Krater
Krater (yun. κρατερός — «idish», «tovoq») relyefdagi atrofi tepalik bilan oʻralgan chuqurlikdir. Tabiati va kelib chiqishiga koʻra ikki xil kraterlar ajratib koʻrsatiladi:
- Vulqon krateri — vulqon choʻqqisidagi tuynuk.
Krater (yun. krater — katta kosa) — togʻorasimon yoki voronka koʻrinishida hosil boʻlgan botiq, chuqurlik. K.ning diametri koʻpincha 2—2,5 km dan oshmaydi. Chuqurligi bir necha m dan yuz m gacha boʻladi. K. vulkan otilishidan, samodan kelgan meteoritning yer yuziga urilishidan va kuchli sunʼiy port-lashdan hosil boʻladi. Vulkan K.lari, odatda, vulkan choʻqqisida yoki yon bagʻrida joylashadi. K. tubida bitta yoki bir necha vulkan boʻgʻzi boʻladi. Ular or-qali magmatik oʻchoqlardan koʻtarilgan lava va boshqa vulkan mahsulotlari chiqish kanali orqali yer yuzasiga otilib chikali. Baʼzan K. tubi lava koʻli yoki yangi hosil boʻlgan vulkan konusi bilan band boʻladi. Oy va Mars sayyoralaridagi K.lar aylana marzalar bilan oʻralgan doirasimon choʻkmalardan iborat; diametri 100–200 km, chuqurligi bir necha km gacha boʻladi. Ular bir biridan meteorit va asteroidning kelib urilishi va vulkanik yoʻl bilan hosil boʻlishi jihatidan farq qiladi (Yerdagi vulkan kraterdari va kalderalarga oʻxshash).
...KRATIYA (yun. kratos — hokimiyat) — oʻzlashma, qoʻshma soʻzlarning tarkibiy qismi boʻlib, oliy hokimiyat, hukmronlik, boshqaruv maʼnolarini ifodalaydi (mas, aristokratiya, byurokratiya, demokratiya).[1]
- Zarba krateri — odatda osmon jismlari toʻqnashishi, bir-biriga zarbasi orqali paydo boʻlgan chuqurlik.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |