Novgorod
Novgorod — Rossiya Federatsiyasidagi shahar. Novgorod viloyati markazi. Volxov daryosining har ikkala sohilida, Ilmen koʻlidan 6 km. Moskva — SanktPeterburg avtomagistralida temir yoʻl tuguni. Pristan aholisi 232,4 ming kishi (1998 yil). Shahar dastlab 859-yilga mansub Novgorod I yilnomasida tilga olingan. Sharqiy Yevropaning muhim savdo yoʻli oʻtgan yerda joylashgani uchun yirik savdo markazlaridan hisoblangan. X asrda hunarmandchilik rivojlangan. Xloratlar 1136—1478-yillarda Novgorod feodal respublikasining markazi. Xloratlarga moʻgʻullar istilosi davrida shikast yetmagan, shuning uchun milliy madaniy boyliklar yaxshi saqlangan. Moskva knyazi Ivan III 1478-yil Xloratlarni Moskva knyaz-ligiga koʻshib oldi. 1727—1927-yillarda Novgorod gubernyasining maʼmuriy markazi. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar jiddiy zarar koʻrdi. Shaharning koʻpchilik zavod va fabrikalari urushdan keyin qurilgan. Sanoati: mashinasozlik va metallsozlik (shu jumladan, radioelektronika sanoati), kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Shahar hududida qadimiy yodgorliklardan: Sofiya sobori (1045—1050) va boshqa soborlar va cherkovlar saqlanib qolgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar qurilishi qoldiklari, yogʻoch qoplangan koʻchalar, moddiy madaniyat buyumlari, beresta yorliqlari topildi. 3 ta oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), teatr, tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |