Anarxizm
Anarxizm (yun. „anarchia“ – hokimiyatsizlik, beboshlik) – rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimot. Antik dunyo zamonidayoq anarxizmga xos fikr yuritish alomatlari boʻlgan, qadimgi xristianlikda diniy shaklda, keyinchalik oʻrta asrlar mazhablarida ham uchraydi. Lekin ilmiy nazariya sifatida anarxizm keyin paydo boʻlgan. Nemis faylasufi K. Shmidt (Shtirner), fransuz olimi P. Prudon, rossiyalik M. Bakunin uning nazariyotchilari hisoblanadi. Anarxizm baʼzi oʻrinlarda liberalizm bilan chatishib ketadi, har qanday davlat hokimiyatini yoʻqotishni va ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining federatsiyasini tuzishni yoqlaydi.
Anarxizm anʼanaviy kuch tuzilmalari gʻoyalariga qarshi chiqadi va ularni savol ostiga oladi. Faylasuf Tomas Hobbs oʻzining „Leviafan“ asarida anarxist jamiyatlarni leviafani bor markazlashgan davlatga qarama-qarshi ibora sifatida ishlatadi.
Hozirda teoriyadagi anarxist davlatlar yoʻq. Lekin ayrim davlatlarda, masalan, Livan, Nigeriya, Kurdiston hududlari, Meksika, Kongo davlatlarida anarxizmning ayrim elementlarini koʻramiz.
Anarxizmning individualist anarxizm, anarxosindikalizm, anarxizm-kommunizm kabi turlari mavjud.
Anarxizmning asosiy elementlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]– Antidavlatchilik: anarxizmga koʻra davlat keraksiz va tabiatan majburlov vositasi boʻlib kelgan. Ularga koʻra hokimiyat markazsizlashtirilishi va fuqarolar oʻrtasida gorizontal taqsimlanishi kerak.
– Individual erkinlik: anarxistlar shaxsiy erkinlik va avtonomiyaga urgʻu berishadi, inson oʻz qarorlarini erkin, hech qanday markaziy hokimiyat ishtirokisiz qabul qilishi kerak deb hisoblashadi.
– Tenglik: anarxistlar uchun sotsial tenglik muhim va ular ijtimoiy iyerarxiyalar va iqtisodiy eksplatatsiyaga qarshi kurashishadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |