qoʻllab-quvvatlagan, 49 nafari qarshilik bildirgan, 13 kishi betaraf qolgan. Ovoz berishdan oldin debatlar tashkil qilindi, debatga kelgan deputatlarning bir qismi Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi ramzlari tushirilgan va “Always United” (“Abadiy birga”) deb yozilgan sharflarda kelishgan.[30].
2020-yil 30-yanvar kuni Yevropa Kengashi Brexit boʻyicha kelishuvni ma’qulladi.
31-yanvar kuni Qirollik zarbxonasi Brexitga atab 1,5 ming dona 50 pens qiymatidagi oltin tangalarni sotuvga chiqardi. Har bir tanganing narxi 945 funt sterlingni tashkil etadi. Bundan tashqari yana cheklangan miqdorda 50 penslik tangalardan iborat toʻplamlar ham sotuvga qoʻyilgan. Toʻplamdagi tangalardan biri 1973-yil Buyuk Britaniyaning Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kirishi sharafiga zarb etilgan boʻlsa, ikkinchisi 2020-yilgi Brezitga atalgandir. Bunday toʻplamlardan 5 ming donasi 30 funt sterlingdan sotuvga qoʻyilgan.
2020-yil 31-yanvar Grinvich vaqti bilan soat 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 1-fevral tonggi soat 04:00 da) 47 yillik a’zolikdan soʻng Buyuk Britaniya rasman Yevropa Ittifoqini tark etdi. Shu kuni yuzlab Brexit tarafdorlari Londondagi Vestminster saroyi qarshisida Britaniyaning YIdan chiqishini nishonlash uchun toʻplandilar, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlarni kuyladilar. Brexitni qoʻllab-quvvatlovchi siyosatchilar soʻzga chiqdilar. YIdan chiqishga qarshi boʻlganlar esa London koʻchalarida marsh uyushtirdilar, Shotlandiyada ham Brexitga qarshi mitinglar boʻlib oʻtgan.[31] YIning Bryusseldagi qarorgohi qarshisidan Buyuk Britaniya bayrogʻi olinib, Yevropa Ittifoqi bayrogʻi oʻrnatildi, Britaniyadagi rasmiy binolardan ham Yevropa Ittifoqi bayroqlari olib qoʻyildi.[32]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hall, Damien „'Breksit' or 'bregzit'? The question that divides a nation“ (en). The Conversation (11-avgust 2017-yil).
- ↑ Referendum natijalari// BBC
- ↑ „1967: De Gaulle says 'non' to Britain – again“. BBC News (27-noyabr 1976-yil). Qaraldi: 10-mart.
- ↑ „1973: Britain joins the EEC“. BBC News (1-yanvar 1973-yil). Qaraldi: 10-mart.
- ↑ DAvis Butler. „The 1975 Referendum“ (PDF). Eureferendum.com. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
- ↑ „Research Briefings – The 1974–75 UK Renegotiation of EEC Membership and Referendum“. Researchbriefings.parliament.uk. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
- ↑ „EUROPA – EU treaties“. Europa.eu. 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2016-05-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ „EUROPA – The EU in brief“. Europa.eu. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
- ↑ „10 key lessons from the European election results“. The Guardian (26-may 2014-yil). Qaraldi: 31-may 2014-yil.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Britaniya tashqi ishlar vaziri mamlakatni YIda olib qolishning yoʻlini aytdi“. РБК (2015-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „Britaniya tashqi ishlar vaziri: agar oʻzgarishlarga qoʻl urilsa, biz YIda qolishga tayyormiz“. Коммерсантъ (2015-yil 10-mart). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ 12,0 12,1 „Britaniyaning YIda qolishi masalasidagi referendumi savol javoblarda“. BBC rus xizmati (2016-yil 18-fevral). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ 13,0 13,1 „Buyuk Britaniya YIda qolish masalasini qayta koʻrib chiqadi“. Lenta.ru (2015-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ 14,0 14,1 Yevgeniy Pudovkin – jurnalist. „Kemeron ultimatumi“. Независимая газета (2015-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ 15,0 15,1 „Buyuk Britaniya YIdan chiqish masalasida referendum oʻtkazmoqchi, London qolish tarafdori. Bu nima degani?“. Meduza (2016-yil 20-fevral). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ 16,0 16,1 ТАСС. „Buyuk Britaniyaning YIga aʼzoligi yuzasidan referendum iyunda oʻtkazilishi mumkin - Britaniya TIV“. Euronews (2016-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
- ↑ „Nikkei 225 (N225) indeksi - Investing.com“ (ru-RU). investing.com Rossiya. Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ http://newbie-forex-trader.blogspot.ru/2016/09/brexit.html
- ↑ „Brexit boʻyicha referendum oʻtkazilganidan keyin Devid Kemeron isteʼfo eʼlon qilmoqchi“. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
- ↑ „Tereza Mey: Brexit Buyuk Britaniyani birlashtiradi“. kun.uz Oʻzbekiston. Qaraldi: 2017-yil 16-aprel.
- ↑ „Tarixiy onlar fotografiyalarda: Britaniya YIni tark etmoqda“. BBC.Com. BBC (2016-yil 24-iyun). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ „It's official: UK votes to leave EU“ (en). RT.com. Autonomous Nonprofit Organization “TV-Novosti” (2016-yil 24-iyun). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-dekabr.
- ↑ „Итоги: Сторонники выхода Британии из ЕС победили на референдуме“. RG.ru. ФГБУ «Редакция «Российской газеты» (2016-yil 24-iyun). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ Seal, Thomas. „Scale of British Rush for Freedom-of-Movement Passports Revealed“ (en). Bloomberg.Com. Bloomberg L.P. (2016-yil 22-avgust). 2016-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ „British tourism sees post-Brexit boom“ (en). Travelmole.Com. Travelmole (2016-yil 19-avgust). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ „Britaniyalik xaridorlar Brexitdan keyingi shok holatidan tez chiqib olishdi“. Газета.Ru. «Газета.Ру», АО (2016-yil 19-avgust). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ „Tadqiqot: Brexit tufayli har bir britaniyalik oila yiliga €1474 yoʻqotadi“. Газета.Ru. «Газета.Ру», АО (2016-yil 25-noyabr). 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-noyabr.
- ↑ Merrick, Rob. „Every household will lose £1,250 a year because of Brexit, says Institute for Fiscal Studies“. The respected think tank also warns that working families will be hit hardest by a referendum-induced slump in earnings - with pensioners protected (en). Independent.Co.Uk. Independent Digital News & Media (2016-yil 24-noyabr). 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ Clarence-Smith, Toby „The Impact of Brexit on the Financial Services Sector“ (en). Toptal. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
- ↑ https://www.europarl.europa.eu/. „Brexit deal approved by the European Parliament“. https://www.europarl.europa.eu/. Qaraldi: 29-yanvar 2020-yil.
- ↑ BBC. „UK leaves the European Union“. https://www.bbc.com/. Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
- ↑ Sky News. „LIVE: Celebrations and regret as Britain quits EU after 47 years“. https://news.sky.com/. Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Early Parliamentary General Election Bill 2019-20, Progress in Parliament (Wayback Machine saytida 2019-10-31 sanasida arxivlangan)
- UK government's Brexit information
- UK government's official negotiation documents
- European Parliament – Brexit impact studies
- Legal Effect of the Protocol on Ireland/Northern Ireland, Attorney General's advice to Prime Minister, 13-noyabr 2018-yil
- UK government's Explainer (for the withdrawal agreement) 14-noyabr 2018-yil
- House of Lords report analysing the proposed Withdrawal Agreement, 5 December 2018
- EU's official negotiation documents
- UK Parliament – Brexit News
- Reading list of post-EU Referendum publications by Parliament and the Devolved Assemblies – House of Commons Library
- Record of Brexit-related business in the devolved legislatures (Northern Ireland, Scotland and Wales) – House of Commons Library
- Gov UK – Department for Exiting the European Union
- BBC: "Brexit: What are the options?" (10-oktabr 2016-yil)
- BBC: "Brexit vote: What could happen next?" (17-dekabr 2018-yil)
- The Brexit Papers, Bar Council, December 2016
- Plan for Britain: The government's negotiating objectives for exiting the EU: PM's speech delivered and published on 17-yanvar 2017-yil – transcript of speech as delivered at Lancaster House, London
- The United Kingdom's exit from and new partnership with the European Union, February 2017 ("White paper")
- Quotes about Brexit (Wayback Machine saytida 2017-11-14 sanasida arxivlangan) Euronewsda
- European Council Brexit Guidelines
- The economic effects of the government's proposed Brexit deal (Wayback Machine saytida 2020-12-27 sanasida arxivlangan) National Institute of Economic and Social Research, November 2018
- How will Brexit affect the UK's manufacturing industry? UK Trade Policy Observatory, February 2018
- The real post-Brexit options (Wayback Machine saytida 2019-10-19 sanasida arxivlangan) Lecture by Ivan Rogers at the University of Glasgow, 23-may 2018-yil
- What are the options for the UK's trading relationship with the EU after Brexit? (Wayback Machine saytida 2019-10-22 sanasida arxivlangan) UK in a Changing Europe, King's College London, December 2018
- Brexit phrasebook: a guide to the talks' key terms The Guardian, 23-noyabr 2018-yil
- Lord Ashcroft: How the United Kingdom voted on EU referendum day – and why Conservative Home, 17-mart 2019-yil
- Explanatory Memorandum for the Withdrawal of the United Kingdom from the European Union (Consequential Provisions) Bill 2019 introduced by the Irish government in the legislature (Oireachtas)
- EU Council decision, 22-mart 2019-yil, extending the negotiating period
Relating to court cases
- Judgment of the Supreme Court of the United Kingdom in R (Miller) v Secretary of State for Exiting the European Union
- Judgment of the European Court of Justice in the Wightman case: Right of unilateral revocation of the notification
- Wilson v Prime Minister [2018] EWHC 3520 (Admin) (Wayback Machine saytida 2019-01-16 sanasida arxivlangan)
- Ewan McGaughey Could Brexit be Void? King's Law Journal, Volume 29, 2018, Issue 3
- UK withdrawal from the European Union: Legal and procedural issues European Parliamentary Research Service, March 2017
- Ronan McCrea The legal issues of revoking the notification to leave the EU – but then notifying to leave again London School of Economics, 20-dekabr 2018-yil