Abusaid (Temuriy)
Sulton Abusaid Mirzo | |
---|---|
Mirzo, Sulton, Shoh | |
Abu Said Mirzo, boburiylar davri miniatyurasi | |
Temuriylar imperiyasining Movarounnahr hukmdori | |
Saltanat | 1451—1469 |
Temuriylar imperiyasining sultoni | |
Saltanat | 1458—1469 |
Oʻtmishdoshi | Abdullo Mirzo |
Davomchisi | Sulton Ahmad Mirzo |
Tugʻilishi |
Mirzo Abu Said ibn Sulton Muhammad ibn Mironshoh Mirzo ibn Amir Temur 1424-yil Hirot shahri, Xuroson, Temuriylar imperiyasi. |
Vafoti |
1469-yil, 8-fevral Gʻarbiy Eron, Oq qoʻyunlilar davlati |
Dafn etilgan joy | |
Uy | Temuriylar |
Otasi | Sulton Muhammad |
Dini | Islom, sunniy |
Abusaid – Temuriylar sulolasidan hukmdor (1424 – 1469), Mironshohning nabirasi.
Hokimiyat tepasiga kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abusaid temuriylarning oʻzaro urushlarida qatnashgan. Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abusaidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xon-zoda Abusaidga turmushga chiqdi. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasida dafn etilgan[1].
Samarqandning bosib olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzaro keskin kurashlarda Abusaid ham boshqa temuriylar kabi Abulxayrxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklar yordamiga murojaat qilgan. Koʻchmanchilarning qudratli hukmdori Abulxayrxon 1451-yilning yozida Samarqandga qarshi yurishga shaxsan boshchilik qilgan. 1451-yil 10-iyunda hozirgi Bulungʻur dashtidagi Qutvon hududi yaqinida Abusaid bilan Abdulloh ibn Ibrohim Sulton oʻrtasida jang boʻladi. Abdulloh ibn Ibrohim butunlay magʻlubiyatga uchraydi va Abu Saidning buyrugʻi bilan oʻldiriladi. Qoʻshin Samarqandga yaqinlashgach, Abusaid boy shaharni vayron qilganiga afsuslanib, Abulxayrxonga qaytishga ruxsat beradi. Shundan soʻng shaharga kirib boradi[2]. Abulxayrxon bu yurishdan boy oʻljalar bilan qaytadi. Abu Said unga Ulugʻbekning qizi Robiya Sultonbegimni nikohlab bergan[3]
Hirotning bosib olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1457-yil 21-yanvarda Abulqosim Bobur vafot etgach, oʻzaro nizolar kuchayadi. Mozandaronda hibsga olingan Alauddavlaning oʻgʻli Ibrohim Mirzo qochib[4], 1457-yil sentabrda Hirotni egallab oladi. Unga Abusaid qarshi chiqadi. Abusaidni Balx hukmdori Shayx Hoji qoʻllab-quvvatlaydi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi Bahrizga panoh topgan Ibrohimni magʻlub etib, Abu Said gʻolib va qonuniy hukmdor sifatida 1457-yil 2-oktabrda Hirotga kirib kelgan.
Biroq tez orada Abdulatifning oʻgʻillari Muhammad Joʻqiy va Mirzo Ahmad Balxda isyon koʻtaradilar[5]. Abusaid Hirotdan ularga qarshi yoʻlga chiqib, isyonchilarni magʻlub etadi va Balxni egallaydi. Abusaid ham Xurosonga, ham Movarounnahrga yurish qilish uchun shu shaharda qolgan. Bahrizda sulton Ibrohim bundan foydalanib, Hirotni egallab olgan. Bu vaqtda Dashti Qipchoqqa qochib ketgan Ibrohim Mirzo yana kurashga chiqib, 1458-yil 23-aprelda Hirotda taxtga oʻtiradi. Biroq, dekabr oyining oʻrtalarida u Jahonshoh qoʻmondonligi ostida Qoraqoʻyunlu turkmanlarining hujumi ostida yana qochib ketadi.
Abusaidning turkmanlarga qarshi kurashi muvaffaqiyatli kechib, 1458-yil 16-dekabrda nihoyat Hirotni egallaydi[6][7]. Keyinchalik Abu Said birlashgan Alauddavla va uning oʻgʻli Ibrohim, shuningdek, ularning ittifoqchisi, Marv hukmdori Sulton Sanjarni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik Abu Said Astrobod va Mozandaron ustidan ham oʻz hokimiyatini oʻrnatgan.
Xotinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xonzoda begim
- Robiyai Sulton
- Oʻga begim
- Qutlugʻsulton xonim
- Maliksulton begim
- Shohsulton begim
- Shahzoda begim
- Xonzoda begim
- Soliha Sulton ogʻo
- Jamolbeka ogʻo Barlos va yana 25 ta zavjasi boʻlib ulardan jami 59 ta farzand koʻrgan
- Oʻgʻillari
- Sulton Muhammad (1452—1467)
- Sulton Ahmad (1451—1494; hukmronlik yillari: 1469—1494)
- Sulton Mahmud (1453—1495; hukmronlik yillari: (1494—1495)
- Muhammad Jahongir
- Shoh Muhammad
- Muhammad Jahongir
- Sulton Jahongir
- Sulton Halil
- Sulton Ibrohim
- Umar
- Shohruh (1459—1494)
- Boysungʻur (1456—?)
- Sulton Sanjar
- Abdullo
- Sulton Murod
- Sulton Muhammad
- Iskandar
- Shoh Mansur
- Mironshoh
- Rustam
- Sulton Usmon
- Sulton Valad
- Muzaffar
- Umarshayx (1456-1494; Zahiriddin Muhammad Boburning otasi)
- Ulugbek (1460—1501)[8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir //Arkheologiya, istoriya i kul’tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, s.68
- ↑ Barthold, Vasilii Vladimirovitch. Four Studies on the History of Central Asia. Brill Archive, 1963 — 161-bet.
- ↑ Barthold (1963, s. 168)
- ↑ Jackson, Peter; Lockhart, Lawrence. The Cambridge History of Iran. Cambridge University Press, 1986 — 113-bet. ISBN 978-0-521-20094-3.
- ↑ Jackson & Lockhart (1986, s. 115)
- ↑ Jackson & Lockhart (1986, s. 114)
- ↑ Asimov, Muchammed Sajfiddinoviĉ; Bosworth, Clifford Edmund. History of Civilizations of Central Asia. UNESCO Publishing, 1998 — 350-bet. ISBN 978-92-3-103467-1.
- ↑ "Abusaid (Temuriy)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil