Prussiya qirolligi
Prussiya qirolligi nemischa: Königreich Preußen | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Madhiya nemischa: Heil dir im Siegerkranz | |||||||||
Shimoliy German ittifoqi tarkibidagi maydoni | |||||||||
Poytaxti | Berlin | ||||||||
Til(lar)i | Olmon | ||||||||
Pul birligi | Reyxstaler (1750-yilgacha) Pruss taleri (1750 - 1857) | ||||||||
Maydoni | 118 926 km² (1740-yil) 194 891 кkm² (1786-yil) 348 779,87 km² (1910-yil) | ||||||||
Aholisi | 730 000 (1713) 2 240 000 (1740) 5 340 000 (1786) 10 349 031 (1816) 24 689 000 (1871) 34 472 509 (1910) | ||||||||
Boshqaruv shakli | Absolyut monarxiya (1848-yilgacha) Konstitutsion monarxiya (1848-yildan) | ||||||||
Sulola | Gogentsollernlar | ||||||||
Qirollar | |||||||||
- 1701—1713 | Fridrix I | ||||||||
- 1713-1740 | Fridrix Vilgelm I | ||||||||
- 1740-1786 | Fridrix II | ||||||||
- 1786-1797 | Fridrix Vilgelm II | ||||||||
- 1797-1840 | Fridrix Vilgelm III | ||||||||
- 1840-1861 | Fridrix Vilgelm IV | ||||||||
- 1861-1888 | Vilgelm I | ||||||||
- 1888-1888 | Fridrix III | ||||||||
- 1888-1918 | Vilgelm II | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 1701 | Prussiya qirolligining tuzilishi | ||||||||
- 1806 | Fransuz okkupatsiyasi | ||||||||
- 1815 | Qayta uygʻonish | ||||||||
- 1848 | Konstitutsiyaning qabul qilinishi | ||||||||
- 1871 | German imperiyasining tuzilishi | ||||||||
- 1918 | Revolyutsiya | ||||||||
Prussiya qirolligi (nemischa: Königreich Preußen ) – 1701-yildan 1918-yilgacha mavjud boʻlgan nemis qirolligi. 1871-yildan imperiya hududining uchdan ikki qismini boshqargan holda Prussiya German imperiyasining yetakchi davlati hisoblangan. Brandenburgda joylashgan Berlin uning asosiy shahri boʻlsada, qirollik oʻz nomini Prussiya tarixiy viloyatidan olgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1701: Brandenburgning yangi bosqichga oʻtishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brandenburg-Prussiyaning Buyuk kurfyursti Fridrix Vilgelm I 1688-yilda vafot etadi. Uning mulklari Prussiya qiroli Fridrix Iga (1701-1713) aylangan oʻgʻli Fridrix IIIga oʻtadi.
Prussiya gersogligini hisobga olmaganda Brandenburgning barcha yerlari nomiga Gabsburglar humronligi ostida boʻlgan Muqaddas Rim imperiyasining tarkibiga kirgan. Imperiyada faqat bitta nemislar qiroli mavjud boʻlishi sababli Fridrixga imperator Leopold Ining qaroriga muvofiq (ispan vorisligi uchun urushda Fransiyaga qarshi ittifoq evaziga) 1701-yil 18-yanvarda imperiya tarkibiga kirmagan yerlarda „Prussiya qiroli“ sifatida toj kiydirildi. Imperiyada faqat bitta „nemislar qiroli“ mavjud boʻla olishi sababli 1772-yilgacha prussiya monarxlari „Prussiyadagi qirol“ unvoniga ega boʻlishgan. Yangi paydo boʻlgan qirollik 1713-yilda Utrext bitimiga koʻra boshqa davlatlar tomonidan tan olindi.
1702—1740: Qirollikning oʻsishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirollikning hududlari 1200 km masofada boʻlinib yotardi. Uning hududlari Boltiq dengizining janubi-sharqidagi Prussiya knyazligi, Brandenburg, Reynlanddagi Mark va Ravensburg ekskavlaridan iborat edi. Yangi Prussiya qirolligi juda qambagʻal edi – Oʻttiz yillik urushdan soʻng qayta tiklash ishlari borayotgan edi. 1708-yilda qirollik aholisining uchdan biri oʻlat qurboni boʻldi. 1710-yilda oʻlat kasalligi poytaxt – Berlindan 80 km uzoqlikdagi Prenslau shaxrida toʻxtadi.
Shvetsiya Rossiya, Saksoniya, Rech Pospolita (Polsha), Daniya-Norvegiya, Gannover va Prussiyaga qarshi Shimoliy urushda (1700-1721) magʻlub boʻlib, Boltiq dengizining janubiy qirgʻogʻidagi yerlarini yoʻqotdi. Stokgolmda 1720-yilning yanvarida imzolangan rus-shved bitimiga muvofiq Prussiya Shtettin va Shvetsiyaning Pomeraniyadagi boshqa hududlariga ega chiqdi.
1740—1760: Sileziya urushlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1740-yilda Fridrix II taxtni egalladi. U 1537-yilgi shartnomani bahona qilib, Sileziyaga bostirib kirib, Avstriya vorisligi uchun urushni boshladi. Bu shartnomaga koʻra Sileziya hukmdorlari Pyastlar sulolasida davomchi tugasa bu hudud Brandenburgga oʻtishi kerak edi. Sileziyaning tezda egallanishidan soʻng Prussiya Avstriya ersgersogi Mariya Tereziya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushib, buning evaziga Sileziyani talab qildi. Taklif rad etildi, lekin Avstriya koʻplab yangi raqiblarga duch kelganligi sababli 1742-yilgi Berlin bitimiga binoan Sileziya Prussiyaga oʻtdi.
Avstriya koʻpchilikni hayratda qoldirib, urushni yangiladi. 1744-yilda Fridrix Bogemiyaga bostirib kirdi. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Avstriyaga bosimi sababli 1748-yilda Ikkinchi Axen bitimi imzolandi. Bunga koʻra Sileziyaning katta qismi Prussiyaga berilishidan tashqari hech qanday hududiy oʻzgarishlar roʻy bermadi.
Urushda obroʻsini yoʻqotgan Avstriya Fransiya va Rossiya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushdi. Prussiya esa Buyuk Britaniya bilan ittifoq tuzishda bir qancha muammolarga duch keldi.
1756-1757-yillarda Fridrixning ikkinchi marta Saksoniya va Bogemiyada bostirib kirishi Yetti yillik urush boshlanishiga sabab boʻldi. Prussiya armiyasi bu urushda Yevropaning koʻplab buyuk davlatlari armiyalariga qarshi urushib katta obroʻ topdi. Bu urushda Rossiya, Fransiya, Avstriya va Shvetsiya ittifoqiga qarshi Prussiya, Buyuk Britaniya va Gannover ittifoqi qarshi kurashdi. 1760-yilning oktabrida ruslar vaqtinchalik Berlin va Kengsbergni egallashganda Fridrix oʻz hududlariga boʻlgan jiddiy bosqin xavfini oldini oldi. Vaziyat qirollik uchun yomonlashishda davom etdi, lekin rus imperatori Yelizaveta Petrovna vafotidan soʻng vaziyat tezda oʻzgardi. Ittifoqga Pyotr III boshchiligida Rossiya qoʻshilgach sharqiy xatarning oldi olindi. Xuddi oʻsha paytda urushdan Shvetsiya chiqdi.
Prussiya Burkersdorfdagi jangda Avstriya armiyasini magʻlub etgach, qitʼada tinchlik oʻrnatildi. Bu natija Prussiyani nemis davlatlari orasida yetakchi qilib, qirollikni Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylantirdi. Qirollikning qariyb yoʻq boʻlib ketishi xavfini koʻrgan Fridrix shundan soʻng bironta ham urush boshlamadi.
Prussiya armiyasi
Prussiya armiyasining asosini mushketyorlar, shuningdek grenaderlar, fuzilerlar va nayzachilar tashkil etgan, kavaleriya kirasirlar, dragunlar va gusarlardan tashkil topgan.
