Kontent qismiga oʻtish

Ili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ili
Tavsif
Uzunligi 1 439
Suv sarfi 480 m³/s
Joylashuvi
Davlat Xitoy va Qozogʻiston
Ili

IliXitoy va Qozogʻistondagi daryo. Sharqiy Tyanshandan Tekes va Kunges daryolari nomi bilan boshlanib, Sinszyanda (Xitoy) birga qoʻshiladi va Balxash koʻliga quyiladi. Uzunligi (Tekes bilan birga) 1439 km, Kunges va Tekesning qoʻshilgan yeridan hisoblansa 1001 km. Havzasining mayd. 140 ming km². Oʻngdan yirik Qosh irmogʻi qoʻshilgandan keyin I. kengayadi va sersuvroq boʻlib oqadi. Quyilish joyida uzun va tor delta hosil qilgan. Qor va muzliklardan suv oladi. dekabr da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv capfi quyilish joyida 329 m³/sek. Qapchigʻay GES va suv ombori qurilgan. I. katta irrigatsiya ahamiyatiga ega. Asosiy irmoqlari: Qosh (Xitoyda), Xoʻrgoʻs (oʻngdan), Chilik, Charin, Talgʻar, Qaskelen, Kruti (chapdan). Gʻulja sh. dan Qozogʻistonning Baqanas pri-stanigacha kema qatnaydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil