Alouddavla
Alouddavla Mirzo | |
---|---|
Tugʻilishi |
1417-yil iyun/iyul Hirot, Temuriylar imperiyasi (hozirgi Afgʻoniston) |
Vafoti |
1460 (yoshi 42–43) Rustamdor, Temuriylar imperiyasi (hozirgi Eron) |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi |
Zaynab Orlot Murod Sulton ogʻo |
Uy | Temuriylar xonadoni |
Otasi | Boysunqur Mirzo |
Onasi | Jon Malik ogʻo |
Dini | Islom |
Rukniddin Alouddavla Mirzo yoki Alouddavla Mirzo (1417-yil 16-iyun – 1461-yil 6-dekabr) – temuriy shahzoda va Shohrux Mirzoning nabirasi, Xuroson hukmdori. Alouddavla bobosi vafotidan keyin boshlangan taxt vorisligi kurashiga aralashdi. Dastlab u strategik ustunlikka ega boʻlgan boʻlsa-da, oxir-oqibat uni yanada muvaffaqiyatli raqiblari dogʻda qoldirdi. Alouddavla taxtga ega boʻlishga boʻlgan koʻplab muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng surgunda vafot etdi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alouddavla Mirzo 1417-yil 16-iyunda Hirotda Boysungʻur oilasida tugʻildi. Otasi temuriy sulton Shohruxning oʻgʻli edi. Onasi, Jon Malik ogʻo, temuriylar sarkardasi Amir Choʻlpon Qavchinning qizi edi. Jon Malik ogʻo avval Boysunqurning amakivachchasi Iskandar mirzoga nikohlangan edi[1][2][3]. Ukalaridan farqli oʻlaroq Alouddavla saroyda amakivachchasi Mirzo Abdullatif bilan birga buvisi Gavharshod begim tarbiyasida boʻlgan. Malika va Shohrux Mirzo oʻzining ikkita katta oʻgʻlining toʻngʻich oʻgʻillarini boʻlajak taxt vorislari sifatida tarbiyalagan[1]. Gavharshod begim uni boshqa nabiralaridan koʻra koʻproq yaxshi koʻrgan[2].
1433-yilda Boysungʻurning bevaqt vafoti ortidan oʻn olti yoshli Alouddavla amiri devon unvonini, saltanatning oʻzbek qabilalariga qarshi mudofaasida strategik ahamiyatga ega boʻlgan Mozandaron hokimligini meros qilib oladi[4][2]. Biroq shahzodaning eʼtiborida koʻproq rasmiy lavozimidan koʻra saroy ishlari boʻlgan[5]. Keyingi yili u bobosining Qora qoʻyunlilarga qarshi Ozarbayjondagi uchinchi yurishida ishtirok etadi[2]. 1444-yilda Shohrux Mirzo kasallikka chalinganda, erining oʻlimini kutgan holda Gavharshod Begim qudratli amir Feruzshohni Alouddavlaning taxtga oʻtirishini qoʻllab-quvvatlashga undab, boshqa shahzodalarning gʻazabini qoʻzgʻatadi. Shohrux sogʻaygach va hodisadan xabar topgach, Feruzshohga tanveh beradi va u sharmandalikka chidolmay, keyinchalik kasallanib vafot etadi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
- ↑ 1,0 1,1 Manz, Beatrice Forbes. Power, Politics and Religion in Timurid Iran. Cambridge University Press, 2007 — 246-bet. ISBN 978-1-139-46284-6.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Woods, J. „ʿALĀʾ-AL-DAWLA, ROKN-AL-DĪN MĪRZĀ“. Encyclopaedia Iranica. Encyclopaedia Iranica Foundation (1984-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
- ↑ Woods, John E.. The Timurid dynasty. Indiana University, Research Institute for Inner Asian Studies, 1990 — 46-bet.
- ↑ Manz (2007, ss. 46, 252)
- ↑ Manz (2007, s. 257)
- ↑ Manz (2007, s. 48)