1772-, 1793-, 1795-yillar: Rech Pospolitaning boʻlib olinishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prussiyaning janubida va sharqida XVIII-asr davomida inqirozga yuz tutgan Rech Pospolita (Polsha) joylashgan edi. Rossiyaning polyak siyosatiga taʼsiri kuchayuvi va hududi kengayishidan xavotirlangan Fridrix 1772-yilda Rossiya, Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishida qatnashdi. Prussiya qirolligi Polshaning katta qismini shu jumladan Varmiyani bosib oldi. Kelgusi yili bosib olingan hududlardan Gʻarbiy Prussiya provinsiyasi tuzildi. Bosib olingan yangi hududlar qirollikning sharqiy va gʻarbiy qismlarini birlashtirdi.
1786-yilda Fridrix vafotidan soʻng Fridrix Vilgelm II Polsha boʻlinishini davom ettirdi va 1793-yilda Prussiya Polsha gʻarbining katta qismini bosib oldi.
1795-yilda Rech Pospolita yoʻq boʻldi va Gʻarbiy Prussiyaning janubidagi katta hududlar (shu jumladan, Varshava) Prussiya hududiga aylandi. Bu yangi hududlardan Yangi Sileziya, Janubiy Prussiya va Yangi Gʻarbiy Prussiya provinsiyalari tuzildi.
1806—1815: Napoleon urushlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muqaddas Rim imperiyasi 1806-yilda Napoleonning Avstriya ustidan gʻalabalari tufayli tugatild. Brandenburgning kurfyurst (saylovchi knyaz) unvoni maʼnosiz boʻlib qoldi va bekor qilindi. Bu vaqtda Gogentsollernlarning koʻplab unvonlari bor edi: kurfyurst, buyuk knyaz, turli hududlar gersogligi va boshqalar. 1806-yildan soʻng u faqatgina Prussiya qiroli unvoniga ega boʻlib qoldi.
Prussiyaning 1806-yilda Yena va Auershtadtdagi jangdagi magʻlubiyati sababli qirol Fridrix Vilgelm III vaqtinchalik Memelni tark etishga majbur boʻldi. 1807-yilgi Tilzit sulhiga koʻra Prussiya Polshaning ikkinchi va uchinchi boʻlinishida olingan hududlar va Elba daryosining gʻarbidagi barcha hududlarni, yaʼni, oʻz hududining yarmini yoʻqotdi. Qirollikning qolgan barcha qismi fransuz askarlari tomonidan okkupatsiya qilinib, qirol Fransiya bilan ittifoq tuzishga va Kontinental blokadaga qoʻshilishga majbur boʻldi.
Napoleon Rossiyada magʻlubiyatga uchragach Prussiya ittifoqdan chiqib fransuz okkupatsiyasiga qarshi „ozodlik urushlari“ (nemischa: Befreiungskriege ) davomidagi Oltinchi koalitsiya urushida qatnashdi. Marshal Gebhard Leberext fon Blyuxer boshchiligidagi pruss askarlari 1815-yilda Vaterloodagi asosiy jangda qatnashib gʻalabga oʻz hissalarini qoʻshishdi.
1815: Prussiya Napoleondan soʻng
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻlaba qoʻshgan hissalari uchun Prussiya Vena kongressiga chaqirildi va Saksoniyaning 40 %, shuningdek, Reynlandning katta qismiga ega chiqdi. Prussiyaga Polshaning uchinchi boʻlinishida oʻtgan katta hududlar Rossiya imperiyasidagi Polsha qirolligiga qoʻshib berildi.
Prussiyadagi bu oʻzgarishlar tufayli qirollik oʻnta viloyatga boʻlindi. Gʻarbiy Prussiya, Sharqiy Prussiya va Poznan tarkibida boʻlmagan qirollikning katta qismi Muqaddas Rim imperiyasi oʻrniga kelgan olmon ittifoqi qismiga aylandi.
1848-yilgi revolyutsiya tufayli Gogentsollern-Zigmaringen va Gogentsollern-Hehingen 1850-yilda Prussiyaga qoʻshib olindi.
