Armaniston Milliy yoshlar kengashi
Qisqartma | NYCA |
---|---|
Turi | notijorat tashkilot |
Maqomi | yoshlar huquqlari |
Maqsadi | advokatlik |
Ishga tushgan sanasi | 1997 |
Joylashuvi | Koryun koʻchasi, 15 Yerevan |
Hududiy xizmati | Yevropa yoshlar forumi[1] |
Bosh kotib | Lilit Beglaryan |
Armaniston Milliy yoshlar Kengashi (NYCA) (armancha: Հայաստանի երիտասարդության ազգային խորհուրդ) Armanistondagi oʻnlab talabalar va yoshlar tuzilmalarini birlashtirgan eng yirik yoshlar tashkilotlaridan biri. 1997-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Yerevanda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Armaniston Milliy yoshlar Kengashi 1997-yil 12-dekabrda Armaniston boʻylab 70 nafar talaba va yoshlar tuzilmalari uchun qalqon tashkilot sifatida tashkil etilgan[2][3]. NYCAning maqsadi Armaniston boʻylab yoshlar huquqlarini himoya qilish va ular tarafida boʻlshdir. Tashkilot butun mamlakat boʻylab konferensiyalar, tadbirlar, bahslar, taqdimotlar va seminarlar oʻtkazishni rejalashtiradi[2][4].
NYCA 2002-yilda Yevropa yoshlar forumining toʻlaqonli aʼzosi boʻlgan va tashkilotning barcha dasturlari hamda assambleyalarida qatnashadi[5][6]. NYCA Armanistondagi AEGEE Yerevan kabi boshqa yoshlar tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 2015-yilda NYCA aʼzolari Yevropa Ittifoqining Armanistondagi delegatsiyasining moliyaviy koʻmagida AEGEE Yerevan tomonidan tashkil etilgan „Armenia Model EU 2015“ konferentsiyasida ishtirok etganlar.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda NYCA Armaniston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va Armanistonning Yevropa integratsiyasi jarayonida arman yoshlarining roliga bagʻishlangan konferentsiya oʻtkazgan[7].
2015-yil oktabr oyida MDHga aʼzo davlatlarning yoshlar tashkilotlari yetakchilari Moskvada toʻplanib, hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishgan[8].
2015-yil noyabr oyida NYCA delegatlari Ukrainaning Kiyev shahrida boʻlib oʻtgan Sharqiy hamkorlik yoshlar mintaqaviy ittifoqida (EPYRU) ishtirok etishgan[9].
2016-yil aprel oyida NYCA aʼzolari Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa yoshlar forumi Kengashi yigʻilishida ishtirok etishgan. Uchrashuv doirasida NYCA vakillari nutq soʻzlab, Artsaxning oʻz taqdirini oʻzi belgilashini qoʻllab-quvvatlashga chaqirishgan[10][11].
2016-yil 12-sentabr kuni NYCA Gruziyaning Tbilisi shahrida boʻlib oʻtgan Sharqiy hamkorlikning Qora dengiz mintaqaviy hamkorligi konferensiyasida ishtirok etgan. Ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari va Qora dengiz mintaqasi yoshlari duch kelayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini muhokama qilganlar[12]. Tadbirda Sharqiy hamkorlik davlatlarini Yevropa Ittifoqiga yaqinlashtirish imkoniyatlari ham muhokama qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Մադրիդում կայացել է Եվրոպական երիտասարդական ֆորումի խորհրդի նիստը ՀԵԱԽ-ի մասնակցությամբ“. nt.am.
- ↑ 2,0 2,1 „Հայաստանի երիտասարդության ազգային խորհուրդի մասնակցությամբ կայացել է Եվրոպական երիտասարդական ֆորումի հավաքը | Առավոտ - Լուրեր Հայաստանից“.
- ↑ „ԻՐՏԵԿ - Իրավական տեղեկատվական կենտրոն“. irtek.am.
- ↑ „National Youth Council of Armenia (NYCA)“.
- ↑ „Հայաստանի երիտասարդության ազգային խորհուրդի մասնակցությամբ կայացել է Եվրոպական երիտասարդական ֆորումի հավաքը | Առավոտ - Լուրեր Հայաստանից“.
- ↑ „ՀԵԱԽ ներկայացուցիչն ընտրվել է Եվրոպական երիտասարդական ֆորումի Ֆինանսական վերահսկողության հանձնաժողովի անդամ“. shamshyan.com.
- ↑ „National Youth Council of Armenia (NYCA) - Միջոցառման ընթացքում քննարկվեցին Հայաստան–Եվրամիություն արդի քաղաքական, տնտեսական հարաբերությունների շրջանակը, հայ երիտասարդության դերը եվրոպական ինտեգրման գործընթացում, ինչպես նաև շոշափվեցին մասնակից երիտասարդական կառույցների համագործակցության հեռանկարները և Եվրամիության կողմից երիտասարդության ընձեռնվող կրթական և կամավորական ծրագրերը: Միջոցառումը իրականացվեց կլոր-սեղանի ձևաչափով: | Facebook“. www.facebook.com.
- ↑ „ՀԵԱԽ-ը ներկայացավ ԱՊՀ երկրների երիտասարդական հասարակական միավորումների առաջնորդների հանդիպմանը | Armlur – Լուրեր Հայաստանից“.
- ↑ „ՀԵԱԽ-ի մասնակցությամբ ամփոփվեցին Արևելյան գործընկերության երկրների նախորդ եռամյակի ծրագրերն ու կատարած աշխատանքները“. www.irates.am.
- ↑ „Եվրոպական երիտասարդական ֆորումի հոբելյանական հավաքի ընթացքում ՀԵԱԽ ներկայացուցիչը կոչ արեց հարգել ԼՂՀ բնակչության ինքնորոշման իրավունքը | Առավոտ - Լուրեր Հայաստանից“.
- ↑ Mamikonyan. „Եվրոպական երիտասարդական ֆորումի հավաքի ընթացքում ՀԵԱԽ ներկայացուցիչը կոչ է արել հարգել ԼՂՀ բնակչության ինքնորոշման իրավունքը“ (2016-yil 20-aprel).
- ↑ „ՀԵԱԽ-ի մասնակցությամբ կայացել է Սևծովյան տարածաշրջանային համագործակցության երիտասարդական հավաքը“. nt.am.