Kontent qismiga oʻtish

Amaliy evolutsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biologiya
Evolutsiya
Hayot daraxti
Hayot daraxti
Mexanizm va jarayonlari

Moslashish
Genetik dreyf
Gen koʻchishi
Mutatsiya
Tabiiy tanlanish
Turlanish

Tadqiqotlar va tarix

Dalillar
Tarixi
Zamonaviy sintez
Ijtimoiy taʼsiri

Evolutsion biologiya sohalari

Kladistika
Ekologik genetika
Evolutsion rivojlanish
Odam evolutsiyasi
Molekular evolutsiya
Filogenetika
Populatsion genetika

Amaliy evolutsiya – evolutsiya nazariyasining amalda ishlatilishiga aytiladi. Evolutsion biologiya, xususan organizmlarning qanday tanlanishini oʻrganish qator amaliy ishlarda tadbiq etiladi[1][2]. Zamonaviy biologiyada evolutsion yondashish ekologiya va hayot tarixini, uning oʻzgarishini tushunish uchun muhimdir.

Sunʼiy tanlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evolutsiyaning katta texnologik tadbigʻi sunʼiy tanlashdir. Odamlar minglab yillar davomidagi oʻsimlik va hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida sunʼiy tanlashni qoʻllab kelishgan[3]. Bugunda bunday tanlash genetik muhandislikning muhim qismiga aylanib, molekular biologiyada tayinli genlar, masalan antibiotiklarga chidamlilik genlari DNKni oʻzgartirishda ishladilmoqda. Boshqariladigan evolutsiya yordamida yangi enzim yoki antitelolar kabi kerakli oqsillar qator mutatsiya va tanlash orqali shakllantirilmoqda[4].

Antibiotiklarga chidamlilik patogen genomdagi har 108 xromosoma replikatsiyasidagi 1 mutatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin. Patogenga qarshi antibiotik taʼsiri tabiiy bosim kabi ishlaydi; faqat shu antibiotikka chidamli mutatsiyasi bor bakteriyalargina koʻpayadi. Ular bu xossani avlodlariga oʻtkazib, natijada antibiotikka chidamli butunboshli koloniya vujudga keladi.

Organizm evolutsiyasi davomida sodir boʻlgan oʻzgarishlarni tushunish tana qismlarini qurishda kerakli va genetik kasalliklarga masʼul genlarni topishda yordam qiladi[5]. Masalan, Meksika tetrasi turi baliqlar gʻorlardagi suv havzalarida yashab, doimiy qorongʻulikda kechgan evolutsiya tufayli koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan. Bu koʻr baliq turli populatsiyalarini chatishtirish natijasida koʻzi koʻradigan baliqlar ham tugʻildi, chunki turli gʻorlarda yashagan turli populatsiyalar turlicha evolutsiyalanib, mutatsiyalari bir xil emas edi; chatishtirish natijasida mutatsiyalar xilma-xilligi va ehtimolligi keskin oshib, koʻra oladigan baliqlar tugʻildi[6]. Bu tajriba koʻrish va pigmentatsiyaga masʼul kristallin va Mc1r genlarini aniqlashga yordam berdi[7].

  1. Bull JJ, Wichman HA (2001). "Applied evolution". Annu Rev Ecol Syst 32: 183–217. doi:10.1146/annurev.ecolsys.32.081501.114020. 
  2. Mindell, DP. The Evolving World: Evolution in Everyday Life. Cambridge, MA: Harvard University Press, 2007 — 341-bet. ISBN 978-0674025585. 
  3. Doebley JF, Gaut BS, Smith BD (2006). "The molecular genetics of crop domestication". Cell 127 (7): 1309–21. doi:10.1016/j.cell.2006.12.006. PMID 17190597. 
  4. Jäckel C, Kast P, Hilvert D (2008). "Protein design by directed evolution". Annu Rev Biophys 37: 153–73. doi:10.1146/annurev.biophys.37.032807.125832. PMID 18573077. 
  5. Maher B. (2009). "Evolution: Biology's next top model?". Nature 458 (7239): 695–8. doi:10.1038/458695a. PMID 19360058. 
  6. Borowsky R (2008). "Restoring sight in blind cavefish". Curr. Biol. 18 (1): R23–4. doi:10.1016/j.cub.2007.11.023. PMID 18177707. 
  7. Gross JB, Borowsky R, Tabin CJ (2009). "A novel role for Mc1r in the parallel evolution of depigmentation in independent populations of the cavefish Astyanax mexicanus". PLoS Genet. 5 (1): e1000326. doi:10.1371/journal.pgen.1000326. PMID 19119422. PMC 2603666. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2603666.