Oq qoʻyunlilar davlati
Qiyofa
Oq qoʻyunlilar davlati — 15-asr boshida barpo etilgan davlat. Uzun Hasan davrida (1453—78) Oq qoʻyunli oʻzlarining asosiy dushmanlari — Qora qoʻyunlilar davlatini tor-mor etganlar (1468). Armaniston, Ozarbayjon, arab Iroqi va Gʻarbiy Eronni egallab, Tabriz shahrini poytaxt qilishgan. Uzun Hasan Usmonli turk saltanati bilan muvaffaqiyatsiz urushlar olib borgan. Shuningdek, Gruziya bilan ham urushgan (1477). 1489—97 yillarda soliq islohoti oʻtkazishga harakat qilingan, lekin u mulkdorlarning qarshiligiga uchragani sababli natijasiz tugagan. 16-asr boshida Oq qoʻyunli davlati Ismoil /Safaviy boshchiligidagi kizilboshlilar tomonidan tor-mor etilgan.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |