Antonie Brentano
Antonie Brentano | |
---|---|
Antonie Brentano portreti (rassom Joseph Karl Stieler, pp1808-yil]] | |
Tavalludi |
Johanna Antonie Josefa Edle von Birkenstock 28-may 1870-yil |
Vafoti |
12-may 1869-yil (-2 yoshda) Frankfurtmayn, Wiesbaden, Hessen-Nassau provinsiyasi, Prussiya qirolligi |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi |
Kasbi | filantrop, sanʼat kolleksiyachisi |
Turmush oʻrtogʻi | Franz Brentano |
Otasi | Johann Melchior Edler von Birkenstock |
Onasi | Carolina Josefa von Hay |
Antonie (Toni) Brentano (talaffuzi: Antoni Brentano, toʻliq ismi Johanna Antonie Josefa Edle von Birkenstock (talaffuzi: Yohanna Antoni Yozefa Edle fon Birkenstok; 1780 — 1869) — avstriyalik sanʼat kolleksiyachisi, metsenat va Lyudvig van Betxovenning yaqin doʻsti.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brentano 1780-yil 28-mayda Vena shahrida avstriyalik diplomat va sanʼat kolleksiyachisi Johann Melchior Birkenstock ([[1738]—1809) va uning rafiqasi Carolina Josefa von Hay (1755—1788) oilasida tugʻilgan. Antoniedan tashqari, oilada yana uch aka-uka bor boʻlgan: Hugo Konrad Gottfried (1778—1825), Konstantin Viktor (1782-yilda tugʻilgan va vafot etgan) va Johann Eduard Valentin (1784-yilda tugʻilgan va vafot etgan). Oila Venadagi markaziy tumanlardan biri Landstraße tumani, Erdberggasse 98' (hozirgi Erdberggasse 19') da joylashgan katta qasrda istiqomat qilishgan, qasrda katta kutubxona va Birkenstock oilasining aksar sanʼat kolleksiyasi ham bor boʻlgan. Antonie sakkiz yoshga toʻlishidan oʻn kun oldin uning onasi vafot etadi va qiz Pressburgdagi (hozirgi Bratislava) Ursulin monastiridagi maktabga oʻqishga yuboriladi.
Otasi Antoniega munosib er izlayotgan boʻlib, bu Clemens Brentano va Bettina von Arnim oʻgay ukasi savdogar Franz Brentano boʻlgan. Ular 1796-yil oxirida yoki 1797-yil boshida uchrasha boshlaydilar. Antoniening otasi bilan uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng, yoshlar 1798-yil 23-iyulda Venadagi Avliyo Stefan soborida turmush qurishadi. Bir hafta oʻtgach, ular Frankfurtmaynga joʻnab ketishadi. Antoni va Franzning olti nafar farzandi boʻlgan. Bular Mathilde (7-mart 1799-yil — 4-may 1800-yil); Georg Franz Melchior (13-yanvar 1801-yil — 3-yanvar 1853-yil); Maksimilian Euphrosine Cunegonde (8-noyabr 1802-yil — 1-sentyabr 1861-yil); Josefa Ludovica (29-iyun 1804-yil — 2-fevral 1875-yil); Franziska Elisabeth (26-iyun 1806-yil — 16-oktyabr 1837-yil); Karl Jozef (3-avgust 1813-yil — 18-may 1850-yil).
1809-yil avgustda Antonie kasal otasiga gʻamxoʻrlik qilish uchun Vena shahriga qaytib keladi. 1809-yil 30-oktyabrda otasi vafot etadi. Otasining oʻlimidan soʻng, Antonie kutubxona fondi va otasining sanʼat kolleksiyasini saralash, shuningdek, qimmatbaho buyumlarning bir qismini sotilishini nazorat qilish uchun yana uch yil Venada qoladi. Faqat 1832-yilda Antonie boʻshab qolgan qasrni sotib, otasining eng qimmatli kartinasi boʻlgan Van Deykning „Masihning azasi“ni Frankfurt soboriga vasiyat qiladi.
Brentanolar oilasi 1810 va 1812-yillarda Betxoven va Gyote bilan tanishishadi. Keyinchalik Betxoven oilaning yaqin doʻsti va oila Venada boʻlganida Brentanoning uyida doimiy mehmoniga aylanadi. Betxoven oʻzining eng muvaffaqiyatli asarlaridan birini „Diabelli-Variationen“ni Antoniega bagʻishlagan.
Antonie 1869-yil 12-mayda Frankfurtmaynda vafot etadi va shaharning bosh qabristoniga dafn qilinadi[1]. Oʻzining qariyb toʻqson yillik hayoti davomida Antonie Brentano koʻplab doʻstlari va qarindoshlaridan, shu jumladan eri va olti farzandining beshtasidan ham uzoqroq yashagan.
2018-yilda Betxoven 1812-yil 13-mayda yakunlagan 7-simfoniyasi birinchi partiturasining avval nomaʼlum boʻlgan nusxasi topiladi. Sarlavha sahifasida qoʻlda yozilgan bagʻishlov mavjud boʻlgan: „Meiner hochverehrten Freundin Antonie Brentano von Beethoven“ („Mening aziz doʻstim Antonie Brentanoga Betxovendan“). Hujjat San-Xosedagi (AQSh) Kaliforniya shtati universiteti qoshidagi Betxoven markazi tomonidan sotib olingan[2].
Abadiy mahbuba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyudvig van Betxoven 1810-yil may oyining oxirida qaynsinglisi Bettina fon Arnim orqali Antonie Brentano bilan uchrashadi va ular orasida chuqur doʻstlik vujudga keladi. Betxovenning oʻlimidan soʻng, uning stolining yashirin boʻlimidan hech kimga yuborilmagan „Brief an einen unsterblichen Geliebten“ („Abadiy mahbubaning maktubi“) topiladi[3]. Bir asrdan koʻproq davom etgan ilmiy tortishuvlar natijasida abadiy mahbubaga nomzod sifatida quyidagi ayollar taklif qilinadi: Julie Guicciardi, Therese Brunsvik, Josephine Brunsvik, Dorothea von Ertmann, Amalie Sebald, Bettina von Arnim va Antonie Brentano. Vena klassik kompozitorlari haqidagi biografik tadqiqotlari bilan tanilgan amerikalik musiqa prodyuseri Maynard Solomon soʻzlariga koʻra, bu „Abadiy mahbuba“ Antonie Brentano boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Johanna Antonia Josefa «Toni» von Birkenstock Brentano“. 2019-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.
- ↑ „7th Symphony First Edition“. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-may.
- ↑ „Письмо Бетховена «Бессмертной возлюбленной»“. 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-may.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andreas Niedermayer. Frau Schöff Johanna Antonia Brentano. Ein Lebensbild, Frankfurt 1869.
- Rudolf Jung. Goethes Briefwechsel mit Antonie Brentano 1814—1821. Weimar 1896.