Kontent qismiga oʻtish

Agrippina Shin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agrepina Vasilyevna Shin
Агриппи́на Васи́льевна Шин
 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri
 
Mansab davri
2018-yil 20-fevraldan 2022-yil 30-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-dekabr 1958-yil (1958-12-29) (65 yosh)
Sirdaryo
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeniDiplomatik xizmatlari uchun ordeni

Agrepina Vasilyevna Shin (1958-yil 29-dekabr, Sirdaryo viloyati) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2017-yil 19-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri. 2022-yil 30-dekabr Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Maʼmuriy islohotlar toʻgʻrisidagi farmonni bilan Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi [1]

1980-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tamomlagan. 1980-1986 — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi, 1987—1993-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, 1993—2001-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2001—2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori vazifalarida ishlagan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2015-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi[1][2].

2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari[3].

Matbuot eʼtibori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agrippina Shinning 2022-yil 19-avgust kuni OAV xodimining „Maktabgacha taʼlim vaziri Agreppina Shin ayollar eng kam maosh oladigan tarmoq vaziri sifatida Oʻzbekistondagi gender tengligiga qanday baho beradi?“ savolini eʼtiborsiz qoldirishi internetda keng muhokamalarga sabab boʻldi[4].

Agrippina Shin 2020-yilda Janubiy Koreyaning „Diplomatik xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[5].

  1. arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  3. „Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан:“.
  4. „Omma oldida jurnalistdan qochayotgan vazir - Agreppina Shin“ (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  5. „Agrippina Shin Janubiy Koreyaning «Diplomatik xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi“ (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.