1848—1871: Germaniyani birlashtirish uchun urushlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vena kongressidan ellik yil oʻtgach Nemis ittifoqida yagona nemis davlati tuzish va kichik nemis qirolliklari tuzumini saqlab qolish tarafdorlari oʻrtasida muammo kelib chiqdi. 1834-yilda Avstriya imperiyasi kiritilmagan Germaniya bojxona ittifoqining tuzilishi (nemischa: Zollverein ), aʼzo davlatlarda Prussiya taʼsirini kuchaytirdi. 1848-yilgi inqilob natijasida Frankfurt parlamenti qirol Fridrix Vilgelm IVga Germaniyani Prussiya atrofida birlashtirish taklifini berdi. Fridrix VIlgelm inqilobchilar qirollik tojini taklif qilishga huquqlari yoʻq deya bu taklifdan voz kechdi. Lekin bu inkorning boshqa sababi bor edi: oʻsha vaqtlarda Avstriya va Prussiya oʻrtasidagi ichki kurash davom etayotgandi. Germaniyaning tuzilishi Prussiyani Avstriya bilan urushtirib qoʻyardi.
1848-yilda Daniyaning Shlezvig va Golshteyn gersogliklaridagi kekin boshqaruvi Daniya va nemis ittifoqi oʻrtasidagi Birinchi Shlezvig urushiga (1848-1851) sabab boʻldi. Urushda Daniya magʻlub etildi, lekin Prussiya tashqi bosim ostida ikkala gersoglikdan voz kechishga majbur boʻldi.
1862-yilda Otto fon Bismark qirol Vilgelm I tomonidan Prussiya bosh vaziri etib saylandi. Bismark german davlatlarini Prussiya qoʻl ostida birlashtirishga qatʼiy ahd qilgandi va bu maqsadga yetishtirgan uch urush davomida Prussiyani boshqardi.
Bu uch urushdan birinchisi 1864-yilda Avstriya yordamida Prussiya tomonidan boshlangan Ikkinchi Shlezvig urushi edi. Daniya magʻlubiyatga uchrab Shlezvig va Golshteynni mos ravishda, Prussiya va Avstriyaga berdi. Shlezvig va Golshteynni boʻlishishdagi muammolar Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi yetti haftalik urushga (1866-yil) olib keldi. Bu urushda Prussiya Italiya qirolligi va koʻplik shimoliy-german davlatlarini bilan ittifoqda Avstriya imperiyasiga qarshi urushdi. Avstriya ittifoqi magʻlub etilib, Gannover qirolligi, Gessen buyuk gersogligi, Nassau gersogligi va Frankfurt erkin shahri kabi nemis davlatlari Prussiyaga qoʻshib olindi. Bu gʻalabaning eng muhim natijasi Prussiyaning Reyndagi hududlari qirollikning asosiy qismi bilan birlashtirilganligi boʻldi. Urushga sabab boʻlgan Shlezvig va Golshteyn Prussiya boshqaruvi ostiga oʻtdi. Ayni shu paytda Prussiya oʻzining eng katta holatiga yetib, Germaniyaning uchdan ikki qismini egalladi va shu chegaralarda 1918-yilgacha qoldi.
Urush natijalariga koʻra Olmon ittifoqi tugatilib, uning oʻrniga Prussiya 1867-yilda Mayn daryosining shimolidagi 21ta davlatni birlashtirgan Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzdi.
Bu yangi davlatda Prussiya yetakchi boʻlib, uning hududlarining beshdan toʻrt qismiga ega edi. Uning yetakchiligi Bismark tomonidan tuzilgan konstitutsiyada mustahkamlangan edi. Ijro hokimiyati prezidentlikka yuklatilib, nomiga pruss qiroliga tegishli edi. Kansler faqat qirolgagina hisobot berardi. Shuningdek, ikki palatali parlament ham tuzildi. Quyi palata, yoki Reyxstag umumxalq erkaklar ovozlari bilan saylanardi. Yuqori palata, yoki Bundesrat hukumat tomonidan tayinlanardi. Bundesrat Reyxstagdan kuchliroq hisonlanardi. Prussiya ittifoqdagi 43 ovozdan 17tasiga ega boʻlib, ittifoqda yetakchi kuch edi. Janubiy olmon davlatlari (Avstriyadan tashqari) Prussiya bilan harbiy ittifoq tuzishga majbur boʻlishdi. Bismark bu yoʻlni Germaniyani birlashtirishning oson yoʻli deb hisobladi. Qirol Vilgelm Avstriyani egallashga ahd qilgan boʻlib, Bismark uni bu fikrdan qaytardi. Bismark Avstriya kelajakda nemis ishlariga aralashishini xohlamagandi. Shuningdek, u Avstriyani kelajakda kerakli ittifoqdosh boʻladi deb hisobladi.
Germaniyaning birlashtirishning ohirgi bosqichi Bismark boshchiligida Prussiya imperator Napoleon III boshchiligidagi Fransiyaga qarshi eʼlon qilingan Fransiya-Prussiya urushi (1870-yil) boʻldi. Avstriya-Prussiya urushidan soʻng kelisha olish qobiliyatlari kuchaygan olmon davlatlari birgalikda oʻz askarlarini tezda toʻplab, Fransiyani magʻlub etishdi. Bu pruss gʻalabasi tufayli Parij yaqinidagi Versal qasrida Vilgelm 18-yanvar 1871-yilda (birinchi pruss qiroli Fridrix Iga toj kiydirilganidan roppa-rosa 170 yil oʻtgach) fransuz poytaxti qamal qilinayotgan bir paytda German imperiyasi imperatori deb eʼlon qilindi.
1871—1918: Prussiyaning oʻsishi va qulashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bismark tuzgan imperiya kontinental Yevropaning eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Shimoliy German ittifoqidagiga oʻhshab Prussiya imperiya tarkibida ham mutlaq hukmron edi. Prussiya imperiya hududining beshdan uchiga va aholisining uchdan ikkisiga ega edi. Imperatorlik toji Gogentsollernlar sulolasiga tegishli boʻlib qoldi.
Lekin boʻlajak muammolarning ildizi imperiya va pruss tizimlari orasidagi katta farqlarda edi. Imperiyada 25 yoshdan katta erkaklar umumiy teng huquqli ovoz berish huquqiga ega edilar. Xuddi shu paytda Prussiyada cheklangan uch tabaqali ovoz berish tizimi mavjud edi va aholining 17,5 %i hayotning barcha sferalari boshqarar edi. Prussiya bosh vaziri ikki davrni (1873-yil yanvar – noyabr va 1892-1894-yillar) hisobga olmaganda bir vaqtda imperiya kansleri ham hisoblanardi. Bu esa imperiya mavjud boʻlgan davrning katta qismida qirol/imperator va bosh vazir/kanslerga ikki mutlaq bir-biridan farq qiladigan qonunchilik va saylov tizimlarida ishlashga toʻgʻri kelgan.
Bismark qolgan Yevropa yangi reyxning kuchidan xavfsirab, imperiyani yoqtirmasligini tushunib Berlin kongressiga oʻxshash bitimlar bilan tinchlikni saqlashga intilgan.
Vilgelm I 1888-yilda vafot etadi va uning oʻrniga Fridrix III taxt oʻtiradi. Yangi imperator inglizlarni yoqtirardi va keng qamrovli liberal islohotlarni oʻtkazishni rejalashtirgandi. Lekin u taxtga oʻtirganidan atigi 99 kun oʻtib, vafot etadi. Uning oʻgʻli 29 yoshli Vilgelm II taxtga oʻtiradi.
Tajribasiz imperator liberal islohotlarni toʻxtatib, imperiyani Bismarkka topshirib qoʻyadi. Lekin shu paytda u Bismark bilan kelisha olmaydi. Yangi kayzer oʻzining qarindoshlari sanalmish britan va rus qirollik oilalari bilan munosabatlarni yomonlashtirib, boshida ularning raqibiga va soʻngra, dushmaniga aylanadi. Vilgelm II 1890-yilda Bismark oʻz vazifasidan chetlashtirib, tashqi siyosatda Germaniyani yakkalashtirishga olib kelgan militarizatsiya va avantyurizm yoʻlidan boradi.
Avstro-Vengriyaning Serbiya bilan muammosi paytida kayzer dam olishga ketib qoladi va imperiyadagi davlatlarning oʻz askarlarini safarbar etishlari Birinchi jahon Urushiga (1914-1918) olib keladi. Bolsheviklar urushdan chiqish uchun 1918-yilgi Brest bitimiga koʻra Prussiyaga chegaradosh boʻlgan Rossiyaning gʻarbidagi katta hududlarni nemislarga topshirishga rozi boʻlishadi. Bu hududlar ustidagi nemis boshqaruvi atigi bir necha oy davom etadi va urushdagi magʻlubiyat, shuningdek, kayzerni taxtdan voz kechishga majbur qilgan inqilob tufayli tugaydi.
Urushdan keyingi Versal shartnomasi Germaniyani urush uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olishga majbur qiladi. Shartnoma nemislar imperiyani eʼlon qilgan Versal qasrida imzolanadi.
Urush tugamasidan Germaniyada Vilgelm IIni 1918-yil 9-noyabrida qirollik va imperiya taxtidan voz kechishga majburlagan Noyabr inqilobi boshlanadi. Prussiya qirolligining nomi Prussiya ozod davlatiga oʻzgartiriladi.
Prussiya tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prussiya qirolligining asosiy hududlari Brandenburg-Prussiyani tashkil etuvchi Friul Brandenburgi va Prussiya gersogligi edi.
Pomeraniya Prussiyaga 1648-yilda qoʻshib olindi.
1720-yilda Shvetsiyadan tortib olingan hududlar bilan birga bu yer Pomeraniya provinsiyasiga aylanadi.
Prussiyaning Sileziya urushlaridagi muvaffaqiyatlari 1740-yilda Sileziya provinsiyasi tuzilishiga olib keladi.
1772-yilda Polshadan tortib olingan Qirollik Prussiyasi va Varmiya Gʻarbiy Prussiya provinsiyasiga aylandi, Prussiya gersogligi esa Varmiyaning bir qismi bilan Sharqiy Prussiya provinsiyasiga aylandi.
Netze daryosi boʻylab olingan hududlardan Notez okrugi tuziladi. 193-1795-yillarda Polshadan tortib olingan hududlarda Yangi Sileziya, Janubiy Prussiya va Yangi Sharqiy Prussiya provinsiyalari tuziladi. Bu uch provinsiyaning qariyb barchasi (Janubiy Prussiyaning gʻarbidan tashqari) 1815-yilda Vena kongressiga binoan Netze okrugi bilan birga Rossiyaga beriladi.
Vena kongressidan keyin gʻarbda Prussiya tomonidan olingan yirik hududlarda oʻnta provinsiya tuziladi. Bu provinsiyalar:
- Brandenburg
- Sharqiy Prussiya
- Jülich-Cleves-Berg
- Quyi Reyn
- Pomeraniya
- Poznan buyuk knyazligi
- Saksoniya
- Sileziya
- Gʻarbiy Prussiya
- Vestfaliya
1822-yilda Jülich-Cleves-Berg va Quyi Reyn Reyn provinsiyasiga birlashtirildi. 1829-yilda Sharqiy va Gʻarbiy Prussiya Prussiya provinsiyasiga aylantirildi, lekin 1878-yilda yana boshqatdan boʻlindi. Gogentsollern-Zigmaringen va Gogentsollern-Hehingen knyazliklari 1850-yilda Gogentsollern provinsiyasiga aylantirildi.
1866-yilda Avstro-pruss urushidagi gʻalabalardan soʻng Prussiyaga oʻtgan hududlardan Gannover, Gessen-Nassau va Shlezvig-Golshteyn provinsiyalari tuzildi.
Vikipediyada «Olmoniya» loyihasi bor |