Ayritom
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ayritom — oʻzbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi koʻhna shahar xa-robasi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirgʻogʻida joylashgan. Dast-lab A. yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933-yil M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz ar-xeologiya kompleks ekspeditsiyasi A.da qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz boʻlaklari hamda budda ibodatxonasi xa-robasini topgan. Frizlar 1-2-asrlarga oid boʻlib, ularda qoʻshnay, chiltor, ud, nogʻora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar koʻtarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari A.dan miloddan avvalgi 2-asr oxiri va . 4-asrlarga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarogʻlari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari bilan koʻmilgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963-66 yillarda A.da Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turgʻunov) ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1,5 m, bal. 2-2,5 m boʻlgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar oʻtkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978-yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. A. moddiy-madaniy yodgorliklari oʻzbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va boshqa oʻrganishda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |