Van Deyk Antonis
VAN DEYK (van Dyck) Antonis (1599.22.3, Antverpen— 1641.9.12, London) — flamand rassomi. 1609 y.dan X. Van Balendan taʼlim olgan, yoshligidan portret bilan shugʻullangan. 1616—20 yillarda P. Rubens ustaxonasida yordamchi boʻlib ishlagan, uning ijodidan taʼsirlangan. Angliya qiroli Yakov I saroyida ishlagan davri (1620—21)da barokko tipidagi portretini nihoyasiga yetkazdi ("Oilaviy portret", "P. Snay-dersning rafiqasi bilan portreta", 1621 va b.). Genuyaning zodagonlari tasvirlangan hashamdor portretlaridagi ajoyib kompozitsiyasi, teran qoramtir tuslarning goʻzalligi, zaminning tantanavorligida Venesiya maktabining taʼsiri seziladi. 1632 y.dan Londonda qirol Karl I saroyida rassom boʻlib ishladi. Qirol va uning oilasi ("Karl 1 ovda", taxminan 1635; "Karl I bo-lalari", 1637 va b.), saroy zodagonlari portretlarini yaratdi, ularda diqqatni holat, qomat va ranglar uygʻunligiga qaratdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |