Almati (viloyat)
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Taldiqoʻrgʻan | |
Asos solingan sanasi | 10-mart 1932-yil | |
Akim | Musaxanov Ansar Tursinkanovich[1] | |
Aholi (2013) |
1,966,786[2] (10,8 % , (2-oʻrin) | |
Zichligi | 8,7 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar – 64,7 % ruslar – 17,5 %[3] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 223 911 km² (8,2 %, 5-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi |
+7 727 xx x-xx-xx Almati hududi +7 728 xx x-xx-xx Taldiqoʻrgʻan hududi | |
Pochta indeksi | 04 xxxx[4] | |
Avtomobil raqami kodi | V,B,05 | |
Rasmiy sayti | http://zhetysu-gov.kz | |
Xaritada | ||
45°0′0″N 78°0′0″E / 45.00000°N 78.00000°E |
Almati viloyati — Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Maydoni 224,0 ming km2. Viloyat tarkibida 16 tuman va 3-ta viloyatga qarashli shahar (Qapchagʻay, Taldiqoʻrgʻan, Tekeli) bor. Aholisi 1,946,627 kishi (2013). Markazi — Almati shahri. Almati viloyatining gʻarbida Jambul, shimolida Balxash koʻli orqali Qaragʻandi, shimoliy-sharqida Sharqiy Qozogʻiston viloyatilari bilan, sharq tarafida Xitoy bilan, janubida Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. 11 maʼmuriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi — Taldiqoʻrgʻan shahri. Muhim avtomobil yoʻllari: Almati — Qaskelen — Bishkek, Almati — Talgʻar — Chilik — Norinkoʻl, Olmaota — Ili — Taldiqoʻrgʻan. Balxash koʻli va Ili daryosida kema qatnaydi. 16 oliy oʻquv yurti, teatrlar, muzeylar bor. Olmaota yonida turistik bazalar, togʻ kurortlari, „Medeo“ sport majmui joylashgan[5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Almati viloyatining eri qadimdan Sak, Uysin, Qangli qabilalarining, Ulu juz qozoqlarining ota makoni boʻldi. 19-asrning oʻrtalarida Jetisuvni Chor Rossiyasi oʻz tarkibiga qoʻshib oldilar. 1848-yili 10-yanvarda mustamlaka qilish tuzulishi — Katta Oʻrda pristavligi tashkil topdi. U 1856-yili Olatov okrugi deb ataldi. 1867-yili Turkiston general-gubernatorligi tashkil topganda hozirgi Almati viloyatining ancha qismi Verniy vezi atalib, Jetisuv viloyatining tarkibiga kirdi. Shu bilan birga markazi Verniy (Almati) qamali boʻlib belgilangan yangi viloyatga Jarkent, Qapal, Sergiopol, Toʻqmaq, Istiqkoʻl vezderi kirdi. 1882 — 97-yillari Jetisuv viloyati Dala general-gubernatorligiga qaradi. 1897-yildan boshlab u Turkiston general-gubernatorligining, 1918 — 24-yillari Turkiston AKSRning tarkibida boʻlib keldi. 1924-yili Markaziy Osiyoda olib borgan milliy-territoriyalik chegara boʻlish natijasida Jetisuv viloyatining qozoq qishloqlari Qozoq AKSRning tarkibiga kirdi. 1929 — 32-yillari Almati okrugi deb nomlandi. 1932-yilning 10-martida Almati viloyati boʻlib qaytadan tashkil topdi. 1944-yili 16-martda Almati viloyatidan Taldiqoʻrgʻan viloyati ajralib chiqdi. Taldiqoʻrgʻan viloyati 1959 — 67-yillari Almati viloyatining tarkibida boʻlib, 1967-yili 23-dekabrda qayta boʻlindi. 1997-yili 22-aprelda Taldiqoʻrgʻan viloyati tarqatilib, uning tumanlari Almati viloyatiga qoʻshildi.
Viloyatni boshqarganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIO | Boshqargan yillari |
---|---|
Ashimov Bayken Ashimovich | 1968-1970 |
Sadvaqasov Bimende Sadvaqasovich | 1970-1972 |
Alibayev Aripbay Alibaevich | 1972-1978 |
QUSAIINOV Sakan Qusainovich | 1978-1982 |
Tinibayev Abubakir Alievich | 1982-1987 |
Anufriyev Vladislav Grigorevich | 1987-1989 |
Jigulin Anatoliy Sergeyevich | 1989-1990 |
Tursunov Sagʻinbek Toʻqabayevich | 1990-1993 |
Aximbetov Serik Aximbekovich | 1993-1996 |
Oʻzbekov Oʻmirbek Oʻzbekovich | 1996-1997 |
Qulmaxanov Shalbay Qulmaxanovich | 2001-2005 |
Umbetov Serik Abikenovich | 2005-2011 |
Musaxanov Ansar Tursinxanovich | 2011-2014 |
Batalov Amandiq | 2014-hozirgi kunda |
Iqtisodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat iqtisodiyotida rivojlangan qishloq xoʻjaligi va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoklari bor. Metallsozlik va murakkab mashinasozlik, yengil (toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal va boshqalar), yogʻochsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmoqlari rivojlangan. Viloyat energetikasi daryo gidroenergiya resurslariga (Qopchigʻay GES, Olmaota GESlar kaskadi) va Qaragʻandi havzasi koʻmiriga asoslanadi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Almatida joylashgan. Talgʻar shahrida kigiz bosish va tikuvchilik fabrikalari, spirt zavodi, Burunday shaharchasida shakar-qand va gʻisht zavodlari, Qopchigʻay shahrida temir-beton konstruksiyalar zavodi bor.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Almati viloyatida qisman sugʻorib va qisman sugʻormasdan dehqonchilik qilinadi. Sugʻoriladigan yerning 80 % ga yaqiniga ekin ekiladi. Bugʻdoy, arpa, suli, tariq, makkajoʻxori, sholi, har xil dukkaklilar va yem-xashak ekinlari (asosan, beda), sabzavot, texnika ekinlari ekiladi. Qand lavlagi, tamaki, meva, uzum yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy va echki, ot, parranda boqiladi. Togʻ etaklarida, Olmaota atrofida qishloq xoʻjaligi shahar aholisini mahsulotlar bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyat shimolida yaylov chorvachiligi (goʻsht-moy va goʻsht-jun, qoʻychilik, tuyachilik), togʻlarning janubiy qismida yilqichilik, goʻsht va goʻsht-jun (arharmerinos qoʻylari boqish) chorvachiligi rivojlangan. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq ovlanadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat koʻp millatli hisoblanadi. Viloyatda 2012-yilgi maʼlumotga qaraganda 2 021 362 kishini tashkil qilibdi. Viloyatning milliy tarkibi quyidagi jadvalda:
Aholi soni 1989-yil[6] |
%[6] | Aholi soni 1999-yil |
% | Aholi soni 2010-yil |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 1642917 | 100,00 % | 1558534 | 100,00 % | 1692951 | 100,00 % |
Qozoqlar | 741737 | 45,15 % | 926137 | 59,42 % | 1094934 | 64,68 % |
Ruslar | 518315 | 31,55 % | 339984 | 21,81 % | 293445 | 17,33 % |
Uygʻurlar | 128057 | 7,79 % | 140725 | 9,03 % | 155158 | 9,16 % |
Turklar | 18352 | 1,12 % | 28187 | 1,81 % | 32221 | 1,90 % |
Ozarbayjonlar | 18922 | 1,15 % | 16073 | 1,03 % | 19237 | 1,14 % |
Koreyslar | 18483 | 1,13 % | 17488 | 1,12 % | 16331 | 0,96 % |
Kurdlar | 8966 | 0,55 % | 13264 | 0,85 % | 15348 | 0,91 % |
Tatarlar | 19551 | 1,19 % | 15647 | 1,00 % | 14620 | 0,86 % |
Olmonlar | 94123 | 5,73 % | 18927 | 1,21 % | 12835 | 0,76 % |
Ukrainlar | 29971 | 1,82 % | 13512 | 0,87 % | 8942 | 0,53 % |
Chechenlar | 9304 | 0,57 % | 6091 | 0,39 % | 6352 | 0,38 % |
Oʻzbeklar | 736 | 0,04 % | 2650 | 0,17 % | 3441 | 0,20 % |
Qirgʻizlar | 1536 | 0,09 % | 1231 | 0,08 % | 2409 | 0,14 % |
Yunonlar | 5016 | 0,31 % | 2052 | 0,13 % | 1767 | 0,10 % |
Dunganlar | 570 | 0,03 % | 1542 | 0,10 % | 1765 | 0,10 % |
Polyaklar | 2909 | 0,18 % | 2106 | 0,14 % | 1632 | 0,10 % |
Beloruslar | 4721 | 0,29 % | 2053 | 0,13 % | 1443 | 0,09 % |
Mesxetin turklari | … | … | 1261 | 0,08 % | … | … |
boshqalar | 40000 | 2,43 % | 37791 | 2,42 % | 11071 | 0,65 % |
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Almati viloyati shimoliy qismining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq (yanvarning oʻrtacha harorati — 9 dan −10 °C gacha), yozi issiq (iyulning oʻrtacha harorati 24 °C). Yillik yogʻin 100 mm dan (choʻdda) 1000 mm gacha (togʻlarda). Vegetatsiya davri 205-225 kun. Viloyatning shimoliy va shimoli-gʻarbida oqar suvlar deyarli yoʻq. Birgina Ili daryosi oqadi. Janubiy togʻ oldi qismlarida oqar suvlar koʻproq. Koʻpchilik daryolar togʻlardan boshlanib Ili daryosigacha yetib bormay, qumlarda tugaydi yoki sugʻorrplga sarf boʻladi. Togʻlarda chuchuk suvli kichik koʻl va mineral buloqlar koʻp. Almati viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida gilli qoʻngʻir tuproq, boʻz tuproq va shoʻrxoklar, Ili daryosi vodiysida qamish, saksovul oʻsadi, toʻqaylar uchraydi. Togʻlarda 600 m dan yuqorida shuvoqchalov betaga dashtlari; 800-1700 m balandlikda oʻtloq, 1500-1700 m da subalp oʻtloqlari mintaqasi boʻlib, igna bargli daraxtlar ham aralash oʻsadi. 2800 m dan yuqori qismi alp oʻtloqlari va butazorlardan iborat. Choʻllarda qum sichqoni, to-vushqon, jayran, yeliq, boʻri, tulki, boʻrsiq, Ili daryosi deltasida qobon, ondatra bor. Ilon, toshbaqa, kaltakesak, falanga, qoraqurt, togʻlarda bars, silovsin uchraydi. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq koʻp. Orqa Ili Olatovi yon bagʻrida Olmaota qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatda 16-ta tumanlar mavjud:
- Alakoʻl tumani — Usharal shahri
- Balxash tumani — Baqanas qishlogʻi
- Qaratal tumani — Uchtepa shahri
- Oqsuv tumani — Jansugurov qishlogʻi
- Sarqand tumani — Sarqand shahri
- Koʻksuv tumani — Balpiqbiy qishlogʻi
- Yeskeldi tumani — Qorabuloq qishlogʻi
- Kerbuloq tumani — Sarioʻzak qishlogʻi
- Panfilov tumani — Jarkent shahri
- Jambul tumani — Uzunagʻash qishlogʻi
- Ile tumani — Oʻtegen-Botir qishlogʻi
- Qarasay tumani — Qaskelen shahri
- Talgʻar tumani — Talgʻar shahri
- Yenbekshiqazaq tumani — Yesik shahri
- Uygʻur tumani — Chunja qishlogʻi
- Rayimbek tumani — Kegen qishlogʻi
Viloyatda 3 ta viloyat ahamitatiga ega shahar bor:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Акимом Алматинской области назначен Анзар Мусаханов (Wayback Machine saytida 2011-09-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-03-01
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-29
- ↑ Почтовые индексы Казахстана, 2021-08-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-25
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 6,0 6,1 6,2 V sovremennix granitsax Almatinskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Taldi-Kurganskuyu oblast i isklyuchaya gorod Alma-Ata
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-29
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Almati (viloyat) haqida turkum mavjud |
- Ofitsialniy sayt Akima Almatinskoy oblasti
- Pasport oblasti 2007 (Wayback Machine saytida 2021-04-15 sanasida arxivlangan)
- Karta oblasti (Wayback Machine saytida 2006-06-29 sanasida arxivlangan)
- Karta oblasti na Rubrikon (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)
- Mesta otdixa i turizma Almatinskoy oblasti (Wayback Machine saytida 2019-05-03 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |