Kontent qismiga oʻtish

Amerika Konfederativ Shtatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amerika Konfederativ Shtatlari
Confederate States of America
Shior„Bizning qasoskorimiz Xudo panohida“
lotincha: Deo vindice
Madhiya: „I Wish I Was in Dixie
Location of Amerika Konfederativ Shtatlari
Poytaxt Montgomery (1861)
Richmond (1861—1865)
Danvill (1865)
Eng katta shahar Yangi Orlean
Rasmiy til(lar) ingliz tili
Hukumat Konfederativ prezidentlik respublikasi, etnokratiya
• Prezident
Jefferson Devis
Aleksandr Stivens
Maydon
• Butun
1 995 392 km2
Aholi
• 1865-yilgi roʻyxat
9 103 332 kishi
Pul birligi Konfederatsiya dollari
Qisqartma
  • CSA
  • C.S.
  • Confederacy

Amerika Konfederativ Shtatlari, shuningdek, Konfederatsiya shtatlari, AKSH, Konfederatsiya yoki Janubliklar (inglizcha: The Confederate States of America, CSA, The Confederacy, the South) – 1861–1865-yillarda Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, hozirgi Amerika Qoʻshma Shtatlari tarkibida de-fakto mustaqil (1862-1863-yillarda Britaniya imperiyasi va Fransiya tomonidan deyarli tan olinishiga erishgan, lekin Gettisberg yaqinidagi jangdan soʻng hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan) davlat[1]. Janubiy shtatlar konfederatsiyasi 13 janubiy quldorlik shtatlarining Amerika Qoʻshma Shtatlari tarkibidan chiqishi natijasida yuzaga kelgan[1][2]. Amerika fuqarolar urushi shimol, yaʼni AQSH va janub, yaʼni AKSH oʻrtasidagi urushdir. Urushdagi magʻlubiyatdan soʻng Konfederatsiya tarix sahnasidan ketgan. Shundan soʻng, AQSH harbiy kuchlari tomonidan egallangan Konfederatsiya shtatlari „janub rekonstruksiyasi“ jarayonida AQSH tarkibiga reintegratsiya qilingan.

Tashkil topish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajralib chiqish tarafdorlarining birinchi yegʻilishi 1860-yilning 22-noyabr kuni Janubiy Karolina shtatining Abbevil shahrida oʻtkazilgan. Amerika Konfederativ shtatlari 1861-yil 4-fevralda, AQSH prezidenti saylovlarida gʻoliblikni Avraam Linkoln (janubiy shtatlar iqtisodiyotining asosini tashkil qiladigan qullikning yangi hududlarga tarqalmasligi va taqiqlanishi tarafdori) qoʻlga kiritganligi eʼlon qilingandan soʻng 6ta janubiy shtatlar (Janubiy Karolina, Missisipi, Florida, Alabama, Jorjiya va Luiziana) tomonidan tashkil etilgan[3][4][5].

Yuqoridagi shtatlar va 2-mart kuni ular bilan birlashgan Texas AQSH tarkibidan chiqishini va 1787-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga muvofiq federal hukumatga berilgan barcha vakolatlarni qaytarib olishini eʼlon qilgan. Ushbu vakolatlarga oʻz hududlari tarkibida boʻlgan harbiy qal’alar, portlar va bojxona ustidan toʻliq nazorat, boj va soliqlarni undirish kirar edi.

Konfederativ shtatlar tashkil topganidan 1 oy oʻtib, 4-mart kuni, AQSHning 16-prezidenti Avraam Linkoln prezidentlik qasamyodini qabul qilgan. Oʻzining inauguratsiya nutqida u AQSH janubiy shtatlar hududiga bostirib kirmasligini, lekin federal vakolatlar ustidan nazoratni saqlab qolish uchun kuch ishlatishga tayyor ekanligini aytib oʻtgan.

1861-yil 12-aprel kuni general Pyer Gyustav Tutan de Boregar boshchiligidagi Janubiy Karolina shtati qoʻshinlari Charlston portidagi Fort-Samter federal istehkomini portlatishgan va istehkom garnizonini kapitulyatsiya qilishgan. Ushbu voqeadan soʻng AQSHda fuqarolar urushi boshlangan.

Samter istehkomining portlatilishidan soʻng Linkoln poytaxt va davlat himoyasi uchun, Samter va boshqa janubiy portlar ustidan nazoratni qayta tiklash uchun AQSH tarkibida qolgan shtatlarni harbiy kuch bilan yordamga kelishga chaqirgan. Linkolnning murojaatiga javoban yana 4ta janubiy shtat (Virjiniya, Arkanzas, Tennessi va Shimoliy Karolina) AQSH tarkibidan chiqishini va Konfederatsiyaga qoʻshilishini eʼlon qilgan.

Kentukki va Missuri shtatlari AQSH tarkibida „chegara shtatlari“ sifatida qolishgan. Maʼlum muddat ushbu shtatlarda 2ta hukumat mavjud boʻlgan. Biri AQSHni qoʻllab quvvatlasa, ikkinchi hukumat Konfederatsiya tomonda edi. Ushbu ikki shtatda Konfederatsiyani qoʻllovchi hukumatlar oʻz hududlarini Konfederatsiya tarkibida deb eʼlon qilishadi va bu AKSH tarkibida 13ta shtat boʻlganligini bildiradi. Hali shtat maqomiga ega boʻlmagan hududlardan Arizona va Nyu-Meksiko Konfederatsiya tarkibiga qoʻshilishni soʻrashgan. Shuningdek Konfederatsiya indeyslar hududidagi 5 qabilalar – cheroki, chokto, chikaso va seminollar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Hamma quldorlik shtatlari ham Konfederatsiya tarkibiga qoʻshilishmagan, Merilend va Delaver shtatlari buning misolidir.

  1. 1,0 1,1 Tikkanen, Amy „American Civil War“. Encyclopedia Britannica (2020-yil 17-iyun). — „...between the United States and 11 Southern states that seceded from the Union and formed the Confederate States of America.“. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  2. Hubbard, Charles. The Burden of Confederate Diplomacy. Knoxville: University of Tennessee Press, 2000 — 55-bet. ISBN 1-57233-092-9. OCLC 745911382. 
  3. „Preventing Diplomatic Recognition of the Confederacy, 1861–65“. U.S. Department of State. 2013-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Thomas, Emory M.. The Confederate Nation: 1861–1865. Harper Collins, 1979 — 256–257-bet. ISBN 978-0-06-206946-7. 
  5. McPherson, James M.. This mighty scourge: perspectives on the Civil War. Oxford University Press US, 2007 — 65-bet. ISBN 978-0198042761.