Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)
Abulxayrxon | |
---|---|
Asl ismi | ڊ۔۔۔ٯ الـخـڍـر خـات |
Tavalludi | 1412-yil |
Vafoti | 1468-yil |
Kasbi | Xon |
Bolalari | Shayx Haydar |
Otasi | Davlatshayx o'g'lon |
Abulxayrxon (1412—1468-yil) — tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni boʻlgan.
1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo boʻyidagi bir qancha shahar va qal’alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa koʻchirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda koʻchmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar.
1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qoʻshilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga oʻtqazdi. Koʻchmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham koʻmaklashdilar (1460-62).
Abulxayrxon davlati tarixini tarixchi Masud bin Osmani Kuhistoniy tasvirlab bergan. Tasavvufning taniqli vakili Najmiddin Kubro asos solgan tariqatning vakili Husayn Xorazmiyning Abulxayrxonga bagʻishlab turkiy tilda asar yozgan.[1]
Abulxayrxon oilasi aʼzolari adabiyotga ixlosmand edilar. Abulxayrxon taniqli shoir, tasavvufchi, tasavvuf tarafdori Jaloliddin Rumiy asarlarini tarjima qilishni buyurdi.[2]
Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni magʻlub qildilar va Koʻchmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qoʻlga oldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek sovet ensiklopediyasi, 1-jild. Toshkent, 1971-yil
- OʻzME, 1-jild. Toshkent, 2000-yil
Shayboniylar sulolasi | ||||||||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |