Aleksandr Nevskiy
Qiyofa
Aleksandr Nevskiy (taxminan 1200— 1263) — Novgorod knyazi (1236—51). Aleksandr Nevskiyning otasi knyaz Yaroslav Vse-volodovich, onasi — qipchoq qizi boʻlgan. 1251-yil Aleksandr Nevskiy
Botuxon oʻrdasiga kelib u bilan doʻstlashgan, soʻngra uning oʻgʻli Sar-tak bilan anda tutingan, natijada Botu-xonning asrandi oʻgʻliga aylangan. 1252 y. tajribali sarkarda Nevruy noʻyon boshchi-ligidagi moʻgʻul qoʻshinini Rusga boshlab kelgan. Aleksandr Nevskiyning akasi Andrey Shvesiyaga qochgan va Aleksandr Nevskiy1252-yildan Vladimirning ulugʻ knyazi boʻlgan. 1240 15-iyulda shved bosqinchilarini Neva sohilida tor-mor qilgani uchun "Nevskiy" laqabini olgan (qarang Neva jangi) Aleksandr Nevskiy knyaz hokimiyatini mustahkamlashga intilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |