Kontent qismiga oʻtish

Anor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oddiy anor
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Lythráceae
Urugʻ: Anor
Turlari: Oddiy anor
Xalqaro ilmiy nomi
Punica granatum (L, 1753)

Oddiy anor ( lotincha: Púnica granátum) — derbenlar oilasiga  (Lythraceae) turkumiga mansub o‘simlik turi, mevasi iste’molga yaroqli. Anor mevalarini ozuqa mevasi sifatida xom holda, tayyor ovqatga solishda, shuningdek, sharbatini olib, ichimlik sifatida foydalanish mumkin. Shimoliy yarimsharda anor mavsumi odatda sentabrdan fevralgacha, janubiy yarimsharda — martdan maygacha davom etadi.

Anor Gʻarbiy Osiyo aholisi tomonidan qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinadi. Hozirgi vaqtda u Yaqin Sharq va Kavkazda, Shimoliy va tropik Afrikada, Osiyo va O‘rtayer dengizining bir qator mintaqalarida keng yetishtiriladi.

Nomlanishi  

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu mevaning kelib chiqishi lotinchapunicus” so‘zidan kelib chiqqan, bu mamlakatda (zamonaviy Tunis) o‘simlikning keng tarqalishiga ko‘ra punicus — Punik, karfagen degan ma’noni bildiradi[1] .

Bu mevaning ko‘rinishiga ko‘ra nomlanishi lotincha granátum  granatus o‘zagi — donagi ko‘p, meva ichidagi ko‘plab urug‘larga ko‘ra, suvli qobiq bilan qoplangan.

O‘rta asrlarda anor Pomum granatum nomi bilan mashhur bo‘lgan – donagi ko‘p olma, keyinchalik K.Linne tomonidan zamonaviy ilmiy botanik nomi Punica granatum L..ga o‘zgartirildi.

Qadimgi Rimda uning yana bir nomi — malum granatum, ya’ni "donali olma". U hali ham boshqa tillarda olma deb yuritiladi: nemischa Granatapfel, italyancha melograno (apfel, mela so‘zlaridan — olma) ma’nosini bildiradi[2] .

Qisqacha tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bo‘yi 2 m ga yetadigan buta. Bargi cho‘ziq, teskari tuxumsimon, uzunligi 6–8 sm, eni 7–15 mm, charmsimon, qisqa shoxlarda to‘p-to‘p, uzun shoxlarda esa qarama-qarshi o‘rnashgan. Guli kalta novdalarda joylashgan. Kosachasi qayishsimon mustahkam, tojbargi och qizil rangda. Mevasi yumaloq, yirik. May–avgustda gullab, sentyabr–oktyabr oylarida meva beradi.

Tarqalishi  

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anorning tabiiy tarqalishi Gʻarbiy Osiyoni, jumladan Turkiya va Eron hududlarini, O‘rta Osiyoni (Gʻarbiy Turkmanistonning janubiy qismi va Afg‘oniston), shuningdek Kavkazni (Ozarbayjon, Abxaziya, Janubiy Armaniston, Gruziya) qamrab oladi. B.S.Rozanov[3] ma’lumotlariga ko‘ra, tarqalish chegaralari sharqda Shimoliy-Gʻarbiy Hindiston, Shimoli-Sharqiy Afg‘onistongacha yetib boradi. Shimoliy tarqalish chegarasi esa sobiq SSSRning O‘rta Osiyo davlatlarining janubiy chekkalarigacha, Kaspiy dengizining Eron qirg‘oqlari bo‘ylab va Zakavkazdagi Katta Kavkaz tizmasining janubiy qirg‘oqlaridan o‘tadi. Anorning g‘arbiy chegaralari Kichik Osiyo qirg‘oqlarigacha, janubda yovvoyi anorning tarqalishi Arab dengizi qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan.

Yovvoyi anor Sharqiy Kavkazortida ham keng tarqalgan. Ozarbayjonda, Lankaran-Astara massividagi yovvoyi anorlarning chakalakzorlari bir necha yuz gektar maydonni egallaydi.

O‘rta Osiyoda yovvoyi anor O‘zbekiston va Tojikistonda Hisor, Darvoza va Qorategin tizmalarining yon bag‘irlarida uchraydi.

Punica L. turkumining paydo bo‘lishi juda olis geologik davrlarga – bo‘r davrining oxiri va uchinchi davr boshiga to‘g‘ri keladi[3]. Bu anor mevasining Punica granatum L. turi L.A.Dekandol[4] va I. V. Palibin turlariga kelsak, janubiy Fransiya va Ozarbayjondagi Pliosen konlaridan anor qoldiqlari, barglari va gullari topilgan. B.S.Rozanov ana shu ma’lumotlarni, shuningdek, anorning geografik tarqalish xususiyatini hisobga olgan holda, bu turning shakllanish davrini yuqori oligosen yoki quyi miosenga tegishli deb hisoblaydi.

Madaniy o‘rni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu anor mevasini yetishtiruvchi madaniy xalqlar — Eron, Ispaniya (ayniqsa, Granada), Ozarbayjon, Armaniston, Isroil va boshqalar madaniyatida keng ifodalanadi. 2011-yilda Eronda unga haykal o‘rnatiladi, Ruminiyada markasi chiqariladi, Armanistonda 500 dirhamlik oltin tanga zarb ishlovi beriladi. Fransiyaning ayrim gerblarida va Ispaniya shaharlari gerblarining muhim qismida anor tasviri mavjud. Ispaniyaning Granada tarixiy mahalliy hududi gerblaridagi anor tasviri ayniqsa xarakterli tasvirlangan.

  1. Флора СССР 1949.
  2. Агапкин С. Н.. Тайная сила продуктов. М.: Э, 2015. ISBN 978-5-699-82407-6. 
  3. 3,0 3,1 Розанов Б.С.. Культура граната в СССР, Сталинабад, 1961. 
  4. Декандоль Альфонс. Местопроисхождение возделываемых растений, СПб, 1885. 
  • Punica Granatum // Ботанический словарь / сост. Н. И. Анненков. — СПб.: Тип. Имп. АН, 1878. — XXI + 645 с.
  • Антонов А. А. Гранатник, гранатовое дерево // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1893. — Т. IXa.
  • Борисова А. Г. Род 921. Гранат — Punica // Флора СССР : в 30 т. / начато при рук. и под гл. ред. В. Л. Комарова. — М. ; Л. : Изд-во АН СССР, 1949. — Т. 15 / ред. тома Б. К. Шишкин, Е. Г. Бобров. — С. 553. — 742 с. — 4000 экз.
  • Даников Н.И.. Целебная магия даров юга. М.: ТОО Леопись, 1998 — 71-78-bet. ISBN 5-88730-039-6. 
  • Нестерова Д.В.. Гранат. М.: Вече, 2007. 
  • Огиевский В. В.. Технические и пищевые лесные деревья и кустарники. М.: ГОСЛЕСБУМИЗДАТ, 1949 — 34-bet.