Asadiy Tusiy Abu Mansur Ali ibn Ahmad
Qiyofa
Asadiy tusiy Abu Mansur Ali ibn Ahmad (11-asr) — shoir va tilshunos. Ozarbayjonda yashab, fors tilida ijod etgan. Uning xalqogʻzaki ijodi yoʻlida yozilgan 9000 baytdan iborat „Gershasp-noma“ (1066) dostoni mavjud. Fors ti-lining eng qadimgi izohli lugʻati „Lugʻati fors“ (1060) ham A. T. qalamiga mansub. Bu lugʻatda Rudakiyning „Kalila va Dim-na“, Unsuriyning „Vomiq va Azro“ kabi asarlaridan ayrim baytlar keltirilgan. A. T. fors adabiyotida munozara janrini boshlab bergan shoir. Uning „Yer va osmon“, „Kecha va kunduz“, „Nayza va ka-mon“, „Musulmon va kofir“, „Arab va ajam“ kabi besh munozarasi hozirgacha saqlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |