Betti Alver
Betti Alver | |
---|---|
Tavalludi |
23-noyabr 1906-yil Jõgeva, Livonia gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
19-iyun 1989-yil (82 yoshda) Tartu, Estoniya SSR, SSSR |
Ijod qilgan tillari | eston tili |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi Estoniya SSSR |
Taʼlimi | Tartu universiteti |
Mukofotlari |
Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi Estoniya SSR xalq yozuvchisi |
Betti Alver (toʻliq ismi Elisabet Alver, 1937-yildan Elisabet Talvik, 1956-yildan Elisabet Lepik, sovet pasportiga koʻra Elizabet Martinovna Alver, estoncha: Betti Alver; 1906-yil 23-noyabr, Jõgeva, Livonia gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1989-yil 19-iyun, Tartu, Estoniya SSR, SSSR[1]) — estoniyalik shoira, yozuvchi, tarjimon. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1966). Estoniya SSR xalq yozuvchisi (1981).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Betti Alver 1906-yil 23-noyabrda Jõgeva shahrida tugʻilgan. 1924-yilda Tartu shahridagi oʻrta maktabni tugatgan va 1924—1927 yillarda Tartu universitetida eston tili va adabiyoti boʻyicha tahsil olgan[2]. 1927-yilda „Liivi Deevidiivi“ („Shamol mahbubasi“) romani nashr etiladi. Alverning birinchi sheʼrlar kitobi „Tolm ja tuli“ („Chang va olov“) esa 1936-yilda nashr etilgan. Aleksandr Pushkinning sheʼrlari va uning „Yevgeniy Onegin“ (1964) sheʼriy romani, Masknim Gorkiyning „Bolalik“ va „Mening universitetlarim“ sheʼrlari Betti Alver tomonidan eston tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, Kristjan Jaak Petersonning nemis tilida yozilgan sheʼrlarini eston tiliga tarjima qilgan[3]. Betti Alverning sheʼrlari polyak, nemis, ingliz, chex, italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan. Alverning sheʼrlarini rus tiliga Yunna Morits tarjima qilgan. Betti Alver sharafiga uning tugʻilgan shahri Jõgevada „Yulduzli vaqt“ kuzgi sheʼriyat kunlari oʻtkaziladi. 2013-yilda Merkuriydagi krater uning sharafiga Alver deb nomlangan[1] . Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti laureati (1980). Yozma va onlayn ovoz berish natijalariga koʻra 1999-yilda tuzilgan XX asrdagi Estoniyaning 100 ta buyuk arboblari roʻyxatiga kiritilgan[4].
Betti Alver 1989-yil 19-iyunda Tartuda vafot etgan va Tartuning Vana-Jaani qabristoniga dafn qilingan[5].
Sheʼriy kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tolm ja tuli (1936);
- Tähetund (1966);
- Eluhelbed (1971);
- Lendav linn (1979);
- Korallid Emajões (1986).
Filateliyada tasvirlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda Estoniya pochtasi Betti Alverning 100 yilligini unga bagʻishlangan pochta markasini chiqarish orqali nishonlaydi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bett Alver shoir Heiti Talvik bilan turmush qurgan. 1956-yilda esa Mart Lepikga (adabiyotchi, Adabiyot muzeyining birinchi direktori, 1940—1945) turmushga chiqadi. Qarindoshlari Eduard Alver (Ozodlik urushi davrida Estoniya mudofaa ittfoqi „Kaitseliit“ qoʻmondoni) va Siim Kallas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bédé, Jean Albert; Edgerton, William Benbow. Columbia dictionary of modern European literature By Jean Albert Bédé, William Benbow Edgerton, 1980. ISBN 9780231037174. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
- ↑ „Estonian Literary Magazine“. 2010-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
- ↑ Cummins, W.M.; Debeljak, A.; Haderlap, M.; Ihan, A.; Potokar, J.. Shifting Borders: East European Poetries of the Eighties, Foreign Policy; 9. Fairleigh Dickinson University Press, 1993 — 32–33-bet. ISBN 978-0-8386-3497-4.
- ↑ Sajandi sada Eesti suurkuju / Koostanud Tiit Kändler. — Tallinn: Eesti Entsüklopeediakirjastus, 2002. — 216 lk. ISBN 998570102X.
- ↑ „Betti Alveri (1906 - 1989) haud“ (et). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leetmaa E. Betti Alver — 100 // Pärnu Express, 2006-yil 27-oktyabr.