Berkaxon
Berkaxon | |
Hukmronligining boshlanishi: | 1255 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 1266 |
Oʻtmishdosh: | Joʻji |
Merosxoʻr: | Mangu Temur |
Tugʻilgan sanasi: | 1209 |
Tugʻilgan joyi: | Burxan-Xaldun |
Vafot sanasi: | 1266 |
Vafot joyi: | Tbilisi |
Berkaxon (rus solnomalarida — Berkay) (1209—1266) — Oltin Oʻrda xoni (1255—1266). Chingizxonning nabirasi, Joʻjixonning uchinchi ugʻli, Botuxonning ukasi. Berkay oʻz davlatining harbiyi qtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257-yil bosqoqlik harbiysiyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin Oʻrdaga tobe yerlarda, jumladan Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat oʻrnatgan, aholini yalpi roʻyxatga olib, soliq undirish sistemasini tartibga solgan. Moʻgʻullar Eronni bosib olib, Bagʻdodni zabt etgach (1258), Berkaxon Ozarbayjonni Oltin Oʻrdaga qoʻshib olish maqsadida Hulokuylarga qarshi kurash boshlagan, bu borada u oʻziga ittifoqchi izlab Misr sultoni Beybars bilan yaqin diplomatik aloqalar oʻrnatgan. 1264-yil Berkaxon Hulokuxonga qarshi qoʻshin tortib, uni Kura daryosi sohilida magʻlub etgan, ammo 1265-yil Ozarbayjonga yana yurish qilganda toʻsatdan vafot etgan. Berkaxon hukmronligi davrida Oltin Oʻrda aholisi islom diniga kiritila boshlagan, ikkinchi poytaxt — Saroy Berka qurilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |