Evolutsiya dalillari
Biologiya |
Evolutsiya |
Mexanizm va jarayonlari |
Moslashish |
Tadqiqotlar va tarix |
Evolutsion biologiya sohalari |
Kladistika |
Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir.[~ 1] Bu isbotlar yordamida evolutsiya nazariyasi ilmiy hamjamiyatda tan olindi, evolutsiya sintetik nazariyasi esa turlanish jarayonlari haqidagi ilgʻor qarashlar tizimiga aylandi.[1][~ 2]
Evolutsiyaviy jarayonlar ham tabiiy, ham laboratoriya sharoitlarida kuzatiladi. Yangi turlar paydo boʻlgani maʼlum.[2] Shuningdek mutatsiya tufayli yangi xususiyatlar rivojlangani ham kuzatilgan.[3] Turlar ichida evolutsiya boʻlishi tajribaviy isbotlangan, turlanish jarayonlari esa tabiatda bevosita kuzatilgan.
Hayotning evolutsiyaviy tarixi haqida maʼlumot olish uchun paleontologlar organizmlarning qazilma qoldiqlarini tahlil qilishadi. Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi,[4] genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez)[5] oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi.[6] Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.
Kuzatiladigan evolutsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi populatsiyalarda kuzatiladigan oʻzgarishlar nafaqat evolutsiya mavjudligini, balki barcha turlarning umumiy ajdoddan kelib chiqishi uchun zarur boʻlgan qator mexanizmlar borligini ham isbotlaydi. Genomlar sirasiga intronlar koʻchishi, genlar duplikatsiyasi, rekombinatsiya, transpozitsiya, retrovirus kiritmalar (genlarning gorizontal koʻchishi), ayrim nukleotidlar almashinishi, yoʻqolishi va qoʻshilishi, shuningdek xromosoma qayta qurilishlari kiruvchi turli mutatsiyalarga duchor boʻlishi kuzatilgan. Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingover, xromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum.[7][8] Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlar[9][10] va funksional oʻzgarishlar[9][11] — turli adaptatsiyalar,[12], yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol)[13] va hokazo hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Carl Woese keltirgan gipotezaga binoan, birinchi hujayralar shakllanishi paytida asosiy rolni genlarning gorizontal koʻchishi oʻynagan. Bu holda soʻnggi universal umumiy ajdod yakka hujayra emas, balki oʻzaro erkin genetik material almashuvchi hujayralar guruhi boʻlishi mumkin.(The universal ancestor (Wayback Machine saytida 2008-06-05 sanasida arxivlangan), Carl Woese)
- ↑ Isbot deganda faqatgina matematikada ilojli boʻlgan matematik qatʼiy isbot emas, balki evolutsiya asoslarini ilmiy metodga mos ravishda toʻgʻri ekanligini koʻrsatuvchi dalillar nazarda tutiladi.
- ↑ Ikki guruh orasidagi oʻtish turlari doim ham bir guruh ajdodi va boshqa guruh avlodi boʻlavermaydi. Qazilma qoldiqlarga asoslanib bir organizm boshqasining ajdodi yoki emasligini aniqlash qiyin. Bundan tashqari, paleontologik qoldiqlarda qandaydir organizmning toʻgʻridan-toʻgʻri ajdodini topish ehtimoli juda kichik boʻlib, biologlar orasida bunday ehtimol eʼtiborga olinmaydi. Bunday ajdodning tuzilishiga koʻra oʻxshash yaqin qarindoshlarini topish ehtimoli kattaroq. Shuning uchun har qanday oʻtish formasi evolutsiya yon tarmogʻi, deb qaraladi.(Aleksandr Markov. „Ископаемые рыбы в очередной раз подтвердили правоту Дарвина“. Elementy.ru. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.)
- ↑ AAAS Council. „AAAS Resolution: Present Scientific Status of the Theory of Evolution“ (en) (26 декабря 1922). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
„IAP Statement on the Teaching of Evolution“ (en) (PDF). IAP (2006). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 апреля 2007. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
„Постановление Общего собрания Российской академии наук «О заявлении IAP о преподавании эволюции»“. Rossiya Fanlar Akademiyasi (26 мая 2009). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 декабря 2009.
„Statement on the Teaching of Evolution“ (en) (PDF) (16 февраля 2006). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
„Statements from Scientific and Scholarly Organizations“ (en). National Center for Science Education. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. - ↑ „Observed Instances of Speciation“ (en). TalkOrigins.org arxivi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Биологам удалось увидеть процесс эволюции в действии“. Lenta.ru (11 июня 2008). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 декабря 2009.
- ↑ „Морфологические доказательства“. Доказательства эволюции. Rossiya Davlat Darwin Muzeyi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Эмбриологические доказательства“. Доказательства эволюции. Rossiya Davlat Darwin Muzeyi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Биогеографические доказательства“. Доказательства эволюции. Rossiya Davlat Darwin Muzeyi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ Futuyma 1998, s. 267—271, 283—294 (ingl.)
- ↑ „Genetic change“ (en). Архив TalkOrigins.org. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-oktyabr.
- ↑ 9,0 9,1 Natural Selection in the Wild (ingl.)
- ↑ „Morphological change“ (en). TalkOrigins.org. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-oktyabr.
The genetics of pigmentation: from fancy genes to complex traits, Trends in Genetics] DOI:10.1016/0168-9525(96)10031-7
Houde, A. E. (1988) «Genetic differences in female choice between two guppy populations.» Animal Behavior 36: 510—516. (ingl.)
Morton, E. S. (1990) «Habitat segregation by sex in the hooded warbler: Experiments on proximate causation and discussion of its evolution.» American Naturalist 135: 319—333. (ingl.)
Johnston, R. F., and Selander, R. K. (1973) «Evolution in the house sparrow. III. Variation in size and sexual dimorphism in Europe and North and South America.» American Naturalist 107: 373—390. (ingl.)
Futuyma 1998, s. 247—262 (ingl.) - ↑ „Functional change“ (en). TalkOrigins.org. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-oktyabr.
- ↑ Luria, S., and Delbruck, M. (1943) «Mutations of bacteria from virus sensitivity to virus resistance.» Genetics 28: 491—511. (ingl.)
Lederberg, J., and Lederberg, E. M. (1952) «Replica plating and indirect selection of bacterial mutants.» Journal of Bacteriology 63: 399—406. (ingl.)
Evolutionary adaptation to temperature. I. Fitness responses of Escherichia coli to changes in its thermal environment (Wayback Machine saytida 2006-09-05 sanasida arxivlangan)
Cyclodiene insecticide resistance: from molecular to population genetics DOI:10.1146/annurev.ento.45.1.449
Coadaptation and immunodeficiency virus: lessons from the Felidae
The evolution of disease resistance genes|издание=Plant Molecular Biology DOI:10.1023/A:1006388223475
Andren, C., M. Marden, et al. (1989) «Tolerance to low pH in a population of moor frogs, Rana arvalis from an acid and a neutral environment: a possible test case of rapid evolutionary response to acidification.» Oikos 56: 215—223. (ingl.)
Bishop, J. A. (1981) «A neo-Darwinian approach to resistance: Examples from mammals.» In Genetic Consequences of Man Made Change. J. A. Bishop and L. M. Cook. London, Academic Press. (ingl.) - ↑ Evolutionary adaptation of plasmid-encoded enzymes for degrading nylon oligomers DOI:10.1038/306203a0
Molecular analysis of pentachlorophenol degradation
Isolation of a novel pentachlorophenol-degrading bacterium, Pseudomonas sp. Bu34
A new nylon oligomer degradation gene (nylC) on plasmid pOAD2 from a Flavobacterium sp
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Charles Darwin, Turlarning kelib chiqishi
- Происхождение человека и половой отбор (rus.)
- Эволюционный процесс (rus.)
- The Theory of Evolution (ingl.)
- Douglas J. Futuyma, Evolutionary Biology, Sunderland, Massachusetts. ISBN 0-87893-189-9
- Эволюция жизни (Wayback Machine saytida 2009-05-17 sanasida arxivlangan) (rus.)
- Jerry Coyne, Why Evolution is True, ISBN 0670020532
- Richard Dawkins, The Greatest Show On Earth ISBN 0-593-06173-X
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zoologiya 7 - 60-§.Hayvonot dunyosi evolutsiyasining dalillari[sayt ishlamaydi]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |