Aziz qoʻshbegi
Azizbiy | |
---|---|
Qo‘shbegi | |
Mansab davri 1837 – 1860 | |
Hukumat boshligʻi | Amir Nasrulloh |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Buxoro amirligi |
Vafoti |
1860 Buxoro amirligi |
Azizbiy (Azizqul, Mirza Aziz) (oʻzbekcha: Aziz, Buxoro amirligi, Buxoro amirligi 1860–yil) — davlat va harbiy arbob, diplomat, qo‘shbegi, moliya vaziri, Buxoro amirligining bosh vaziri[1] .
Azizbiy oʻzbeklarning Mangʻit urug‘idan boʻlib, harbiy qism boshligʻi — to‘qsabo[2] harbiy unvoniga loyiq ko'rilgan.
Siyosiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azizbiy amir Nasrullo hukmronligi davrida rasman bosh zakotchi - moliya vaziri lavozimini egallagan. Bundan tashqari, unga amirlikning barcha savdo va diplomatik ishlari ishonib topshirilgan.
Amir poytaxtda yoʻqligi davrida qo‘shbegi – bosh vazir vazifasini bajarib, amalda amirlikning barcha ishlarini boshqargan.
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1858–yilda N. P. Ignatiyev , Xiva va Buxorodagi harbiy-diplomatik missiya boshlig'i sifatida Azizbiy bilan yaqin hamkorlik qilgan.
Harbiy-diplomatik missiya aʼzolarining Buxoroga tashrifi chogʻida ularni Qorakoʻlda Azizbiyning qarindoshlari kutib olishgan.
Keyinchalik N.P.Ignatiev amir Nasrullo bilan savdo shartnomasini tuzadi va amir asirligida bo'lgan barcha rus fuqarolarini ozod qiladi.
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azizbiyning oʻgʻli Ravshanqul bek Abdumalikka xizmat qilgan. Said Abdumalikning otasi Buxoro amiriga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarganida Ravshanqul bek Muzaffar tomoniga oʻtib, mirohurlik unvoniga sazovor boʻladi.
O'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azizbiy amir Muzaffar davrida oʻldirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ахмад Дониш. История мангитской династии (Wayback Machine saytida 2022-12-30 sanasida arxivlangan). — Душанбе: Дониш, 1967.
- ↑ „Туксаба — должностное лицо, в обязанность которого первоначально входило отведать пищу, предназначенную для хана, и поставить её перед ним, в более позднее время — начальник войскового подразделения“. 2017-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-avgust.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1858 yilda Xiva va Buxoroga missiya, polkovnik N. Ignatiyevning adyutant qanoti. SPb. 1897 yil
- Ahmad Donish . Mang‘itlar sulolasi tarixi. Dushanbe. Donish. 1967 yil
- Abdalazim Sami . Ta'rih-i Salatin-i Mangitiya. M. 1962 yil