Amu-Buxoro mashina kanali
Amu-Buxoro mashina kanali — Buxoro viloyatidagi sugʻorish kanali. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidan, Chorjoʻy sh. (Turkmaniston)dan 12 km yuqorida boshlanadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro vohasiga suv beradi. 1-navbati 1965 yilda, 2-navbati 1976 yilda qurilgan. Umumiy uz. 400 km. Suvni maksimal koʻtarish balandligi 111m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 270 m³/s Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 1-navbati ishga tushirilgach, Buxoro viloyatida boshqa manbalardan sugʻorib kelingan 136,5 ming ga yerni Amudaryo suvi bilan sugʻorish mumkin boʻldi, Amudaryo havzasidagi 377 ming ga yerning suv bilan taʼminlanishini yaxshilash, 23,8 ming ga yangi yerlarni sugorish imkoni tugildi. Magistral kanalda 65 gidrotexnika inshooti, 11 nasos stansiyasi (jumladan suvni 54 m balandlikka koʻtarib beradigan, har birining quvvati 12,5 ming kVt boʻlgan 10 nasos agregatli Hamza-2 nasos stansiyasi) bor. Amu-Buxoro mashina kanali k.ning nasos stansiyalari, ularning umumiy joylanishi, ayrim nasos agregatlarning quv-vati, shuningdek nasoslarning avtomatika va telemexanika vositalari bilan jihozlanishi jihatidan mamlakat irrigatsiya tajribasida noyob hisoblanadi. Birinchi mar-446ta Buxoro viloyatida nasos stansiyasining old kamerasida belgilangan suv sathini doimo bir xilda saqlab turadigan avtomatik tamba (zatvor) qoʻllandi. 152-kmda uch yoʻnalishda suv taqsimlagich qurildi: chapda — Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 1-navbati uchun (suv sarfi 60,3 m³/s), oʻngda — Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 2-navbati uchun (suv sarfi 95,8 m³/s) va oʻrtada rostlagich -Toʻdakoʻl shoʻrini yuvish hamda kelajakda uni toʻldirish uchun suv beradi. Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 2-navbati tugaydigan 191-kmda Qiziltepa nasos stansiyasi qurildi. U Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 2-navbatidan Zarafshon daryosiga suv uzatadigan ikkinchi pogona hisoblanadi. Qiziltepa nasos stansiyasining yuqori befida suv sathini taʼminlash uchun Toʻdakoʻl botigʻiga suv tashlaydigan inshoot qurilgan. Amu-Buxoro mashina kanali k. 2-navbatining ishga tushirilishi 15,5 ming ga yangi yerlarni oʻzlashtirish, Amudaryo suvi bilan Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlaridagi 77 ming ga sugʻoriladigan yerlarning suv taʼmino-tini yaxshilash imkonini yaratdi. Sharif Hamdamov.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |