Kontent qismiga oʻtish

2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butunjahon Savdo Markazi

2001-yil 11-sentyabr hurujlari – Xalq orasida 9/11 nomini olgan huruj boʻlib, 2001-yili Al-Qoida Amerika qoʻshma shtatlariga uyushtirgan hujumi hisoblanadi. 11-sentyabr kuni 19 nafar terrorchi yoʻlovchi samolyotlarini qoʻlga olgan, birinchi ikkita samolyot Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi binosining ikkita burchagiga kelib urilgan. Qolgan samolyotlar Washingtn tomon harakatni davom ettirgan. Uchinchi guruh AQSh Mudofaa vazirligi qarorgohi boʻlgan Pentagon Virjiniyaning Arlington okrugiga hujum qilgan, toʻrtinchi samolyot bortdagi toʻz-toʻpolon sababli boshqaruvni yoʻqotib Pensilvaniyadagi qishloqlardan biriga qulagan. 11-sentyabrdagi hujumlar oqibatida 2 ming 977 kishini oʻldirgan va bu tarixdagi eng halokatli terror hujumi sifatida tarixga kirgan. Qoʻshma Shtatlar hujumlarga javoban, Afgʻoniston, Iroq, Suriya va boshqa bir necha mamlakatlarda terroristik tashkilot deb hisoblangan dushman guruhlarini hamda ularni qoʻllab-quvvatlayotgan xorijiy hukumatlarni yoʻq qilish uchun terrorizmga qarshi global urush olib eʼlon qilgan.

Al-Qoida tashkiloti sardori Muhammad Atta tongi soat 8:46 atrofida American Airlines samolyotini 11-reys bilan Manheptondagi butunjahon savdo kompleksiga yoʻnaltirgan. 17 daqiqadan soʻng tongi soat 9:03 da butunjahon savdo kompleksining janubiy binosiga borib urilgan. 110 qavatli egzak minora 1 soatu 41 daqiqada qulagan va qulash WTC ning qolgan beshta binosiga ham vayron qilgan. Vashing tomon uchgan 77-reys bilan American Airlines samolyoti soat tongi soat 9:37 da Pentagon binosiga borib urilgan va binoga zarar yetkazgan. Toʻrtinchi oxirgi samolyot ham yoʻnalishini Vashingtonga tomon oʻzgartirgan. Ilgarigi hujumlar haqida habar topgan toʻrtinchi samolyot yoʻlovchilari bosh koʻtarishgan, natijada samolyot boshqaruvni yoʻqotgan va Pensilvaniya shtatining qishloqlaridan biriga soat 10:03 qulagan. Federal avia boshqaru hizmati hujum boshlanganidan 59 daqiqa oʻtib barcha reyslarni bekor qilgan va havoda boʻlgan samolyotlardan zudlik bilan qaytish yoki Kanadaga qoʻnishni talab qilgan. 13-senytabrga qadar Amerikada barcha avioreyslar bekor qilingan. Kanada hukumati Amerikadan kelgan barcha samolyot yoʻlovchilarini kutib olib joylashtirishda yordam bergan.

Oʻsha paytdagi AQSH prezidenti Jorj Bushga terrorizmga qarshi kurashish markazi hujumni Al-Qoida terroristik tashkiloti amalga oshirgani aytilgan. Terakt sodir etilganidan soʻng Amerika qoʻshma shtatlari zudlik bilan terrorizmga qarshi kurashish choralarini qoʻllagan va AQSH talablariga boʻysunmasdan Al-Qoida tashkilotini tutib berishdan bosh tortgan Tolibon tashkilotiga qarshi urush ochgan. AQSH Shimoliy atlantika kelishuvining 5-bandiga asoslanib Al-Qoidaga qarshi birlashishga chorlagan. AQSH va NATO tashkiloti Avgʻonistonga kirib borishgan ammo Layden ulardan qochib oq togʻlar hududiga berkingan. 2004-yilga qadar Layden teraktga hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidlagan, keyinchalik oʻz ayblarini tan olib bergan audiobayonoti yozuvlari eʼlon qilingan. Teraktga Al-Qoidaining aloqadorligi Isroilni Amerikaga yordam berishiga olib kelgan va Iroq sanksiyaga tortilishiga olib kelgan. Deyarli 10 yillik taqibdan soʻng Layden 2011-yili 2-may sanasida Amerikaning Pokistondagi reydlari jarayonida oʻldirilgan. Avgʻonistondagi urush yana 8 yil davom etgan. 2020-yili Avgʻoniston hududini AQSH va NATO askarlari tark etilishi haqidagi kelishuvga erishilganidan soʻng 2021-yili davlat hududidan harbiylar chiqib ketgan. AQSH oʻz askarlarini Avgʻonistondan olib chiqib ketganidan soʻng Tolibon Avgʻonistonda oʻz boshqaruvini oʻrnatgan. Laydendan keyingi Al-Qoida rahbariga aylangan Ayman Al-Zavahiri ham terakt tashkilotchilaridan boʻlgan, shu sababdan 2022-yil 31-iyul sanasida AQSh boshqaruvchisiz samolyoti bilan Avgʻonistonning Kobul shaxrida oʻldirilgan.

Terakt natijasida 2977 nafar inson halok boʻlgan, mingdan ortiq inson tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan, koʻplab infrastrukturalar zarar koʻrgan. AQSH hujum oqibatida koʻrgan talofati 10 mlrd Aqsh dollarini tashkil qilgan. Terakt Amerika Qoʻshma Shtatlari tarixidagi eng katta hujumga aylangan va eng ko'p talofot koʻrilgan hodisa boʻlgan. Hujum oqibatida talofot koʻrgan binolarda yuzaga kelgan yongʻinni bartaraf qilish uchun koʻplab oʻt oʻchirish guruhlari safarbar qilingan va oʻt oʻchiruvchilar orasida 343 kishi halok boʻlgan. Butunjahon savdo markazi binosi va atrofidagi binolarning vayron boʻlishi AQSH iqtisodiyotiga, shu jumladan xalqaro iqtisodiyotga katta zarar yetkazgan. Koʻplab boshqa davlatlar AQShga uyushtirilgan teraktdan soʻng antiterror tashkilotalarini yanada kuchaytirish chora tadbirlarini boshlagan. Butunjahon Savdo Markazidan qoldiqlarini tozalashga 8 oy vaqt ketgan, pentagonni taʼmirlashga 1 yil talab qilingan. Vayron boʻlgan binolar oʻrnidan 6 ta osmonoʻpar bino qurilishi rejalashtirilgan, shuningdek shu hududda hujum oqibatida halok boʻlgan insonlar hotirasiga bagʻishlangan muzey qurilgan. 2006-yili One Trade Center binosi qurilishi boshlangan va 2014-yili noyabr oyiga kelib qurib bitkazilgan.

Voqealar rivoji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi zarba Boston-Los-Anjeles (11-reys) yoʻnalishi bilan uchayotgan „Boing-767“ samolyotining mahalliy vaqt bilan 8:45 da BSMning „Shimoliy minora“siga urilishi boʻlgan. Keyinroq (9:03) esa xuddi shunday uchoq (175-reys) „Janubiy minora“ga kirib ketgan. Soat 9:40 da Vashington-Los-Anjeles (77-reys) yoʻnalishli „Boing-757-200“ samolyoti Pentagonga qulagan (norasmiy xabarlarga koʻra, qulab tushgan narsa samolyot boʻlmagan, balki qanotli raketa boʻlgan). Toʻrtinchi, „Boing-757“ samolyoti Pensilvaniya oʻrmonlariga qulagan.

AQSH hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 2977 kishi halok boʻlgan.

Hodisaga Yaqin Sharqdagi Usoma bin Lodin yetakchiligidagi „Al-Qoida“ guruhi aloqador deb gumon qilinadi. Fitnalar nazariyasi ishqibozlariga koʻra, hurujlar Isroil yoki AQSH maxsus boʻlinmalari tomonidan uyushtirilgan, deb hisoblanadi.

Bu hujum AQSHning Afgʻoniston va Iroq bilan urushga kirishishiga bahona boʻldi.